ELEKTR SIGNALI GENERATORLARI
Boshqaruvni tashkil qilishda har xil axborot signallari bilan birgalikda standart elektr signallari ham ishlatiladi. Standart signallar davriy va nodavriy bo‘lishi mumkin (1-rasm).
1-rasm
O‘z navbatida davriy signallar signalning shakliga qarab, o‘zgarish chastotasiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. 1-rasm, a da garmonik signal kursatilgan. Bunday signal infrapast, past, yuqori chastotali garmonik signallarga bulinadi. 1-rasm, b da to‘g‘ri to‘rtburchakli davriy signal ko‘rsatilgan. O‘ning o‘zgarish chastotasi ham turlicha bo‘ldishi mumkin. 1-rasm, v da zina ko‘rinishidagi nodavriy signal ko‘rsatilgan. 1-rasm, gda nodavriy impuls signali ko‘rstilgan. Har bir signal o‘z parametri bilan xarakterlanadi. Shu tufayli generator qurilmasi o‘zidan chiqayotgan signalni parametrlarini ma’lum oraliqda o‘zgarishini ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |