Ma’ruza – 5-6 mavzusi: Fermentlarning ahamiyati. Fermentlar: strukturasi va klassifikatsiyasi. Fermentlarning nomenklaturasi Reja



Download 82,47 Kb.
bet4/17
Sana06.01.2022
Hajmi82,47 Kb.
#322680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Ma’ruza – 5-6 mavzusi Fermentlarning ahamiyati. Fermentlar str

2. Fermentlarning kofaktorlari. Ko’pchilik enzimatik reaksiyalarda ferment deb ataladigan oqsil molekulasidan tashqari oqsil xossasiga ega bo`lmagan bir qator organik va anorganik moddalar ishtirok etishi ma’lum. Enzim ta’siri uchun zarur bo`lgan bu qo`shimcha omillarga kofaktorlar nomi berilgan. Kofaktorlar fermentning faol markazi bilan mustahkam bog`langan bo`lishi yoki undan dializda oson ajralishi mumkin. Mustahkam bog`langan kofaktorlar prostetik guruh deb ataladi.

Kofaktorlar a’oferment bilan birikishiga qarab 2 guruhga bo`linadi:

prostetik guruh – bunda kofaktor a’oferment bilan kovalent bog`lanadi.

Koferment – bunda kofaktor a’oferment bilan nokovalent bog`lanadi va tez dissotsiatsiyalanadi.

Kofaktorlar kofermentlar va metall ionlariga bo`linadi.

Kofermentlar struktura-fiziologik va funktsional (katalitik) xossalariga ko`ra tasniflash ancha qulay hisoblanadi. Struktura-fiziologik tasniflashda bir vaqtda kofermentlarning kelib chiqishi va kimyoviy tuzilishi hisobga olinadi:

I. Vitaminli kofermentlar:

1.     Tiaminli (TMF, TDF, TTF)

2.     Flavinli (FMN, FAD)

3.     ‘antotenatli (KoA, defosfo-KoA, 4-fosfo’antotenat)

4.     Nikotinamidli (NAD, NADF)

5.     ‘iridoksinli (‘ALF, ‘AMF)

6.     Folat kislotali (TGFK)

7.     Kobamidli (metilkobalamin, dezoksiadenozilkobalamin)8.     Biotinli (karboksibiotin)

9.     Li’oat kislotali (qaytarilgan va oksidlangan li’oamid)

10. Xinonli (ubixinon, ‘lastoxinon)

11. Karnitinli.

Vitaminlarning ba’zilari o`zgarmagan xolda, ikkinchilari ma’lum modifikatsiyaga uchragan (ko’pincha fosfat kislota faollangan), uchinchilari esa boshqa komponentlar bilan birikkan xolda enzimning faol guruhini tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan vitaminlarning barchasi suvda eriydigan bitaminlar qatoriga kiradi. Ammo yog`da eriydigan vitaminlar (A,D,E,K) ning kofaktorlik vazifalari hozircha aniqlangani yo`q.

II. Vitamin bo`lmagan kofermentlar:

1.     Nukleotidli (UDF-glyukoza, uglevod va spirtlarning nukleotidli boshqa hosilalari)

2.     Monosaxaridlar fosfatlari (glyukozo-1,6-difosfat, 2,3-difosfoglitserat).

3.     Metalloporfirinli (gemlar, xlorofillar)

4.     peptidli (glutation)

Birinchi guruh kofermentlari hosil bo`lishida vitaminlar boshlang`ich modda bo`lganligi sababli ovqat bilan ular yyetarli miqdorda qabul qilinmasa, bu kofermentlarning sinteziga ta’sir qilishi natijasida ularga to`g`ri keladigan murakkab fermentlarning ham vazifasi buziladi. Ikinchi guruh kofermentlari modda almashinuvining oraliq mahsulotlari bo`lganligi sababli fiziologik sharoitda bu kofermentlarning yetishmovchiligi bo`lmaydi va ularga bog`liq fermentlarning ham ravishda quyidagi 6 guruhga bo`lish mumkin (qavs ichida ferment sinfining tartib raqami keltirilgan):

Oksidoreduktazali kofermentlar (1)

1.     Nikotinamidli (NAD, NADF)

2.     Flavinli (FMN, FAD)

3.     Metalloporfirinli (a,b,c,d gemlari), a va b xlorofillari.

4.     Xinon kofermentlar (ubixinon, ‘lastoxinon)

5.     peptidli (glutation)

6.     Li’oat kislota.

Transferaza kofermentlari (2)

1.     ‘iridoksinli (‘ALF, ‘AMF)

2.     ‘antotenatli (KoA, defosfo-KoA, 4-fosfo’antotenat).

3.     Nukleotidli kofermentlar (UDF-glyukoza, SDF-xolin)

4.     ‘teridinli yoki folat kislotali (TGFK).

5.     Kobamidli (metilkobamin)

Liaza kofermentlari (4)

1.     ‘iridoksinli (‘ALF)

2.     ‘antotenat kislotali (KoA, defosfo-KoA)

3.     Tiaminli (TDF)

4.     Kobamidli (dezoksiadenozilkobalamin)

Izomeraza kofermentlari (5)

1.     ‘iridoksinli (‘ALF)

2.     Kobamidli (dezoksiadenozilkobalamin)

3.     Monosaxaridlar fosfatlari (glyukozo-1,6-difosfat, 2,3-difosfoglitserat)

4.     peptidli (glutation)

Ligaza kofermentlari (6)

1.     Nukleotidli kofermentlar (UDF-glyukoza, SDF-xolin va o’.k.)

2.     Biotinli (karboksibiotin)

3.     Fosfat kislotali (5,10-metenil TGFK)

Bunda kofermentlarning ikkita muhim xususiyatini aytib o`tish lozim: 1) kofermentlarning 3-sinfi gidrolazalRNKing bo`lmasligi; 2) ayrim kofermentlarning ko’p funktsiyalarni bajarishi (‘iridoksinli, kobamidli), ya’ni bir kofermentning qaysi fermentning faol markazi tarkibiga kirganligiga qarab turli xil reaksiyalarni katalizlaydi.

Metall ionlari ferment kofaktorlari sifatida. Metall ionlari ham kofaktorlar bo`lishi mumkin. Metallofermentlar – fermentlarning juda keng tarqalgan guruhi bo`lib, hamma fermentlarning ¼ qismini tashkil etadi. Metallofermentlar ikki guruhga bo`linadi:

I. Metall ionlari aktivator vazifasini o`taydigan fermentlar (bu fermentlar metallsiz ham katalizlay oladilar)

II.  Metall ionlari kofaktor vazifasini bajaradigan fermentlar (bu fermentlar metall ionlarisiz faol emas).

Metall ionlari kofaktor sifatida turli sinflarga mansub fermentlar tarkibiga kiradi. Ayniqsa, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydigan metallofermentlar ko’plab uchraydi.

Metall ionalri faol markazda, yirik organik molekula (masalan, gem) tarkibida bo`lishi yoki bevosita a’oferment aminokislotasining qoldig`i bilan bevosita bog`langan bo`lishi mumkin. Oksidoreduktazalar ta’sirida elektronlar tashilishi amalga oshadi va substratning oksidlanish darajasi o`zgaradi, bunda metallar o`zgaruvchan valentlik bilan kofaktor sifatida ishtirok etadi (Fe, Mo, Cu, Co).

Agar metallar katalizda bevosita ishtirok etmasdan, boshqa maqsadlarda, masalan, substratni bog`lash uchun xizmat qilsa, unda oksidoreduktazalarga oksidlanish darajasi doimiy bo`lgan metallar kiradi.

Substratlar gidrolizi reaksiyasini katalizlovchi metallofermentlar doimiy valentlikka ega metallar: rux, kaltsiy, magniy tutadi. Gidrolazalarga kamdan-kam o’ollarda oksidlanish darajasi o`zgaruvchan metallar, masalan, marganets kiradi.

Fermentlarning katalitik ta’sirida metallarning vazifasi nimadan iborat? Ferment ishida metall ionlarini ishtirok etishini bir necha xil yo`llari aniqlangan. Birinchidan, metall faol markazning o`ziga xos elektrofil guruhi bo`lib, substratning manfiy zaryadlangan guruhlari bilan o`zaro ta’sirlashadi. Bunday metall-substratli komplekslar ferment tomonidan oson ishg`ol etiladi.

Ikkinchidan, o`zgaruvchan valentlikka ega bo`lgan metall o`zi elektron tashilishida ishtirok etishi mumkin, ya’ni katalitik qism vazifasini bajarishi mumkin.

Uchinchidan, metall a’ofermentning uchlamchi va to`rtlamchi strukturalarining katalitik faol konformatsiyasini shakllantiradi.

To`rtinchidan, metallar ba’zida a’oferment va koferment o`rtasida o`ziga xos ko’prik vazifasini bajarishi mumkin.

Eslatib o`tish lozimki, vitaminli kofermentlarga o`xshash metallar ham organizmga ovqat bilan birga kiradi. Bu metallarning yuqori darajadagi biologik faolligi ham shunda: ovqat bilan ularning miqdori yyetarli darajada kirmasligi organizmda moddalar moddalar almashinuvining jiddiy buzilishiga olib keladi.




Download 82,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish