bilimi sohasi) ni o’ganadigan yerning qobiqlari, yani atmosfera,
gidrosfera, litosfera va biosferaning o’zaro munosabatlari (ya’ni o’zaro
47
bog’liqlik hamjihatlik, bir birini taqozo qilish va b.) qonuniyatlari asosida
tadqiq qilinadi. Geoekologik tadqiqotlar ya’ni tabiiy majmualarni
o’zgaruvchanligi, barqarorligi, tadrijiy o’zgarishlari, rivojlanish bosqichlari
haqidagi omillarga ham tayanadi. Chunki tabiat komponentlari va
majmualarning inson tasirida o’zgarishlari tabiat taraqqiyotining yuqorida
qayd qilingan qonuniyatlari va xususiyatlar (hislatlar)ning buzulishi
natijasida yuz beradi. Binobarin, geoekologik muammoni qaysi hududda
va qanday sharoitda tarkib topmsin uning hususiyatlari tabiiy geografik
qonuniyatlar asosida shakinlanib boradi. Geoekologik muammoni ilmiy
o’rganish ekalogiya va geografiya fanlari tadqiqot usullari va
tamoilarini birga qo’lagan holda amalga oshirishi zarur.
Geoekologik muomoni ekotizim va biosenoz doirasida o’rganish ham
mumkin.Lekin bu holda tadqiqot qilayotgan muamoning xududiy
chegaralari geneti geotizim chegaralariga har doim ham mos tushunch
bermaydi. Inson tabiat boyliklaridan foydalanganda uning ijtimoiy
faoliyat ma’lum geografik hudud (geosistema) da sodir bo’ladiki, bu
hudud (aytaylik , landshaftning u yoki bu morfologik birligi) hamma
jihatdan ham tabiiy geneti chegaralarga ega bo’ladi. Binobarin, shu
joyining tabiiy boyliklari xalq ho’jaligiga lalb qilinganligi tufayli avvalo
tabiiy sharoit o’zgara boshlaydi , uning asosiy harakatlantiruvchi
omillar tadrijiy o’zgarishda bo’ladi, geotizimlarning ma’lum
yo’nalishidagi o’zgarishlari tarkib topadi. Lekin geotizimlar holatining
inson faoliyati tasirida o’zgarishi har doim ham ko’zlangan
maqsadga olib kela vermaydi. Insonning tabiatga bo’lgan ta’siri
miqyosi ma’lum meyorgacha bo’lishi kerak, tasir muayan meyordan
oshib ketishi bilan ekologik muvozanat buzuldi. Buning oqibatida
tabiatning aks tasirida unga bo’lgan tasir jihatdan bir necha barobar
oshib ketishi mumkin. Bunga orol bo’yida sodir bo’layotgan ekologik
va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni misol qilib keltirish mumkin. Aslini
olganda Orol dengizi va Orol bo’yi xududini ma’lum miqyosdagi
qo’shaloq, bir biri bilan bog’liq ikki geotizim deb qaralsa, inson
bilan tabiat o’rtasidagi o’aro munosabat va tasirini to’lig’I bilan
Makrogeoekologik muamo deb qarash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Geoekologik muammo qotib qolgan ozgarmas xolat bo’lmay, balki
muntazam ravishda tadrijiy o’zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko’p
tizimli, ko’p sonli oddiy muamolarning majmuasidir. OROL bo’yida
geoekologik muamolarning majmuasidir. Orol bo’yida geoekologik
muamo 60 yillarning boshidan vujudga kelsa boshlagan bo’lsa, 70
yillarning o’rtalarida (1974 yilda Taxiatosh gidroulezi qurulib ishga
tuShurilishi va buning natijasida Amudaryo deltasida daryo suvining
tabiiy holda toshishiga chek qo’yilishi tufayli ) shakillanish
bosqichiga o’tadi. Agar bu bosqichda grunt suvlari sathining
ko’tariliShi bilan bug’laniSh kuchayib, tuproqda tuz toplaniShi hodisasi
hamda gurunt suvlarining menerallashish darajasi ortgani kuzatilgan
bo’lsa, 1978-yildan etiboran yangi bosqich , ya’ni elyuvial
48
tekisliklarda zol (shamol tasirida ro’y beradigan ) xodisalari zamini
shamol bo’lishi hamda mayda tuproq, tuz , qum, qumoqlari bir
joydan o’chirib , boshqa joylarda to’planishi jarayonlari,
o’simliklarning esa gidrofitlardan (suv o’simliklaridan ) psammofitga
(qumda o’suvchi o’simlik ) tomon o’zgarishlari boshlandi . Binobarin,
intrazanal xususiyatli tabiiy majmualar tadrijiy o’zgarish va rivojlanish
borasida zonal xislatlariga ega bo’lib bormoqda. Bunday o’zgarishning
xaqqoniyligini tarkib topayotgan tuproq turlari va kichik turlari
tasdiqlamoqda. Qayirlarning alyuvial o’tloq tuproqlari o’tloq va botqoq
o’tloq, sho’rhoklar va taqirli -qum, cho’l tuproqlari, taqirlar
yo’nalishida o’zgarib bormoqda.
Geoekologik vaziyatni tezlatuvchi , tadrijiy o’zgartiruvchi kuch
qurg’oqchil iqlim sharoitida asosan yo’nalish xodisasidir. Geoekologik
muammo tabiiy jihatlardan tashqari ijtimoiy tashqi jihatni o’z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: