Marosim folklori



Download 1,22 Mb.
bet29/79
Sana12.12.2022
Hajmi1,22 Mb.
#883824
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
тахлаш кк

Mavzu: MASHRAB LIRIKASI


R E J A:

  1. Mashrab - mutasavvuf shoir.

  2. “Mashrabman” radifli gazali tahlili.



Ma'lumki, aksar mumtoz adiblar ijodining mag'zida odamni, olamni, butun borliqni islomiy idrok etish markaziy o'rin tutadi. Lekin bu shunchaki islomga da'vat, uning yo'l-yo'riqlarini o'rgatish, nasihat emas, balki dunyo hodisotlari, voqeliklari ortida yashiringan Yaratganning xohish-irodasi, hikmatini, jamolini, qudratini bilishga, anglashga, ko'rishga yo'nalgan ilmdir. Bu ilmni tasavvuf deydilar. Asarlarida tasavvuf g'oyalarini aks ettirgan adiblar mutasavvif ataladi. Mashrab ham tasavvuf adabiyotining mashhur vakilidir. Barcha so'fiy shoirlar kabi u ham nafsni yengish orqali ko'ngilni yuksaltirish, ruhni poklash, o'tkinchi dunyo havaslaridan ustun bo'lish, insonga uning moddiy mavqeidan emas, ma'naviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashish kabi g'oyalarni ilgari suradi. Bu kabi ma'naviy sifatlarga ega bo'lish uchun esa insonda ishq bo'lmog'i kerak.. Ishq avvalo Yaratganga va uning bar­cha yaratiqlariga mehr, muhabbat, ularning oldidagi mas'ullik tuyg'usidir. Tasavvuf ahliga ko'ra ishq insoniylik belgisi, odamiylik nishonidir. Haqiqiy ishqqa ega bo'lgan kishigina Yaratganning rizoligini topadi, hayotda yashashdan maqsadini to'g'ri belgilay oladi. Ishq dardi tufayli u "Kuya-kuya kul bo'lib biryona bo'lgan" holatda bo'lsa ham uning davosini izlamaydi, chunki yor (Olloh) ishqi tufayli paydo bo'lgan dard har qanday davodan ortiqdir:
Sening ishqingni dardi menga har darmondin ortiq,
Tilim kuysin адат, jono, talabgori davo bo'lsam.
Ishq dardi tufayli u "Kuya-kuya kul bo'lib biryona bo'lgan" holatda bo'lsa ham uning davosini izlamaydi, chunki yor (Olloh) ishqi tufayli paydo bo'lgan dard har qanday davodan ortiqdir:
"Na qilay" radifli g'azalida shoirning dinga, olamga, odamga o'ziga xos munosabati yorqin aks etgan. Shoirning shariat ruknlariga tasavvufiy mantiq bilan yondashuvi diqqatga sazovordir.
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?
Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?!
Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do'zaxin,
Bo'lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!.
Bir Xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo'lsa qo'lumda, и tikonni na qilay?!
Yor va boda tasavvufiy istiloh ekanligini endi Siz bilasiz. Avvalda ham, hozirda ham ota-bobolarimiz shariat ruknlarini sof niyat, islomiy muhabbat bilan ado etganlar. Lekin iymoni mukam­mal bo'lmay, e'tiqodi Haqning muhabbatiga munosib darajada shakllanmay, taqlid bilan yoki nom qozonish uchun Ka'baga borib kelaveradiganlar yo'q emas. Mashrab mana shunday soxta, notugal, dunyoviy manfaatlar bilan qorishgan taqvodorlikka qarshi. Ko'ngilda Yor(Olloh) hamda boda (Uning ishqi) bo'lmay hajga borganlar uchun Ka'ba shunchaki Ibrohim payg'ambar qurgan ko'hna bir imoratdan boshqa narsa emas. Mashrabning oliy e'tiqodicha, Ka'ba Ollohning uyi ekan, uni dilda limmo-lim muhabbat bilan tavof etish shart. Aks holatdagi ziyorat riyodir. Mashrabdek рок e'tiqod kishisi uchun yor vasliga muyassarlik bo'lmas ekan, nafaqat Ka'ba ziyorati, balki sakkiz jannat-u do'zax, ikki jahon manfaatlari tatimaydi. Mashrabona e'tiqoddagi solik uchun eng oliy muddao tanho Xudodir. Qolgan barcha unsurlar — Ka'ba-yu Madina, jannatga intilish-u do'zaxdan qochish, namoz-u ro'za — hammasi Uning rizoligi, muhabbati uchun bo'lmas ekan g'alatdir. Chunki ularning barchasidan murod-u maqsad, oxir-oqibatda, oliy haqiqat — Xudodir. Shoirning ramziy talqiniga ko'ra, Xudo — gul, qolgan hamma narsa - uning yo’lidagi tikanlar. Tikanlarga andarmon bo'lib, gulga yetisholmay qolish, uni qo'ldan chiqarish, benasib qolish mumkin. Hamma narsaga intilib, erishib, asosiy maqsaddan chalg'ib ketish, Xudoni unutish yoxud unga yetisholmaslik xavfi yo'q emas. Ammo asl muddao — gul qo'lga kiritilsa, tikanga ehtiyoj qolmaydi.
Mashrabman” radifli g’azali tahlili. Ushbu she'rda so'fiylik maslagini hayotining mazmuni deb bilgan shoirning hasbi holi ma'lum darajada aks etgan.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish