Маркшейдерлик иши ва геодезия



Download 0,97 Mb.
bet1/15
Sana01.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#723402
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kartografiyani, geoinformatikani va aerokosmik metodlarni o`zaro (2)


“Маркшейдерлик иши ва геодезия” кафедраси
«Тасдиқлайман» кафедра мудири:



доц. Казаков А.Н.



« »
2022 г.




Фан: Карташунослик
Карташунослик фанидан Курс иши


гурух
1S-20 ГКК
Талаба
Рахбар Шам сиев а Н. М.


Курс иши мавзуси:
Т О П Ш И Р И Қ (вариант- )









Бошланғич маълумотлар: Карташуносликдан маърузалар тўплами ва амалиёт бўйича ҳисобот материаллари



Қўлланмалар:
К урс иш и ёзиш учун услубий -курсат м а.
1. Мирзалиев Т., Сафаров Э.Ю., Эгамбердиев А., Корабоев Ж.С. Карташунослик. Дарслик Тошкент.: Чўлпон номидаги нашриёт матбаа ижодий уйи, 2012. 240 б
2. Берлянт А.М. Картография. М.: Аспект-Пресс, 2002.336 с
3. Judith A. Tyner. Principles of map design. UK, USA, The guilford press, 2010
4. Мирзалиев Т. Картография. Фан нашриёти 2004й.
Матн қисм: К ириш, асосий қисм, хулоса, адабиёт лар , илов алар.
График қисмининг тузилиши: К арт алар, планлар, схем алар в а ж адв аллар


Қўшимча машғулотлар ва кўрсатмалар


Курс ишини топшириш муддати



Бажариш бўлимлари

1

2

3

ҳимоя

План

08.04

14.04

19.04

22.04.2022

Факт













Курс иши раҳбари Шамсиева Н.М.
Тошкент 2022

Mavzu: Kartografiyani, geoinformatikani va aerokosmik metodlarni o`zaro harakati “birgalikda faoliyati”


MUNDARIJA
Kirish: ASOSIY QISM………………………………………………………. 4
I BOB
(Mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi…………………………………….4

    1. Kartografiya va geoinformatika tushunchalari………..……………………7




    1. Geodeziyaning topografik plan olish nazariyasi va praktikasi bilan bog’liqligi…………………………………………………………………………..9

    2. Qadimiy va tarixiy Kartografiya va geoinformatika, yerning yumaloqliginining o’lchash ishlariga bo’lgan ta’siri ………………..………..11

    3. Mahalliy o’lchovlarda plan olish shahobchalarini hosil qilish…………...18



II BOB

    1. Ishning asosiy hisob kitob qismi.…………………………..………….…….22




    1. Direksion burchaklarni hisoblash…….…………………………….………24

    2. Koordinata orttirmalarini hisoblash….…….……………………..……….26



III BOB

    1. Aerokosmik usullarning geologik xaritalashda qo’llashning ahamiyati …28

    2. Aerokosmik metodlarning eng zamonaviy turlari………………………...30

    1. Geografik tadqiqotlarda aerokosmik xaritalash………………………….34 3.4Kartografiyada kosmosdan olingan tasvirlardan foydalanish…………….46 Xulosa…………………………………………………………….………………..48 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………. 49

Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Kurs ishi Mavzusining dolzarbligi doirasida quyidagilar belgilanadi:

      • kishilarning kundalik hayoti va faoliyatida, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida, turli geografik tadqiqotlarda kartalarning o’rni alohida bo’lib yer yuzasidagi voqea va hodisalarning hududiy tarqalishi kartalarda ko’rgazmali tarzda tasvirlanishi o’rganiladi;

      • geografik adabiyotlarda yer yuzasidagi voqea va hodisalar so’z bilan ifodalansa, geografik kartalarda maxsus belgi-modellar yordamida chizma usullarida tasvirlanishiga e’tibor qaratiladi;

      • geografik kartalarning asosini topografik kartalar tashkil qilishi, biror hududning geografik kartasini tuzish uchun, o’sha hududning topografik plani va kartasining tuzilishi belgilanadi;

      • joyning topografik kartasini tuzish uchun kartaning negizi hisoblangan geodezik asos bo’lishi, bu orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o’lchamlari aniqlanadi, so’ngra topografik kartaning asosi yaratilishi, geodezik asosning yuzaga kelishi mazmun jihatidan o’rganiladi.

