Atlasni dasturi - Atlasni tipini va belgilangan maqsadini, uni matematik asosini, mazmunini, generalizatsiya prinsiplarini, shartli belgilarini, tavsiya etiladigan kartografik materiallar, ulardan foydalanish va Atlasni tayyorlash texnologiyasini belgilaydigan hujjat.
Atlasning dasturi - atlasni tipini va belgilangan maqsadini, uni matematik asosini, mazmunini, generalizatsiya prinsiplarini, shartli belgilarini, tavsiya etiladigan kartografik materiallar, ulardan foydalanish va atlasni tayyorlash texnologiyasini belgilaydigan hujjat.
O’zbekistonda O’zbekistonda kartografiyaning rivojlanishi (XX asrdan hozirgi davrgacha)
O’zbekiston o’zining boy kartografik tarixiga ega. Dunyo kartografiyasining rivojida ajdodlarimiz Muso Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Mahmud qoshg’ariy, Muhammad Baqroniy, Hofizi Abru va boshqa allomalarimiz qoldirgan ilmiy meros muhim o’rin tutadi. Ma‘lumki, kartografiya ham, boshqa fanlar kabi, kishilik jamiyatining hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora rivojlana borgan. 1917 yilga qadar respublikamiz hududini kartografik jihatdan o’rganilganlik darajasi ancha past bo’lgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya O’rta Osiyoni, jumladan, O’zbekistonning hozirgi hududini bosib olib, o’z mustamlakasiga aylantirgandan so’ng bu iqtisodiy jihatdan muhim o’lka xaritasini yaratish bo’yicha ishlar boshlandi. Rus ziyolilarining ancha ilg’or qismi Toshkentda, Turkiston qishloq xo’jaligi jamiyatini tuzdi. U qishloq xo’jaligi, xususan paxtachilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi, maxsus jurnallar va risolalar chop etib, o’sha vaqtlarda fanga ma‘lum bo’lgan agromeliorativ g’oyalarni mahalliy aholi orasida targ’ibot va tashviqot qilish bilan shug’ullandi. XVIII asr boshlarida kartografiyada yangi davr boshlandi desa bo’ladi. Chunki kartografik ishlar ilmiy yo’nalishlar asosida olib borila boshladi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida Fanlar akademiyalarini tashkil qilinishi bu sohaga ham o’z ta‘sirini ko’rsatdi. Masalan, Parij akademiyasi (1666), Berlin akademiyasi (1700), Peterburg akademiyasi (1724) tashkil qilingan edi.
Bu vaqtga kelib karta tabiiy resurslarni o’rganishda hamda ulardan foydalanishda va harbiy ishlarda foydalaniladigan bo’ldi. Petr I davrida maxsus geodezist kadrlar tayyorlashga e‘tibor berilib maxsus o’quv yurtlari tashkil qilindi. Rossiya Fanlar akademiyasi Geografik departamentining kartografiyani rivojlantirishdagi xizmati katta bo’ldi. 1871 yilda A.P. Fedchenko ―Qo’qon xonligi va Pomir tog’lari‖ kartasini tuzib, unda Farg’ona vodiysi, Olay-Zarafshon o’lkasi hamda Pomirning orogidrografiyasi tasvirlangan edi. Rossiyada 1797 yilda
tashkil etilgan ―Kartografiya deposi‖ kengaya bordi va 1822 yilda ―Harbiy topografiya korpusi‖ ga aylantirildi, so’ngra u O’rta Osiyoda kartografik ishlar olib borishda asosiy rol o’ynaydi. Mahkamaning Turkiston harbiy topografik bo’limi tomonidan topografik manbalar asosida ―Rossiyaning Osiyo qismi va janubiy chegara rayonlari‖ kartasi tuzilib, u asosan amaliy, xo’jalik ishlar uchun mo’ljallangan edi.
XX asrning boshlarida O’rta Osiyoda olib borilgan umumgeografik, geologik, geobotonik, iqlimiy va gidrologik tadqiqotlar o’lkamiz kartografiyasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdi. Bu borada 1897 yilda Rossiya geografiya jamiyatining Toshkentda tashkil etilgan Turkiston bo’limi olib borgan ishlarining ahamiyati katta bo’ldi. Mashhur geograf L.S. Berg rahbarligida Orol dengizini o’rganish uchun maxsus ekspeditsiya (1900-1906) uyushtirilib, dengiz har tomonlama o’rganildi va uning yangi kartasi yaratildi. Marksning 1910 yili Peterburgda nashr qilingan ―Dunyoni katta atlasi‖ da O’rta Osiyoning mazmunli kartasi ham bor edi. Bu vaqtga kelib kartalar ilmiy asarlarga qo’shimcha qilinib, ma‘lum bir sohani yanada mukammalroq o’rganishga yordam beradigan bo’lib qoldi. Masalan, V.I. Masalskiyning ―Turkiston o’lkasi‖ (1913) va I.V. Mushketovning ―Turkiston‖ (geologiyasi va orografiyasi 1915 yil) asarlarida maxsus kartalar berilgan. Rossiyaning ―Ko’chirish ishlar boshqarmasi‖ (―Pereselencheskoye upravleniye‖) O’rta Osiyo yerlaridan dehqonchilikda foydalanish maqsadida o’rganish uchun maxsus ekspeditsiyalar uyushtirib, o’rganilgan yerlarning geologik, tuproq, o’simlik kartalari tuzildi. Masalan, S.S. Neustruyev Farg’ona vodiysida ish olib borib, birinchi marotaba bo’z tuproq tipini ajratib kartaga tushirdi, irrigatsiya ishlarini olib borish, yangi yerlarni o’zlashtirish maqsadida Mirzacho’l, Amudaryoning quyi oqimi, Surxandaryo havzalarining har xil kartalari tuzildi. Oktabr to’ntarilishiga qadar nashr qilingan atlaslardan 1914 yilda ko’chirish ishlari boshqarmasi tomonidan tuzilgan ―Rossiya Osiyo qismining atlasi‖ ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |