Marosim folklori



Download 1,37 Mb.
bet67/89
Sana14.08.2021
Hajmi1,37 Mb.
#147878
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Madaniy hayot. Turkiston zabt etilgan bo'lsada, uning mil­liy tarixiy taraqqiyoti to'xtamadi, xalqimizning bunyodkorlik, yaratuvchanlik va ijodkorlik faoliyati og'ir sharoitlarda ham ilgarilab bordi. Toshkent milliy-maorif, fan va madaniyatning taraqqiyoti uchun markaz bo'lib o'rin topdi. Bosmaxona (1868-yil), kutubxona (1870-yil), maktabu madrasalar paydo bo'la boshla­di. Professor B.Qosimov bu haqdagi ma'lumotlarni quyidagicha belgilab ko'rsatgan: "1884-yili Qrimdagi Boqchasaroy shahrida Ismoilbek Gasprali "usuli jadid" ("usuli savtiya") degan yangi o'quv usuliga asos soladi. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o'zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo'ladi. U bilan birga kelgan shirvonlik Majid G'anizoda esa Samarqandda 40 kun qolib, "usuli savtiya"ni o'rganadi. Bunday maktablar Toshkent, Andijon kabi shaharlarda ham ochila boshlaydi. A.V.Peskovchkiy ma'lumot berishicha, 1895— 1901-yillarda Toshkentda 4 ta usuli jadid maktabi bor edi. 1900-yili Andijon da ham shunday maktab ochildi. 1907-yili Turkistonda 30 jadid maktabi bo'lib, 1300 bola o'qir edi. Chor hukumati bunga qarama-qarshi holda rus-tuzem maktabiga zo'r berdi. 1884-yili Tosh­kentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi". Bu rus-tuzem maktablarining soni Turkistonda XIX asrning oxirida 100 dan oshdi, 1917 yilga kelib 170 taga yetdi. Professor B.Qosimov bu maktablarni "rus ma'murlariga mahalliy xalq orasida ruscha biladigan yordamchi xizmatchilar yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi, aslida, rus hukumatiga so'zamol, haqtalab xizmatchilar emas, ruschani tutilib-tutilib gapiradigan chalasavodlar, xo'jayin tomoq qirsa dik etib xizmatga turadigan itoatkorlar kerak edi. Bu maktablarning ko'proq shunga xizmat qilishi ko'zda tutilgan" deb baholagan.

Bu davr madaniy hayotida birinchi o'zbek matbuoti sifatida 1870-yil 28-aprelidan "Turkiston viloyati gazetasi" chiqa boshlaganligi katta voqea bo'ldi. Ushbu gazeta bugungi kun uchun ham davr ijtimoiy voqeligi va adabiy-madaniy hayotini o'rganishda muhirn manba bo'lib xizmat qiladi. Gazetaga Nikolay Ostroumov 34 yil (1883-yildan to 1917-yilga qadar) muharrirlik qiladi, shuning uchun ham uning davr­ida rus ilm-fan va madaniyati dabdaba bilan "ilg'or rus madaniyati" sifatida keng tarqaldi.

Nazarimizda, "Chor hukumati o'zining mustamlaka rejimini" nafaqat iqtisodiy va siyosiy sohada, balki milliy-madaniy, milliy-diniy sohalarda ham qat'iy o'rnatdi, ya'ni milliy-madaniy taraqqiyot mustamlaka manfaatiga bo'sundirildi. "Turkiston viloyati gazeti" buning yaqqol dalili. Gazeta muharriri Nikolay Ostroumov (1846-1930)ning sa'y-harakatlari bilan rus madaniyati, ilm-fani, hatto urf-odatlari muhabbat bilan targ'ib-tashfiq qilindi, Rusiyani "madaniyat o'chog'i" sifatida talqin etdi, albatta, bularning barisi O'rta Osiyo mamlakatlari madaniyatini ko'kka sovurish, kamsitish, an'anaviy urf-odatlarimizdan yuzo'girtirish evaziga ro'yobga chiqdi. Bir so'z bilan aytganda, gazeta O'rta Osiyo xalqlarini chorizmga muhabbatli va sadoqatli qilib tarbiyalashda vosita vazifasini bajardi. Shunday bo'lsada, o'zbek ad­abiyoti va san'atiga oid materiallar, Ogahiy, Komil, Muqimiy, Kamiy, Nodim kabi shoirlarimizning she'rlari ilk marotaba shu gazeta sahifalarida chop etildi. Gazetaning biz uchun ahamiyatli bo'lgan tomoni ana shunda. Shu tariqa Turkistonda vaqtli mat-buot tarixi o'zining ilk qadamini tashladi. 1898 yilda Toshkent­da "Russkiy Turkestan", 1904-yildan Samarqandda "Samarqand", 1906-yilda Toshkentda birinchi marta o'zbek tilida "Taraqqiy" kabi gazetalar chiqa boshladi. Bu o'zbek milliy matbuotining ilk debocha gazeti edi, shundan keyin jadidlar tomonidan chiqarib gan "Sadoi Turkiston" gazeti ham o'z ishini boshladi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish