Ma’ruza №1 Kirish. Avtomatika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Reja



Download 11,91 Mb.
bet50/62
Sana31.12.2021
Hajmi11,91 Mb.
#237270
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Bog'liq
majmua

Stek registri – stek va stek ko‘rsatkichiga bo‘linadi. Mikoprotsessor asosiy qismlarini to‘liqroq ko‘rib chiqamiz. (5-rasm). Ma’lumotlarning ichki shinasi mikoprotsessorning asosiy qismlarini birlashtiradi.

Shina deganda umumiy funksional alomatlariga ko‘ra birlashtirilgan axborot uzatish liniyasi guruhi tushuniladi.



Multipleksor – bir, ikki (yoki ko‘proq) axborot kirish kanallaridan ma’lumotlarni tanlab bu ma’lumotlarni o‘zining chiqishiga uzatuvchi qurilmadir. Multipleksor sxemasi ikki kirishli mantiqiy elementlar VA – YoKI dan iborat bo‘lib impulslar taqsimlovchisi bilan boshqariladi.

Demultipleksor – multipleksorning teskari vazifani bajaradi.

8 razryadli arifmetik- mantiqiy qurilma barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi. ALU birinchi kirishiga 8 razryadli akkumulatordan bayt keladi, 2-kirishga 18 razryadli oraliq registrdan bayt keladi.

Ko‘rsatilgan ikki baytning qo‘shilishi natijasi ALU chiqishida ma’lumotlar ichki shinasi orqali akkumulatorga uzatiladi. Bunday tashkil etish - mikoprotsessor bir adresli tashkil etishini qoniqtiradi. Ushbu holatda qayta ishlashda ishtirok etayotgan operandlardan biri har doim adresi noaniq berilgan akkumulatorda saqlanadi. Shuning uchun ikki operandni qo‘shish operatsiyasini bajarishda faqat bir adres-ikkinchi operendni ko‘rsatish talab qilinadi. ALU ga operatsiya natijalari alomatlarini tahlil qilish va saqlashga mo‘ljallangan alomatlar registri ulangan.

Mikroprotsessor tarkibiga yana stek ko‘rsatkichi, komanda hisoblagichi, adresning oraliq registri, OZU kiradi.

Mikroprotsessorning registrlar va boshqa bloklari orasida axborot almashuv ichki ma’lumotlar shinasi orqali amalga oshadi. Tashqi ma’lumotlar shinasi bilan aloqa ma’lumotlarning oraliq registri orqali amalga oshadi.

Mikroprotsessor – bu dasturiy–boshqariluvchi qurilma. Uning ma’lumotlarni qayta ishlashi dastur yoki komandalar to‘plami bilan aniqlanadi. Komanda ikkiga bo‘linadi: operatsiya kodi va adres.



Operatsiya kodi ma’lumotlarni qayta ishlashda qanday operatsiya bajarilishi kerakligi haqida axborotni o‘z ichiga oladi. Adres bu ma’lumotlar qaerda joylashganligini ko‘rsatadi. Ma’lumot so‘zi 1 baytni tashkil etadi. Komanda xotirada ketma-ket joylashgan bir, ikki yoki 3 baytdan iborat bo‘lishi mumkin.

Komandaning 1–bayti operatsiya kodini tashkil etadi. Komanda sikli deb ataluvchi komandaning bajarilish oralig‘i boshida hisoblangan uning birinchi bayti butun sikl davomida saqlanadigan komanda registriga ma’lumotlar ichki shinasi bo‘yicha kelib tushadi. Operatsiya kodi deshifratori komanda registri tashkil etuvchilarini deshifrlaydi - operatsiya xarakteri va operandlar adresini aniqlaydi. Bu axborotlar boshqarish qurilmasiga uzatiladi, unda berilgan komandani bajarilishida ishtirok etadigan mikoprotsessor blokilariga yo‘naltirilgan boshqaruvchi signallar ishlab chiqiladi.

Qachonki operatsiya kodi bevosita ma’lumotlar adresi - qayta ishlash ob’ektini ko‘rsatsa bu holda operatsiya komanda birinchi baytning hisoblanganidan so‘ng tezda boshlanadi.

Ikki operandni qo‘shish operatsiyasini bajarish misolini ko‘rib chiqamiz. 1- operand akkumulatorda saqlanadi, 2 si RON lardan birida (uning adresi komandada ko‘rsatiladi), u yerdan oraliq registrga uzatiladi.

Operatsiya kodiga muvofiq ALU uni kirgan baytlarni yig‘adi va akkumulatorda hisobga olinadigan natijani beradi. Bu natijadan qayta ishlashning keyingi bosqichlarida foydalanish mumkin.


Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish