Marosim folklori



Download 1,22 Mb.
bet40/79
Sana12.12.2022
Hajmi1,22 Mb.
#883824
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
тахлаш кк

Yorsiz ko'ngil nolalari
Nodiraning "Yorning vasli emas ozorsiz" g'azali quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Yorning vasliga yetish hech qachon mashaqqatsiz ozorsiz bo'lmaydi. Bu go'yo gulzorda tikan (xor)siz gul bo'lmagani kabidir. Shoira fikrni aytaturib uning isbotiga tabiatdan misol topadi va shu tariqa aytganlarini dalillashga harakal qiladi. She'r ilmida bu tamsil san'ati deyiladi. Ikkinclu baytda Nodira hayotidagi og'ir yo'qotishlarni bayon eta boshlaydi:
Ul parivash vaslidin bo'ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
"Parivash" so'zi orqali odatda ma'slniqa ayol ta'nt etiladi To'g'rirog'i, aksar hollarda shunday tushuniladi. Aslida bu so'z orqali jinsidan qat'iy nazar har qanday yor obrazi ifodalanishi mumkin. Parivash pariga o'xshash degan ma'noni anglatadi. Parilar asli jinlar qavmidan bo'lib, ular o'tdan yaratilganlar. Shundan kelib chiqsak, "parivash" oshiq ko'ziga o'tday yoniq ko'rinuvchi va yana ko'ngil qo'ygan kishini o'tday kuydiruvchi ma'nosi anglashiladi. Demak, Umarbekninq o'limi Nodirani hijron o'tlariga yoqib ketdi. Bu o'rinda sirtdan qaraganda noo'rin qo'llangan parivash so'zi aslida ayni o'z joyini topgan ifodadir. G'azalning uchinchi baytida an'anaviy markaziy obrazlardan biri bo'lmish ag'yor tilga olinadi:
Yor uchun ag'yor dardin tortaman,
Ko'rmadim bir yorni ag'yorsiz.
Shoira she'rda tasvir kuchini oshirish uchun qarama-qarshi so'zlar, o'zaro zid tushunchalarga asoslanadigan tazod badiiy vositasini qo'llaydi. Yor-ag'yor munosabati bir tomondan mazmunni bo'rttirsa, ikkinchi tomondan bu so'zlarning tovush tarkibidagi uyg'unlik baytga ajib bir musiqiy ohang baxsh etgan.


Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,


Soya paydo bo'lmadi devorsiz.
Baytdagi tan buzilishi ruhiy muvozanatga ishoradir. Yordan ayrilgan, ag'yor dardini tortayotgan odamda ruhiy muvozanat buzilishi tabiiy. Bu o'znavbatida insondan halovat, rohat ketishiga sabab bo'ladi. Bu yerda ham tamsil san'ati qo'llangan bo'lib, yuqoridagi ruhiy holatni soya devorsiz paydo bo'lmasligi misoli bilan dalillaydi. Keyingi baytda an'anaga muvofiq lirik chekinish qilinadi:
Berma nisbat qaddig'a, ey bog'bon,
Sarvdur bu bog' aro raftorsiz.
Ya'ni, ey bog'bon, sen yoming tik qadini sarvga o'xshatmagin. Chunki harakatsiz, joyidan qo'zg'olmaydigan sarv qayda-yu xiromon yurish bilan barchani maftun etadigan yor qayda. Ularni bir-biriga nisbatlab bo'ladimi!? Aslo! Baytda Nodiraning an'anaviy tasvirga yangicha, o'ziga xos yondashganini ko'ramiz. Ungacha barcha shoirlar ma'shuq(a) qadini sarvga qiyoslab, go'zallik timsoli sifatida olgan bo'lsalar, bu yerda ular o'zaro qarshilantirilmoqda va hech qanday sun'iylik, mantiqsizlikka yo'l qo'yilgani yo'q. Bu yuksak badiiy mahorat belgisidir.
Nodira ahvolidin ogoh bo'ling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.
G'azal davomida ahvoli ruhiyasini baytma-bayt sharhlagan shoira maqta'da musohiblari — yaqin suhbatdosh, do'stlariga qarata o'z ahvolidan ogoh bo'lish o'tinchini aytib, she'rni mahzun kayfiyatda yakunlaydi.


Tayanch tushunchalar:



  • Nodira

  • "Haft gulshan"

  • Parivash

  • "Abas"

  • "Komila"

  • "Maknuna"



Savol va topshiriqlar:



  1. Nodiraning hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlarni o'rganib, shoira Uvaysiy hayoti bilan o'xshash jihatlari to'g'risida so'zlab bering.

  2. Shoira ijodidagi qaysi she'rlar bevosita uning yashash tarzi, taqdiri bilan bog'liq deb o'ylaysiz?

  3. Tarix fanidan olgan bilimlaringiz asosida Nasrulloxonning xatti-harakatiga baho bering.

  4. Nodiraning milliy adabiyotimiz, madaniyatimiz tarixida tutgan o'rnini belgilang.

Adabiyotlar:





    1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

    2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

    3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

    4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005




Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish