Marosim folklori



Download 1,22 Mb.
bet52/79
Sana12.12.2022
Hajmi1,22 Mb.
#883824
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Bog'liq
тахлаш кк

Shoirning ijodiy merosi. Munis keng ko'lamli ijod sohibidir. U badiiy ijodda o'zbek adabiyotidagi go'zal she'riyat namunalarini yaratdi. Ilmiy she'riyat namunasi bo'lmish ma'rifiy ruhdagi "Savodi ta'lim" risolasini yozdi. Tarixchi sifatida "Firdavs ul-iqbol" (Sao-
dat bog'i) asarini bitib, Xorazm o'tmishiga oid qadimdan to 1812-yilgacha bo'lgan voqealarni yoritib berdi. Keyinchalik uni Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Tarjima bilan ham shug'ullangan adib Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini forsiydan o'zbek tiliga
o'girib (asarning birinchi jildini), uning o'zbek xalqi ma'naviy mulkiga aylanishiga hissa qo'shdi.
Xattotlik san'atida beqiyos kamolot kasb etgan Munis Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarini 1794-yilda ko'chirgan. Shuningdek, u 1797-yilda daho ijodkorning "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" nomli asarini ham husnixat bilan kitobat qildi.
Munis, shuningdek, meloratsiyaga oid iqtisodiy xarakterdagi Xorazm sug'orilishi tarmoqlari haqida "Ornalar" nomli asar yaratib qoldirdi.
Bu ijod turlari ichida, albatta, she'riyat Munis uchun qadrli va suyukli edi. U 1804-yili 27 yoshda ekan o'zining ilk devonini tuzgan. Shoir 1814— 15-yillarda adabiy merosini hajman to'liq aks ettirgan to'plamini — "Munis ul-ushshoq" (Oshiqlar do'sti) nomli mukammal devonini yaratdi.
Mukammal devonda jami 10000 baytga yaqin she'riy asar mavjud.
Munis mumtoz adabiyotda mavjud bo'lgan deyarli barcha she'riy janrlarda ijod etgan. Ayniqsa, uning qasida janri taraqqiyotiga qo'shgan hissasini alohida qayd etish kerak. Shoir Avazbiy inoq, Eltuzarxon, Muhammmad Rahimxon I, Olloqulixon singari hukmdorlar va o'z davrining boshqa mashhur shaxslariga atab bir necha qasidalar yozgan. E'tiborli jihati shundaki, qasidalarida u madh qilinayotgan bir shaxsga xos eng muhim jihatni ko'rsatgan holda, ko'nglidagi o'ylarini, orzularini qog'ozga tushiradi, ularga pand-nasihat qiladi. Minba'd maddohlik, xushomadgo'ylikka berilmaydi. Shuning uchun Munisning qasidalarida didaktik mazmun yetakchilik qiladi.
Aksariyat mumtoz adiblar singari g'azal Munis she'riyatining ham asosiy janridir. Uning shoir sifatidagi mahorati, o'ziga xosligini avvalo g'azallarida kuzatishimiz mumkin. Adabiyotimiz tarixidagi hajman eng katta g'azallarni aynan u yozgan. De-vonidan joy olgan g'azallar orasida yigirma uch, yigirma to'rt, hattoki, o'ttiz uch baytdan iborat bo'lganlari borki, bunaqasi boshqa o'zbek shoirlari ijodida deyarli uchramaydi. Munis shoir sifatida she'rning qudratini juda yaxshi his etadi, unga yuksak baho beradi. "She'r ul tiyg'i dudamdurkim..." she'rida quyidagi satrlar bor:
She'r ul tiyg'i dudamdurkim, jahonni fath etar
Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoh.
Ya'ni she'r tig'i. dudam — qo'sh tig'li qilichdirki, har qanday podsho uni qo'liga olsa, lashkar tortmay jahonni zabt etishi mumkin.
Shoir insonlar o'rtasidagi haqiqiy do'stlikni ulug'laydi, sadoqatdan saboq berganday bo'ladi. Chin do'st bir dam bo'lsin do'stini unutmaydi, do'stsiz "ohangi ishrat" — xursandchilik qilmaydi. Do'sti unutgan kishi o'zini yolg'iz sezadi, hasratdan may o'rniga go'yo qon ichadi.
Do'stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.
Do'st uldurkim, уотоп кип yuz evurmas do'stidan,
Munis ahvolin ko'rib, tarki muhabbat qilmangiz.
Shoir g'azalda do'st sadoqatini sinashning turli bosqichlarini tasvir etadi va shularning birontasida ham sadoqat unutilmasligi lozimligini ta'kidlaydi.
Munis ma'shuqa go'zalligini jo'shqinlik bilan ta'riflaydi. Shunday she'rlaridan biri "oftob" radifli g'azaldir.
Bo'lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob,
Ne uchun zarposhlig'lar aylar izhor oftob.
Senki shohi husnsen, har кип qilib qulluq sanga,
Sajda aylarga qo'yar tufroqqa ruxsor oftob
Oftob yorning jamoliga xaridor, vasliga mushtoq-u zor bo'lmaganda edi, uning boshidan zarlar sochib — nur taratib tuyg'ularini izhor etmas edi. Oftobning chiqishi tushunarli edi — u mahbubani ko'rish uchun nur sochardi. Ma'lum bo'ldiki, uning botishi ham yor tufayli ekan. Ya'ni u husn shohi bo'lmish mahbubaga qulluq qilib tuproqqa yuzni qo'yganda, botar ekan.
Ishq tug'yonlari, oshiqning bu dard ila to'lg'onishlari bayon etilgan g'azallar Munis she'riyatida ko'plab uchraydi. Masalan, "Istading, ey dil, ko'zin joning kerakmasmu sanga?" misrasi bi­lan boshlanadigan g'azalida shoir oshiqning qiynoqlarini, yordan yetgan jafolar izhori uchun dilga murojaat shaklini tanlaydi. Chunki ko'ngil bu tug'yonlaming makonidir:
Istading, ey dil, ko'zin, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, iymoning kerakmasmu sanga?
Nima uchun lirik qahramon yor ko'zimng savdosi tushgan dil­ga qarata: "joning kerakmasmu sanga?"- deya xitob qilmoqda? Bilamizki, mumtoz adabiyotda ko'z jon olg'uvchi jallod sifatida ta'riflanadi. Kishi bu ko'zlar domiga ilindimi, unga omonlik yo'q. Ulardan dilga tushgan ishq savdosi oshiqni halokatga olib kelishi muqarrar. Yorning to'zg'igan, parishonligi bilan oshiqning ham xayolini parishon etuvchi zulfi esa uni esdan og'dirish darajasiga olib keladi. Shoir bu devonalik hatto Yaratganni ham unutishga olib kelishi mumkinligidan dilni ogohlantirmoqda.
Munis she'riyatining boshqa janrlari uchun ham mana shunday inson tuyg'u va kechinmalarining turfa jihatlariga o'ziga xos yondashish xosdir.



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish