8 – mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida. (2 soat)
Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo’nalishlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Formal mantiqning predmeti va strukturasi. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o’rni.
Tushunchalarning shakllanishi va qo’llanishi. Tushunchalarning tilda ifoda qilinishi: nom va termin. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari. Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya); tushunchalarni bo’lish va tasniflash. Fikr yuritishda tushunchalar bilan bog’liq xatoliklar.
9 – mavzu. Hukm. Xulosa chiqarish. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari (2 soat)
Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida. Mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari. Murakkab mulohazalarning chin bo’lish shartlari.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Fikrning xarakat yo’nalishiga ko’ra xulosa chiqarish: deduktsiya, induktsiya va analogiya; ularning o’zaro aloqadorligi. Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish. Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog’liq xatolar.
Asosli muhokama yuritish shartlari. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi. Isbotlash va rad etishning turlari. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar. Paralogizm. Sofizm. Paradoks. Argumentlash nazariyasining asosiy tushunchalari. Kommunikativ modellarda argumentlash: dialog, bahs, polemika. Argumentlashning strategiyasi va taktikasi
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya. Muammoni aniqlash va echimini topishda savolning o’rni. Savol va javobning muhokama yuritishdagi ahamiyati.
10 – mavzu. Etika – axloq falsafasi (2 soat)
“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. Axloqning paydo bo’lishi. Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy ahamiyati. Etika fanining fanlararo bog’liqligi: falsafa, estetika, dinshunoslik, huquqshunoslik, milliy g’oya, psixologiya, pedagogika, siyosatshunoslik, ekologiya. Axloqning paydo bo’lishi haqidagi diniy, empirik va genetik konsepsiyalar. O’zbekistan mustaqilligining etika fani rivojiga konstruktiv ta’siri. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. Pedagogik etika, uning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |