Boshqarish qurilmasi – komandalarning bajarilish jarayonida ichki registrlar va ALU ishini boshqaradi. Komandani tashkil etuvchi operatsiya kodiga mos ravishda u MP boshqarish bloklarining ichki signallarini shakllantiradi.
Ichki registrlar bloki - ALU imkoniyatlarini kengaytirib, MP ichki xotirasi bo‘lib xizmat qiladi hamda komanda va ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi.
5-rasmda bir kristalli mikoprotsessor birmuncha to‘liqroq struktura sxemasi ko‘rsatilgan. Bu yerda ichki registrlar bloki umumiy qo‘llaniladigan registrlar RON va maxsus registrlardan iborat: registr- akkumulator, adresning oraliq registri, ma’lumotlarning oraliq registri, komanda hisoblagichi, stek, alomatlar hisoblagichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |