Bizga ma'lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik
faoliyatini o'rganadi.Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini
baholash va bashorat qilish bilan shug'ullanadi.
Insoniyat paydo bo'lgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va
tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida
mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar
paydo bo'lmoqda.
Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, baholash va
ularning sodir bo’lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va
ahamiyati nihoyatda muhimdir.
Mazkur muammolarni o'rganish va ularning yechimini topish davomida
geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo bo'ldi
va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi
tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgari shini
bashorat qilishdan iboratdir.
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
58
1) xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va
resurslarni o'rganish va baholash;
2) tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat
3) inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini
baholash va ba shorat qilish;
4)umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolaraing yuzaga
kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab
chiqish;
5) ishlab chiqarishni hududiy tashqi qilish muammolari va aholi joylashuvi
masalalarini yechish.
Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayotgan yangi
tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.
Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlantirishga
muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini
o'rganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik
ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab,
Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo' shgan .
Amaliy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot
bosqichlarida olib boriladi.
Tadqiqot usullari bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi:
-tadqiqot muammosini shakllantirish bosqichi;
-ilmiy farazni shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun ma’lumotlar
qanday usulda, qanday qilib to’planadi, shuni aniqlashtirib olish; -ma’lumotlar
to’plash; -to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; -xulosa ba
bo shqalar
[16]
.
Amaliy geografiyaning tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistemali,
ekologik, landshaft va ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin.
Geografik tadqiqot usullari miqdoriy (sistemali,statistik va matematik
modellashtirirsh) va sifat (kuzatish, tajriba) kabi turlarga bo’linadi
[17]
Sistemali usul (yondashuv). Mazkur usulda o'rganilayotgan hudud ma'lum bir
sistema sifatida qaraladi. Bu sistema esa bir-biri bilan bog'langan qator kichik
sistemalardan iborat bo'ladi, ekologik usul (yondoshuv). Ushbu usulda ma'lum bir
hudud yoki muammo o'rganilayotganda, unga tirik mavjudotlaming (o'simlik va
hayvonot dunyosi), insonning atrof-muhit bilan bo'ladigan o'zaro aloqalari nuqtayi
nazaridan qaraladi.
Landshaft usuli (yondashuvi). Mazkur usul qo’llanganda, hudud ma'lum bir
landshaft turlariga bo'lib o'rganiladi. . - .
Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisobla shlar
orqali tabiiy sharoitga, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho
beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi. Masalan, aholi sonining o'sishi
yoki kamayishi va h.k.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, amaliy landshaftshunoslik
fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan
birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza
qilishda,atrof-muhitning tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida o'zgarishini ba shorat qili
59
shda bo shqa fanlar ham keng foydalanadi.
___________________________________________________-
16
Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 34-page
17
Nicholas Clifford, shaun French and Gill Valentine. Key Methods in Geography, 8-page
Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega
bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yahshilashning
umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug'ullanadi.
Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay
ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi"ning
maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va
hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko'llar suvi tozalanib bormoqda.
Sanoatning rivojlantirish natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta
tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini
ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yahshilash, tabiiy ofatlarning
oldini olish, hududlarning rivojlantirishni bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza
qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa
amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan
muammolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida vujudga
kelishi mumkin bo'lgan oqibatlami baholash va bashorat qilish hamda ularning oldini
olish muammolari bilan shug'ullanadi.
Muhandis-geografik tadqiqotlar qurilish loyihalarini amalga oshirishda asos
bo'lib xizmat qiladi. Muhandis-geografik tadqiqotlar asosan sanoat korxonalarini
joylashtirishda, gidrotexnik inshootlarni (kanallar, to'g'onlar, suv omborlari va h.k.),
yo'llarni loyihalashda, foydali qazilma konlarini qidirishda olib boriladi
Muhandislik geografiyasi inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida
vujudga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni baholash va bashorat qilish hamda
ularning oldini olish muammolari bilan shug'ullanadi.
Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya'ni tabiiy va ijtimoiy- tashqii
omillarning aholi salomatligiga ta'sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik
tarqalishini o'rganadi.
Hozirgi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo'nalishda olib
borilmoqda. Birinchi yo'nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri
baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo'nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy
o'choqlari aniqlanadi.
Bozor munosabatlarigi o’tish ilgari mavjud bo’lgan sotsialistik ishlab
chiqarishning qator g’oya va tushunchalaridan qat’iylik bilan voz kechishni talab
qiladi. Endigi sharoitda mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish va shu
asosda erkin raqobat muhiti va ko’p qatlamli tashqiot tizimini joriy etish katta
aqamiyatga ega. Xususiylashtirish va mulkchilikning nodavlat shakllarini
rivojlantirish ko’proq va ildamroq qishloq xo’jaligida amalga oshiriladiki, bu ham
bo’lsa mamlakatimiz iqtisodini bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos
xususiyatini ifodalab beradi. .
60
Bozor munosabatlariga o’tish davrida sanoatning ijtimoiy tashqi etish
shakllarida sezilarli o’zgarishlar bo’lishi aniq. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |