Marosim folklori



Download 1,19 Mb.
bet32/78
Sana14.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#550917
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Xuvaydo ijodiy merosi. Shoirning mukammal devoni Shomurod kotib va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg'iloniylar tomonidan ko'chirilib, unda Huvaydoning qalamiga mansub asar-larni deyarli to'la qamrab olgan deyish mumkin. Unga ijodkorning 361 g'azali, 3 muxammas, bir musaddas, bir musamman, 5 mustazod, 70 ga yaqin ruboiy, bir tarjiband, 3 masnaviy, "Rohati dil" dostoni, "Ibrohim Adham" qissasi kiritilgan. Bundan tashqari shoir ijodidan masnaviy, musabba', shuningdek, o'zbek mumtoz adabiyotida juda kam uchraydigan mutassa', muashshar kabi janrlar ham joy olgan. Ular ichida g'azal shoir she'riyatining katta qismini tashkil etadi. Huvaydo she'rlarining asosiy mavzui islom ruknlarini (asoslarini) tahlil etish, ilohiy muhabbatni talqin etishdir. Bundan tashqari inson (ayol) go'zalligini madh etuvchi hamda pand-nasihat xarakteridagi she'rlar ham bor.
"Rohati dil" dostoni esa diniy-axloqiy va pandnoma raazmu-nidagi epik asardir Dostonning g'oyasi insonning ichki ma'naviyatini shakllantirish, o'quvchilarga go'zal islomiy axloqni singdirish, mustahkam e'tiqodni qalbda sobit qilishdir. Masalan, dostondagi "G'addor dunyo bayonida" nomli hikoyada keltirilishicha, uch aka-uka yo'lda ketayotib bir xum tilla topib oladilar. Baxtli tasodifdan quvonganlaricha yo'l yuradilar. Bir manzilga yetishganida to'xtashib, kichik ukalarini taom olib kelish uchun yuboradilar. Taomga borgan yigitning niyati buziladi: boylikning hammasiga ega bo'lish uchun ovqatga zahar qo'shib olib keladi. Akalari esa kichik ukalariga tegishli qismni bo'lishib olish niyatida u kelishi bilan joniga qasd qiladilar. Lekin xursandchiliklari ko'pga cho'zilmaydi. Ovqatni yegach, ular ham ukalarining orqasidan u dunyoga ravona bo'ladilar. Hikoyatda ifodalan-gan fojeaning asosiy sababi ochko'zlik, baxillik, nodonlik ekanligiga shoir e'tibor qaratadi. Bu illatlar kishini tubanlashtirib, halokatga yetaklaydi. Asarda muallif islom ruknlari hamda tasavvuf ta'limotini targ'ib etib, insonlarni ma'naviy yuksaklikka chorlaydi.
Huvaydo, shubhasiz, mutasawif shoir. Uning ijodida turkiy tasawufning buyuk namoyandalari Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Mashrab she'riyatining ta'siri sezilib turadi. Salaflariga hamohang ravishda shariatni sharhlaydi, tariqat taomilini bayon etadi, agar Navoiy:
Kim bir ko'ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,
Oncha borki, Ka'ba vayron bo'lsa, obod aylagay;
Mashrab:
Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen,
Agar bir dilni og'ritsang, yuzar Ka'ba buzulmazmu? — deb yozsalar,
Huvaydo:
Опта g'amgin mo'mineni, ko'nglini shod aylagil,
Tongla mahshar dashtida g'amnok bo'lmasdin burun, — baytini bitadi. Bunday maslak yaqinligi tabiiydir. Chunki barcha so'fiy shoirlar uchun bu dunyoda eng og'ir gunoh — inson diliga ozor berish. U hatto butun dunyo musulmonlari sajdagohi bo'lmish Ka'bani buzishdan ham og'irroqdir. Shoir bir g'azalida:
Na qildim sanga man, yorim, jamolingdin judo qilding,
Boshimda gardi g'amni chun charog'i osiyo qilding, — deya ilohiy ishqni kuylasa, boshqasida:
Jon omonatdur taningda, qil o'limni fikrini,
Bo'l omonat sohibi olg'oni kelmasdin burun, — misralari bilan oxiratni eslatib, odamlarni ogohlantirib turadi.
Umuman, shoir she'rlarining aksariyatida diniy didaktika yetakchilik qiladi. "Xoki poyi yaxshilar bo'l" g'azali ularning biridir:
Xoki poyi yaxshilar bo'l, xok bo'lmasdin burun,
Bu qaro yer qo'yni senga chok bo'lmasdin burun.
Shoir nasihat qilib aytadiki, bu qaro yer — qabr qo'yniga kirmasdan va unda xok - tuproqqa aylanmasdan burun sen yaxshilarning xoki poyi bo'l, ya'ni yaxshi odamlar xizmatida, suhbatida bo'lgin. Yaxshilar deganda Huvaydo avliyo zotlar, olimlarni nazarda tutadi. Baytdagi xok bo'lish - o'limni, qaro yer -qabrni anglatyapti. Bu baytning bir mazmuni. U bilan bog'liq boshqa bir mazmuni borki, unda mazkur iboralar ramziy ma'no kasb etadi. Bunda tahlil yanada kengayadi va shoirning bizga aytar gapi yanada oydinlasha boradi: yaxshilar xoki poyi bo'lginki, sening ma'naviyating, ichki dunyoing, qadring tubanlashib, xok (tuproq) singari past bo'lmasin, aks holda qaro yer qo'yniga kirganing ma'quldir. Xalqda "yer yorilmadi, yerga kirmadi" iborasi bor. Ya'ni, ma'naviy tubanlik sharmandalikdir. Sharmandalikdan odam yer yorilsa, yerga kirishga rozi bo'ladi.
Mo'mineni g'iybatidin munda og'zing рок qil,
Anda do'zaxni o'ti misvoq bo'lmasdin burun.
Mo'minlarning g'iybatidan munda (bu dunyoda) og'zingni ehtiyot qil, toki anda (u dunyoda) do'zax o'ti bu g'i og'zingni kuydirmasin. Baytda tazod (munda-anda so'zlari orqali), tanosub (og' zing рок qil - misvoq ibora va so'zlari bilan) san'atlari fikrni ifodalashning badiiy vositasi bo'lib xizmat qilgan. Shuningdek, Huvaydo g'azallarida:
Ul ko'zlari jallodim kiprik qilichi birla,
Har go'shada qonimni chun obi ravon etti
yoki
Zurroti jahon xayl, pari, ins-u malakni,
Bir g'amza bila qilg'uchi hayrong'a yo'liqtim, — kabi misralarda shoir inson go'zalligini vasf qiladi, unga bo'lgan oshiqo-na kechinmalarini bayon etadi. Bu esa Huvaydo ijodida ilohiy va majoziy ishq o'zaro uyg'un va aloqadorlikda talqin etilganligini anglatadi.


Ho’janazar Huvaydo "Rohati dil" dostoni diniy-axloqiy va pandnoma raazmunidagi epik asardir Dostonning g'oyasi insonning ichki ma'naviyatini shakllantirish, o'quvchilarga go'zal islomiy axloqni singdirish, mustahkam e'tiqodni qalbda sobit qilishdir. Masalan, dostondagi "G'addor dunyo bayonida" nomli hikoyada keltirilishicha, uch aka-uka yo'lda ketayotib bir xum tilla topib oladilar. Baxtli tasodifdan quvonganlaricha yo'l yuradilar. Bir manzilga yetishganida to'xtashib, kichik ukalarini taom olib kelish uchun yuboradilar. Taomga borgan yigitning niyati buziladi: boylikning hammasiga ega bo'lish uchun ovqatga zahar qo'shib olib keladi. Akalari esa kichik ukalariga tegishli qismni bo'lishib olish niyatida u kelishi bilan joniga qasd qiladilar. Lekin xursandchiliklari ko'pga cho'zilmaydi. Ovqatni yegach, ular ham ukalarining orqasidan u dunyoga ravona bo'ladilar. Hikoyatda ifodalangan fojeaning asosiy sababi ochko'zlik, baxillik, nodonlik ekanligiga shoir e'tibor qaratadi. Bu illatlar kishini tubanlashtirib, halokatga yetaklaydi. Asarda muallif islom ruknlari hamda tasavvuf ta'limotini targ'ib etib, insonlarni ma'naviy yuksaklikka chorlaydi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish