Ma’ruza-1 Elektrokimyo fani va uning mohiyati, rivojlanishi. O‘zbekistonda elektrokimyobo‘yicha qilingan ishlar. Reja


energy is used to cause a nonspontaneous reaction to occur



Download 162,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi162,12 Kb.
#308962
1   2   3
Bog'liq
MA’ruza-1 Elektrokimyo fani va uning mohiyati, rivojlanishi. O‘z

energy is used to cause a nonspontaneous reaction to occur. 

Metallar  va  yarim  o‘tkazgichlarning  tuzilishini,  shuningdek  ularning  elektr 

o‘tkazuvchanligini  o‘rganish  fizikaning  obyekti  hisoblanib,  buni  kimyo 

o‘rganmaydi.  Elektrokimyoning  o‘rganish  obyekti–  bu  ionli  sistemalar  (ikkinchi 

tur  o‘tkazgichlar)  va  fazalar  orasidagi  chegara  sirtda  yuz  beradigan  hodisalarni 

fazalar  chegarasining  strukturasi  va  zaryadlangan  zarrachalarni  tashib  o‘tish 

mexanizmi  nuqtai  nazardan  ko‘rib  chiqishdir.  Shunday  qilib,  elektrokimyo–  bu 

kimyo  fanlarining  bo‘limi  bo‘lib,  bu  fanda  ionli  sistemalarning  fizik-kimyoviy 

xossalari  o‘rganiladi,  shuningdek  zaryadlangan  zarrachalar  (elektronlar  yoki 

ionlar)  ishtirokida  fazalar  sirti  chegarasi  yuzasidagi  jarayonlar  va  hodisalarni 

o‘rganadi.  

Elektrokimyoviy  sistemalarga  tokning  kimyoviy  manbalari  (galvanik 

elementlar)  va  elektroliz  amalga  oshiriladigan  elektrolit  vannalar  kiradi.  Elektr 

tokining  manbalari  -  galvanik  elementlarda  kimyoviy  energiya  elektr  energiyasi 

sifatida  ajraladi.  Elektrolizda  esa  aksincha,  elektr  energiyasi  hosil  bo‘ladigan 

moddalarning  kimyoviy  energiyasini  oshirishga  sarf  bo‘ladi.  Elektr  va  kimyoviy 

energiyalarni  o‘zaro  bir-biriga  aylanishi  zarrachalar  (ionlar  yoki  molekulalar)ni 

elektronlarni o‘tkazuvchi metall yoki metallmas yuzasi bilan to‘qnashganda va 




 elektrokimyoviy  reaksiyalar  borishi  natijasida  yuz  beradi.  Elektrodlarda 

boradigan  elektrokimyoviy  reaksiyalar  geterogen  jarayonlar  hisoblanadi  va 

ularning  tezligi  moddalarning  zarrachalari  konsentratrasiyasiga,  temperaturaga, 

reaksiya zonasiga, moddalarning kelib turish tezligiga va reaksiya mahsulotlarining 

olib ketish tezligiga bog‘liqdir. Elektrokimyoviy reaksiyalarning o‘ziga xos tomoni 

shuki, uni tezligi elektrod potensialiga bog‘liqligidir. Elektrod potensiali qiymatini 

xoxlagan  vaqtda  o‘zgartirish  va  shu  orqali  elektrokimyoviy  jarayon  tezligini 

boshqarish  mumkin  bo‘ladi.  Elektrod  potensialining  manfiy  qiymatlarga  siljishi 

katod  reaksiyasi  tezligi  (qaytarilish  jarayoni)  potensialni  musbat  qiymatlarga 

siljishi,  anod  reaksiyasi  (oksidlanish  jarayoni)  tezligini  ortishga  olib  keladi.  O‘z 

navbatida elektrod reaksiyalarning potensiali elektrod-eritmasi chegarasidagi qo‘sh 

elektr qavatining tuzilishiga bog‘liqdir. Fazalar chegarasida ion va molekulalarning 

adsorbsiyasi  elektrod  reaksiyalari  tezligiga  kuchli  va  ma’lum  tarzda  ta’sir 

ko‘rsatadi.  Elektrod  reaksiyalarning  tezligini  potensialga  bog‘liqligi  moddalarni 

elektrokimyoviy usul bilan olishni texnologik jihatdan osonlashtiradi. Bu jarayonni 

pastroq temperaturada va katta tezlikda amalga oshirish mumkin. Elektrokimyoviy 

zanjirning  xossalari  va  qonuniyatlarini  o‘rganuvchi  elektrokimyoning  kelib 

chiqishi  birinchi  shunday  sistemani  tuzish  bilan  bog‘liq. 

XIX

asrning  boshlarida 



Angliyada  Daltonning  (1801),  Fransiyada  Gey-Lyussakning  (1802),  Italiyada 

Avogadroning  (1811)  ishlari  natijasida  gazsimon  holatning  qonunlari  ochildi  va 

atomistik  tushunchalar  keng  rivojlandi.  Gessning  termokimyo  bo‘yicha  qilgan 

ishlari ham ushbu davrga tegishlidir. Galvanik elementlar, elektroliz, elektrolitlarda 

tokni tashib o‘tish tadqiqotlari tufayli elektrokimyoning asoslari tashkil topgan. 

1799-yilda  Italiyada  Galvani  va  Volt  galvanik  element  yaratdilar.  1802-yili 

V.V.Petrov  elektr  yoyi  hodisasini  ochdi.  1805-yil  Grotgus  (Rossiya)  elektroliz 

nazariyasining  asoslarini  ishlab  chiqdi.  1800-yilda  Devi  moddalarni  ta’sir-

lashishining  elektrokimyoviy  nazariyasini  ilgari  surdi  va  kimyoviy  tadqiqotlarda 

elektrolizni  keng  qo‘lladi.  Devining  o‘quvchisi  Faradey  1833-1834-yillarda 

elektrolizning  miqdoriy  qonunlarini  ta’rifladi.  Yakobi  1836-yili  (Rossiya) 

elektroliz  jarayonini  tajribaga  qo‘llash  masalalarini  hal  qilib,  galvanoplastikani 




ochdi.  1791yilda  italyan  tabiatshunosi  L.Galvani  yorilgan  baqaning  fiziologik 

xossalarini  o‘rganaturib  tasodifan  baqaning  muskullari  va  ikki  metalldan  iborat 

o‘ziga  xos elektrokimyoviy zanjir tuzdi.

 

O‘zbekistonda elektrokimyo sohasida izlanish olib borgan olimlardan k.f.d., 

prof. A.Murtazayev (Toshkent farmasevtika instituti) indiy metalli elektrokimyosi 

bilan  shug‘ullangan.  K.f.d.,  prof.  F.Qurbonov  (Toshkent  kimyo  texnologiya 

instituti)  metallar  korroziyasiga  ingibitorlar  ta’sirini  o‘rganish  sohasida 

ilmiytadqiqot ishlari olib borgan.  O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti 

Elektrokimyo laboratoriyasida L.Siganov, T.Hamidxonova kabi olimlar metallarni 

elektrokimyoviy  yo‘l  bilan  ajratib  olish  boyicha  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borishgan. 

Toshkent  DPU  ning  Kimyo  kafedrasida  ham  elektrokimyo  yo‘nalishi  bo‘yicha 

ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  borilgan.  Profesor  P.Qodirov  rahbarligida  metallarni 

elektrolitik cho‘ktirishga ultratovush ta`siri o‘rganilgan. Uning shogirdlaridan prof. 

N.Raxmatullayev  va  prof.  K.Rasulovlar  ham  elektrokimyo  sohasida  ishlab 

dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan. Hozirgi kunda ham kimyo 

va  uni  o‘qitish  metodikasi kafedrasida elektrokimyoga oid  ilmiy-tekshirish  ishlari 

prof.  K.Rasulov  va  talabalar  tomonidan  amalga  oshirilmoqda.  Bundan  tashqari 

O‘zbekiston  Milliy  universitetining  “Fizikaviy  kimyo”  kafedrasida  metallar 

korroziyasini  elektrokimyoviy  tadqiq  qilish  bo‘yicha  professor.  H.Akbarov 

rahbarligida  ilmiy  izlanishlar  olib  borilmoqda,  hamda  “Analitik  kimyo” 

kafedrasida  ham  elektrogravimetrik  analiz  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlari  prof. 

Z.Smanova rahbarligida olib borilmoqda.




Download 162,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish