Baholash natijalarini qayd qilish. Fandan talabalar bilimini baholash shu
kunning o‘zida (yozma ish shaklida amalga oshirlgan hollarda 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda) akademguruh jurnalida qayd etib boriladi. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli, sabablarsiz qatnashmagan hollarda akadem guruh jurnaliga “0” belgisi yozib qo‘yiladi.
Bilimlarni nazorat qilishning vazifalari
O‘qituvchi darsni o‘quvchilar o‘rganayotgan materialni anglabgina qolmay, uni aniq, takrorlab bera oladigan, bilimlarni kelgusi o‘quv ishlarida va amalda qo‘llay oladigan yo‘sinda tashkil etishi kerak.
Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirishda o‘quvchilar ularni qanday o‘zlashtirishgan bo‘lsalar, xuddi shunday aytib berishlari, ularga aniqlik, mukammallik kiritishlari lozim. Ta’limiy ishning ana shu bosqichida yangi o‘quv materiali bilan ilgari o‘zlashtirilgan materiallarni o‘zaro chambarchas, o‘quvchilar yaqqol tushunadigan yo‘sinda bog‘lash ularning fandan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini boyitadi, kengaytiradi va yanada shakllantiradi.
O‘qitish davrida o‘rganilayotgan material mazmuniga karab bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish har xil didaktik maqsadlarga ega bo‘lish mumkin. O‘qitishning dastlabki bosqichlarida, shuningdek, tasviriy materialni o‘rganishda bilimlarni mustaxkamlash va takomillashtirish reproduktiv harakterga ega bo‘lib, bunda o‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi bergan namuna asosida bajaradilar, bilimlarni dastlab kanday idrok etgan bo‘lsalar, ana shunday tatbiq qiladilar. Shundan keyin o‘quvchilar topshiriqlarga ijodiy yondoshadilar va o‘ziga xos yo‘llar bilan bajaradilar, muammolarni hal qilishning yangi usullarini topadilar. Lekin bunday bilish faoliyati ularda muayyan bilimlar va ularni qo‘llash tajribasi bo‘lishini, sabab-natija bog‘lanishlarini chuqur tushunishni talab qiladi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash hamda takomillashtirish, asosan, ularning mustaqil ishlari orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar maqsadga ongli va faol intiladilar, paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni biror kishining yordamisiz yechadilar. O‘qituvchi mustaqil ishlash uchun topshiriqlar tuzadi, ularni bajarish tartibini rejalashtiradi, vaqt-vaqti bilan topshiriqlarni murakkablik va muammolik darajasini o‘zgartirib turadi, ish vaqtida o‘quvchilarni kuzatib, zarur hollarda ularga yordam beradi.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirishni to‘g‘ri yulga qo‘yish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini, darsga mas’uliyatli munosabatni tarkib toptiradi, fikrlashni, xususan, texnik fikrlashni rivojlantiradi.
Texnik fikrlashning xususiyatlari o‘quv ishining metodik usullarini, xususan, bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash hamda takomillashtirish tizimini belgilaydi. Bu tizim har xil mashqlarni bajarish, o‘rganilgan materialni o‘quv mashg‘ulotlarida takrorlash va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |