Ma’lumotlarning oraliq registri – xotiradan tanlangan so‘zni tashqi ma’lumotlar shinasiga uzatishdan oldin vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi. Uning razryadliligi axborot so‘zining bayt soni bilan aniqlanadi.
5-rasm. Bir kristalli MP struktura sxemasi.
Komanda hisoblagichi – bajarilayotgan komanda baytlari joylashtirilgan xotira yacheykasi adresidan iborat bo‘ladi.
Komanda registri – komanda hisoblagichida joylashgan navbatdagi komanda kodini qabul qiladi va saqlaydi. Boshqarish qurilmasi signali bilan unga registrdagi saqlanayotgan axborot uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |