Marosim folklori



Download 1,37 Mb.
bet16/89
Sana14.08.2021
Hajmi1,37 Mb.
#147878
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Risola,

  • «karim ut-tarafayn»,

  • Husayn Boyqaro,

  • tarje’band,

  • muvashshah,

  • murabba’,

  • muxammas,

  • musaddas


    Savol va topshiriqlar:


    1. Husayn Boyqaro zamonasida Hirotda qilingan qurilish va obodonchilik ishlaridan qaysilarini bilasiz?

    2. Mazkur davrdagi xattotlik va uning namoyandalari, musiqaning rivoji haqida nimalar deya olasiz?

    3. Tarix va alabiyotshunoslik ilmi haqida-chi?

    4. Turkiy til va adabiyot deganda nimani tushunasiz?

    5. Turkiy tilnipg Husayn Boyqaro zamonidagi ahvoli va taraqqiyoti, bu boradagi qiyinchiliklar to’grisida gapirib bering. Navoiyning xizmatlarini ayting.

    6. Bu davr o’zbek (turk) nasri haqida so’zlab bering.

    7. Bu davrda yashab ijod etgan va devon tuzgan shoh shoirlardan kimlarii bilasiz?

    8. Husayn Boyqaroning hayoti va ijodi haqida gapirib be­ring.

    Adabiyotlar:




    1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

    2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

    3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

    4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


    MUHAMMAD SOLIH
    Reja:

    1. Shoirning shaxsi, hayoti, faoliyati.

    2. “Shayboniynoma” ilk realistik asar.

    3. “Shayboniynoma”da Temuriylar tanqidi va Shayboniyxon madhi.


    Navoiy zamonasining iste'dodli shoirlaridan biri Muhammad Solih naqqoshlik, xattotlik san'atlaridan ham yaxshigina xabardor bo'lgan. Uning „Shayboniynoma" dostoni tariximizning XV—XVI asr voqealariga, temuriylar va shayboniylar orasida kechgan kurash voqealariga bag'ishlangan jangnomadir. Muhammad Solih 1455-yilda Xorazmda tug'ildi. Uning ota-bobolari temuriylar xonadonining yaqin va e'tiborli kishilaridan bo’lganlar. Bobosi Amir Shohmalik Mirzo Ulug'bekning tarbiyachisi bo'lgan. Otasi Nur Saidbek esa, Mirzo Ulug'bek saroyida xizmat qilgan. Alisher Navoiy u haqda „Majolis un-nafois" asarida yozadi: „Nur Saidbek xorazmlig'dir. Tab'ining ne miqdor quvvati va latofatini she'ridan bilsa bo'lur. Bu matla' aningdur:

    Moro dar in diyor tuyi dilnavozu bas,



    Dorem az tu go'shai chashm niyozu bas.

    (Bizning bu diyorda dilnavozimiz sen, xolos. Sendan marhamat ko'zi bilan boqishni kutamiz, xolos). Qabri Marv viloyatidadir". Nur Saidbek XV asrning oltmishinchi yillarida Abu Said mirzoning Xorazmdagi noibi edi. 1467- yilda toj-taxt ilinjida Dashti Qipchoqda „qazoqlikda"1 yurgan Husayn Boyqaro Xorazmni zabt etadi. Abu Said mirzo yordam yuborib, yurtni qaytarib olishga muvaffaq bo'ladi. Ayni paytda, bu ishni taftish qilish, aybdorlarni aniqlab, jazolashni buyuradi. Shunda bir qancha amaldorlar qatori amir Nur Saidbek ham Husayn Boyqaroning oz sonli qo'shiniga dosh berolmay, jangni tashlab qochgan xiyonatchi sifatida Hirotga keltirilib, siyosiy mahouslar uchun mo'ljallangan Ixtiyoriddin qal'asiga qamaladi. Abdurahmon Jomiy o'rtaga tushib, shohdan uning gunohini so'rab oladi. Shoh Jomiy yuzidan o'ta olmay, Nur Saidbekning gunohini kechadi. Mol-mulkini qaytarib, yana amirlari qatoridan o'rin beradi va Marv shahriga hokim qilib yuboradi. Lekin ko'p о’tmау, Nur Saidbek sirli bir tarzda o'ldiriladi.

    1 Qazoqlik — 1. Taxt egallash uchun kurashish. 2. Qoidaga bo'ysunmay, erkin yashash .

    Muhammad Solih e'tiborli bir oilaning farzandi sifatida davrining mashhur kishilari, xususan, Abdurahmon Jomiy qo'lida tahsil oladi. Birgina adabiyot yoxud tarix, falsafa emas, yondosh sohalarni ham o'rganadi. Hunarlar egallaydi. Masalan, uning arab, fors tillarini mukammal bilgani, naqqoshlik, hattotlikda zamondoshlari tomonidan e'tirof etilgani ma'lum. Biroq otasining o'limi uning taqdirini tubdan o'zgartirib yuboradi. Shunga qaramasdan, temuriylarga xizmat qilishni davom ettiradi. 1489-yilga qadar Husayn Boyqaro saroyida ishlagani ma'lum. Shoirning bu davrlardagi iztirob va kechinmalari uning „Shayboniynoma" dostonida yaxshi berilgan. 1499- yilda temuriylar saltanati tanazzulga yuz tutib, tarix sahnasiga yangi sulola chiqib kela boshlagan bir paytda temuriylar dargohini tark etib, Shayboniy huzuriga boradi. Shayboniy temuriylarning ko'zga ko'ringan bu amirzodasini izzat-ikrom bilan kutib oladi. Uni „amir ul-umaro" (amirlar amiri), „malik ush-shuaro" (shoirlar shohi) deb e'lon qiladL Shayboniy Muhammad Solihni o'ziga g'oyat yaqin tutadi, safarlarda birga olib yuradi. Muhim harbiy yurishlarga ketayotganida eng ishonchli kishisi sifatida o'z o'rniga qoldiradi. Jumladan, 1500- yilda Boburga qarshi Samarqand sari otlanar ekan, poytaxt qilib turgan Buxoro hokimligini Muhammad Solihga topshiradi. 1504—1505- yilda Xorazm yurishida esa, Muhammad Solih amir ul-umaro sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, uning ma'lum muddat Chorjo'yda, so'ng Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida hokim bo'lgani va shayboniylar tomonda turib, temuriylarga qarshi kurashgani zamondoshlarining kitoblarida qayd qilinadi. Shuningdek, uning Mirzo Ulug'bek nomli o'g'liga Shayboniyxon ayricha mehr bilan qaraganligi, Niso shahrini unga hadya etganligi ham aytiladi. „Tarixi Rashidiy" asari muallifi Mirzo Haydar Muhammad Solihning o'g'li Mirzo Ulug'bekning iste'dodli shoir boiganini aytib, uning bir turkiy g'azali matla'sini keltiradi:

    Ey, xush ul kunlarki, ko’nglum vaslidin xushhol edi,

    Axtarim1 farxundau2 baxtim humoyunfol3 edi.

    Muhammad Solih 1534- yilda shayboniylar saltanati poytaxti Buxoro shahrida vafot etgan. Muhammad Solih o'zbek va fors tillarida baravar qalam tebratgan shoirlardan edi. Tarixchi Mirzo Haydar uning devon

    1 Axtar — yulduz.2 Farxunda — qutlug’, quvonchli.3 Humoyunfol — omadli, baxtiyor.

    tartib qilganini tilga oladi. Biroq bu devon bizgacha yetib kelgan emas. Alisher Navoiy „Majolis un-nafois" asarida u haqda shunday yozadi: „Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o’g’li turur. O'zi muloyim yigitdur... Tab'ida xeyli choshni (maza) bor. Xatqa ham qobiliyati ko'pdur..." Navoiy fikrini dalillash uchun shoirning forsiy bir g'azali matla'sini ham keltiradi. Umrining yaqin o'n besh yilini Shayboniy bilan kurashib o'tkazgan Zahiriddin Bobur ham Muhammad Solihning salohiyatini e'tirof etadi. „...choshnilik g'azallari borligi"ni ta'kidlaydi. Biroq Navoiy ham, Bobur ham uning shaxsi haqida ijobiy fikr bildirishdan o'zlarini saqlaydilar. Navoiy, garchi unga „o'zi muloyim yigitdur" deb baho bergan bo'lsa-da, Shayboniy tomoniga o'tib ketishini oqlamaydi. Aksincha, mazkur holni „yamon musohib"larningl „yamon yo'lga" boshlashi bilan izohlaydi. Bobur ham uning shaxsini qoralaydi. Bunday munosabat goho uning ijodini bir tomonlama baholashga olib keladi.

    ! Musohib — suhbatdosh, sherik, yaqin.

    Shayboniynoma" dostoni. Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniy (1451 — 1510) haqida bir qator badiiy asarlar yaratilgan. Masalan, Mulla Shodiyning „Fathnornai xoniy", Kamoliddin Binoiyning „Shayboniynomai Binoiy", Ro'z-behxonning „Mehmonnomai Buxoro" va nihoyat, Po'lkan shoirning „Shayboniyxon" dostoni kabilar. Bularning Po'lkannikidan boshqa hammasi fors tilida. Muhammad Solihning asari o'zbek tilida yozilgan tarixiy jangnomadir. U, nomlanishidan ko'rinib turganidek, Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan kurashlarini, ularni yengib. taxt tepasiga kelishi voqealarini, ya'ni 1499 —1505- yillarda yuz bergan real tarixiy hodisalarni yoritadi. Shu jihatdan, u o'zbek adabiyotidagi aniq va real tarixiy voqealar tasviriga bag'ishlangan birinchi jangnomadir. Asarning muallif o’z qo'li bilan yozgan nusxasi topilgan emas. 1510- yilda shoir tirikligida Qosim kotib tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. German Vamberi uni 1885- yilda nemischaga tarjima qilib, nashr etgan. So'ngroq u boshqa tillarga ham tarjima qilindi. „Shayboniynoma" asari O'zbekistonda 1961 va 1989- yillarda chop etildi.

    Shayboniynoma" 9000 misraga yaqin bo'lib, 76 bobni tashkil qiladi. An'anaga kovra hamd, munojot va na't bilan boshlanadi. So'ng so'z ta'rifi keltirilib, Muhammad Shayboniyxon vasfiga o'tiladi. Uning aqli, ilmi, faqirfe'lligi, halimligi, qiroati, tab'i-dididan tortib karam-saxovatigacha, hatto qurol-aslahasigacha birma-bir ta'rif-tavsif etiladi. Nihoyat, o'n beshinchi bobga kelib, „Kitob nazmining sababi" beriladi. Unda shoir o'z taqdirini, jumladan otasining temuriylarga xizmat qilgani, muruvvat ko'rmagani, shahid ketgani, o'zining boshiga tushgan savdolar haqida hikoya qilib, gapni ikki sulola — temuriylar va shayboniylar haqidagi el-yurt orasida kechayotgan gap-so'zlarga buradi:

    Dedilar, borcha manga donolar,

    Kim adam bo'lg'usidur mirzolar.

    Navbat o'zga kishiga yetgusidur,

    Ul kishi bordur Shayboniyxon,

    Xoni Shaybondur-u mahdiyi zamon.



    Shu tariqa, shoir Shayboniyxonning taxtga chiqishi qonuniy ekanligini asoslashga urinadi. Jumladan, temuriylar faoliyatini muhokama qilib, ularning aysh-ishratga berilib ketganliklarini, ota-bola, aka-uka o'rtasi tinimsiz janjal-urush bilan kechayotgani, „mirzolar"ning din, shariatdan uzoqligi haqida gap ochadi va „donolar" tilidan „Temur davlati" ketib, o'rniga „Shayboniyxon" kelishi muqarrar ekanligi uqtiriladi. Asarning qolgan oltmish bobi Shayboniyxonning harbiy yurishlari tasviriga bag'ishlangan.

    Doston markazida Shayboniyxon timsoli turadi. Muallifning asosiy maqsadi uni ulug'lash, diyonatli, adolatli bir shoh sifatida ko'rsatish edi. Shayboniyxonni ko'klarga ko'tarib maqtaydi. Uning davlat tutumini maishatparast temuriylarga zid qo'yadi. Temuriylar asarda imkon qadar qora bo'yoqlarda chiziladi. Muallif jang manzaralarini, Shayboniyxon va uning atrofidagilarning xatti-harakatlarini tasvirlar ekan, goho o'z maqsad va e'tiqodiga zid bo'lgan ma'lumotlarni ham keltirib qo'yadiki, bu Shayboniyxon­ning adolatli va diyonatli hukmdor ekanligi haqidagi ta'riflarni ba'zan chippakka chiqaradi. Bu hoi muallifning voqelikni haq-qoniy tasvirlashga urinishi natijasidir. Asarda Muhammad Solihning Shayboniyxon oldiga birinchi marotaba borishi tafsilotlari haqqoniyligi bilan e'tiborni tortadi:

    Kim yetishgan dam ul qo'rg'onga,

    Bandalik aylag'amen ul xong'a.

    Chun yetishtim, kelibon necha qazoq1,

    Borchasi rahm tariyqidin yiroq.

    Qahr ila keldilar andog'ki, magar,

    1 Qazoq — jangchi, taxt uchun kurashayotgan askar.

    Bandadin qo'ymag'usidurlar asar.

    Bir necha hamdamu hamroh manga,

    Bor edilar bori dilxoh manga.

    Borchasini tunadilar...

    Adolatli podshoh odamlari bilan dastlabki uchrashuv shu tarzda tasvirlanadi. Yoki Muhammad Solih guvoh bo'lgan ilk urush — Shayboniyxonning 1499- yilda Buxoroni zabt etishi voqeasi tasviri ham qiziq. Xon shahar ahlining mol-mulkini bitta qo'ymasdan talashga farmon beradi. Bu yetmaganidek, Buxoro hukmdori Boqi Tarxonning 12 yashar qizini o'z nikohiga oladi. Shu yili Samarqandni olishda esa, bundan ham g'aroyibroq voqea yuz beradi. Shahar Zahiriddin Boburning amakivachchasi Sulton Ali qo’lida edi. Nima bo'ladi-yu, hokimning onasi Zuhrabegimning Buxoroda turgan Shayboniyxonga ko'ngli ketib, kishi yuboradi. U orqali xonning kanizagi bo'lishni o'zi uchun baxt hisoblashini ta'kidlab, tezroq Samarqandga kelib, yurtni boshqarishini, o'g'lini o'g'illikka qabul qilishini o'tinadi. Tabiiyki, bu Shayboniyxonga ham yoqib tushadi va „o'ldim-kuydim"ni o'rniga qo'yib, xabarchining qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirib, qaytaradi. Benomus, kaltafahm Zuhrabegim esa Shayboniyxon qo'shiniga shahar darvozalarini ochib, xonga:

    El — saning, mulk - saning, shahr - saning,

    Man — saning, lutf — saning, qahr — saning,

    deya yana odam yuboradi. Xon shaharga kirgach, barcha a'yonlarni Bog'i Maydonga to'playdi. Zuhrabegimni chorlab, birovga in'om qiladi. Sulton Alini „tinchlik kerak" qabilida oldirtirib yuboradi. Yurtni esa ayovsiz talatadi. Mazkur voqeaga muallif shunday baho beradi:

    La'nat ul nav' onag'akim, ul,

    Nafsi uchun o'luma berdi o'g'ul...

    Kimki xotun so'zig'a solsa quloq,

    Joyi ul borki, bo'lg'ay andoq.

    Shayboniyxon xalq orasida katta nufuzga ega bo'lgan Xoja Yahyoni Samarqand shahridan chiqartirib yuboradi. Chamasi, xon yonida yurgan Muhammad Solihning o'zi ham bu holga chiday olmaydi. Dostonning bir o'rnida quyidagi so'zni keltiradi:

    Xoja Yahyo dedi: „Bobur Mirzo

    Koshki kelgay edi ushbu aro".



    Boburnoma"da qayd qilinishicha (buni Muhammad Solih ham ta'kidlaydi), Shayboniyxon Samarqandda Jonvafobiy degan kishini qoldirib ketganida, Bobur shaharni ikkinchi marotaba qo'lga kiritadi. Dostonda ushbu voqea, Saripuldagi Shayboniy va Bobur to'qnashuvi, o'n to'qqiz yashar temuriyning tajribali o'zbek xonidan yengilib, Samarqandga qochib berkinishi, olti oy davom etgan dahshatli qamal tafsilotlari juda keng va batafsil tasvir etilgan. Ayniqsa, qamal manzaralari, do'zax azobidagi „ichkari"dagilar va ularning dala hovlilarida — jannat bog'larida yayrab-yashnagan „tashqari"dagilar muqoyasasi g'oyat rangdor va fojiona berilgan. Muhammad Solih dostonda „tashqari"dagilar ahvoliga ko'proq e'tiborni qaratgan bo'lsa, Zahiriddin Bobur „Boburnoma" asarida „ichkari"dagilar hayotiga ko'proq urg'u bergan. Chunonchi, Muhammad Solih:

    Aylabon bog'lar ichra manzil,

    Qildilar komlarini hosil.

    Mevalar yetti-yu g'am ketti bori,

    Bir-biri so'ngidin yetti bori.

    Tut bisyor namoyon bo'ldi,

    O'ruk-u olma farovon bo'ldi.

    Bo'ldi bisyor uzum birla qovun,

    Har biri debki, maning birla ovun...

    Tashqari bog'lar ichra anhor,

    Ichkari suvsiz ulus yig'lab zor.

    Asm ma'mur viloyat erdi,

    Ochlig' anda ne hikoyat erdi.

    Zahiriddin Bobur: „Elg’a bisyor tanqisliq bo'ldi. Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini eya kirishtilar,.. Yovuq kishilar va mo'tabar kishilar o'zini fasildin1 tashlab qocha kirishti... hech tarafdin umidvorlik qolmadi. Ozuq va zaxira kam edi. Bo6lg6oni ham tugandi. Hech tarafdin ozuq va zaxira kelmadi". Muhammad Solih, bu fojiali ahvolni boshqacharoq izohlaydi. Shoir bu holni Samarqand ahli „tangri yo'liga ko'z solmagani", uning izmidan yurmagani uchun yuborilgan jazo sifatida baholaydi:

    Tengri ul qavmni andoq qildi,

    Kim alar boshig'a bu kun keldi.

    Bunday xulosa, Shayboniyxonning qilmishlarini oqlash uchun qulay edi, albatta. Qamalgina emas, Saripuldagi urush ham dahshatli bo'lgan edi. Shoir yozadi:

    Chun g'azab o'ti furuzon2 bo'ldi,

    Ul ikki son kishi yakson bo'ldi.



    1 Fasil — devor, qo'rg'on.2 Furuzon — yondiruvchi, alangali.

    Qaysi o'q ichida jon topshurdi,

    Qaysi kestanga ko'zin oldurdi.

    Hazrati mavt1 zuhuri qildi,

    Malakul mavt huzuri qildi.

    Boshlarin baski qilichlar bo'ldi,

    Birisining boshi ikki bo'ldi...

    Shoir urush va talon manzaralarini chizar ekan, xalq boshiga yog'ayotgan bu balo va ofatlarning sababchisi kim degan savol o'z-o'zidan o'rtaga chiqadi. Va o'quvchining ko'z oldiga, birinchi navbatda, Shayboniyxon keladi. Muhammad Solihning niyati bunday emas edi. U xonni yaxshi nom bilan tarixda qoldirish uchun doston yozgan edi. Shayboniy va shayboniylarni iloji boricha zamondoshlariga o'rnak qilib ko'rsatmoqchi, temuriylarni esa, barcha fojia va baxtsizliklar sababchisi demoqchi edi. Lekin Muhammad Solih ham ba'zi o'rinlarda Bobur singari tanti yo'l tutadi. Kezi kelganda, Boburning shijoatini, adolatini, haqgo'yligini, elparvarligini, ayni paytda xalqning ham uni yaxshi ko'rganini yashirmaydi. Ikki qarama-qarshi tarafda turgan ikki davlat va madaniyat arbobining goho bo'lsa-da bir-birlarining fazilatlarini tan olishlari ularning yorqin shaxsiyatidan darak beradi. Muhammad Solih hukmdorga maddohlik qilmaydi, balki asl shoh qanday bo'lishi haqida fikr yuritadi:

    Shoh uldirki, yesa el g'amini,

    Doim o'ziga desa el g'amini.

    Istamay o'zining oroyishini,

    Istagay xalqning osoyishini.

    Nafs uchun aylamasa sultonlig',

    Qilmasa ahli havodek xonlig'...



    Arsai mulkni2 yobon bilsa,

    Elni qo'y, o'zni cho'bon bilsa.



    Tabiiyki, bu faqat orzu edi. Shoir Shayboniyxonni mana shu talablarga javob bergan shoh sifatida ko'rsatmoqchi edi. Biroq voqealarning xolis tasviri uni boshqa odamga aylantirib qo'ydi. Asarning ahamiyati ham shunda. Doston, birinchidan, tariximizning g'oyat muhim bir davrini, xalqimizning nomdor shaxslari faoliyatini qalamga olgan bo'lsa, ikkinchidan, ular bilan bog'liq voqealarni haqqoniy, butun murakkabligi bilan yoritishga urindi.

    1 Mavt — o'lim.2 Arsai mulk — mamlakat, dunyo boyligi.

    Asar ko'p o'rinlarda muallif qarashlarining biryoqlamaligiga qaramasdan, Shayboniyxon va Bobur obrazlarini yaratish yo'lidagi muhim tajribalardan bo'ldi. Dostonning tili sodda. Chamasi, muallif asarni, birinchi navbatda, dasht o'zbeklari didiga moslashga uringan ko'rinadi. Shu sababli, mumtoz poetika qoidalariga ko'pda rioya qilavermaydi. Ko'p qavatli obraz va murakkab ifodalarni chetlab o'tadi. Shularga qaramay, asar o'zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Xususan, tariximizning eng muhim va mas'uliyatli davrlaridan bo'lgan XV asrdan XVI asrga o'tish voqealarini haqqoniy baholash va xalq orasiga olib kirishda katta xizmat qildi.

    Tayanch tushunchalar:

    • Mavt

    • Arsai mulk

    • Furuzon

    • Fasil

    • Musohib

    • Qazoq

    Savol va topshiriqlar:


    1. Muhammad Solihning tarjimai holini so’zlab bering.

    2. “Shayboniynoma”da M.Solihning temuriylarga munosabati qanday ifodalangan?

    3. Adib Shayboniyxonni qanday sifatlar bilan madh etadi?

    4. Adolatli shohni shoir qanday tasavvur qilar edi?

    5. “Shayboniynoma”da xalq ahvoli qanday tasvirlanadi?

    Adabiyotlar:




    1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

    2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

    3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

    4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005



    Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish