Adreslash turlari
Turli xildagi protsessorlarda adreslash turlicha bo‘lib ular 4 tadan 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Quyida hozirgi kunda aksariyat mikroprotsessorlarda qo‘llaniladigan adreslash usullarining bir nechtasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Bevosita adreslash. (6-rasm) Bunda operand (kiruvchi) bevosita komanda kodidan keyin xotirada joylashtiriladi. Odatda operand doimiy (konstanta) shaklida bo‘lib uni biror joyga jo‘natish mumkin, biror narsaga qo‘shish mumkin va hokazo. Masalan komanda quyidagicha bo‘lishi mumkin: 6 sonini protsessor ichki registrida mavjud biror bir elementga qo‘shilsin. Bu son mavjud qo‘shish komandasidan keyin joylashgan dasturdagi adres ichidagi xotirada joylashgan bo‘ladi.
6-rasm. Bevosita adreslash
Do'stlaringiz bilan baham: |