Ushbu kurs ishining maqsadi: Mamlakatimizda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda planli-kartografik mahsulotlar katta ahamiyatga ega bo’lib, yer tuzish tashkilotlari yerdan oqilona foydalanish masalalarini yechishda ulardan keng foydalanadi. Barcha yer toifalarining doimiy hisobini olib borish, yer tuzish lo- yihalarini ishlab chiqish, yerdan foydalanish hamda almashlab ekish dalalari chegaralarini belgilash, aholi turar joylari, yo’llar, sug’orish tarmoqlari va boshqalarni joylashtirishda plan hamda kartalar asos bo’lib xizmat qiladi. Yerlarni sug’orish va ularning zaxini qochirish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini va boshqa shu kabi masalalarni planli-kartografik hujjatlar yordamida amalga oshiriladi. Agrotexnik qoidalarga oid ko’p masalalarni yechish uchun ham tuproq, relef, o’simlik qoplami, suv havzalari tasvirlangan planli-kartografik hujjatlar bo’lishi lozim. Planli-kartografik hujjatlar mamlakat mudofaasi uchun ham zarur.
Shuning uchun geodeziya fanini chuqurroq o’rganish natijasida oliy, amaliy va
kosmik geodeziya kabi sohalar muhim ahamiyatga ega. Yerning shakli va o’lchamlarini aniqlash, geodeziya tayanch tarmoqlarini qurish hamda uning katta qismida bajariladigan yuqori aniqlikdagi geodezik ishlarni amalga oshirishda, yer- ning ichki kuchi ta’sirida yer po’stining siljishini o’rganish va boshqa shu kabi yuqori aniqlikda bajarish talab qilinadigan geodezik ishlar oliy geodeziyaning o’rganish vazifasiga kiradi. Amaliy geodeziyada turli injenerlik inshootlar o’rnini qidirish, loyihalash, joyga ko’chirish, ularni qurish jarayonida geodezik o’lchashlar bilan ta’minlash, bino hamda inshootlar deformatsiyasini o’lchash va boshqa shu kabi ishlar amaliy jihatdan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Kosmik geodeziya — oliy geodeziyaga doir ilmiy masalalarni Yer suniy yo’ldoshlarini, Oy, planetalar va turli kosmik uchish apparatlarini kuzatish orqali yechish yo’llarini o’rganadi.
Ushbu kurs ishining vazifasi: Ushbu kurs ishining asosiy vazifalaridan biri sifatida Hozirgi zamon geodezik texnikalaridan foydalanib, har xil murakkab geodezik ishlarni bajarish yo’lga qo’yilmoqda. Berilgan yer bir qismining planini va kartasini tuzishda Yerning suniy yo’ldoshi yordamida yer nuqtalari koordinatalarini tez va kam mehnat sarflab aniqlash, topografik s’yomka natijalarini maxsus kartaga yozib olib, kompyuterda ishlab chiqish va joyning elektron kartasi yoki joyning raqamli modelini tuzish texnologiyasi keng qo’llanilmoqda. Geodeziya fani – geografiya, astranomiya, topografiya va kartografiya, geofizika va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan.
Asosiy ta’rif va tushunchalar: Kartografiya, Fazoviy: geografik va geodezik koordinata tizimlari. tekislikdagi yassi koordinata tizimlari. Joydagi nuqtalar balandliklari. Xalqaro koordinata va balandlik tizimlari. Karta va plan tushunchasi. Kartalar klassifikasiyasi. Raqamli karta va planlar. Joyni raqamli modeli Masshtablar: Sonli masshtab va natural masshtab. Masshtab asosi. Masshtab aniqligi. Chiziqli masshtab va ko‘ndalang masshtab, ularning aniqligi.asosida plan tuzish.
    1. Kartografiya va geoinformatika tushunchalari




Yer quruqlik qismining tabiiy yuzasi turli relef shakllaridan (tog’, tepaliklar, vodiylar, tekisliklar) va gidrografik elementlardan (okean, dengiz- ko’l va daryolardan) tashkil topgan. Bulardan tashqari tuproq, o’simlik va u insonning faoliyati natijasida vujudga kelgan aholi yashaydigan joylar (qishloqlar va shaharlar) hamda aloqa yo’llar mavjud.
Yerning yuzasi topografik yuza deb unda joylashgan barcha ob’ektlar esa topografik elementlar deb yuritiladi. Topografik elementlar qog’ozda tekis yuzada tasvirlanadi. Biz o’rganadigan Er yuzasining geometrik shakli nihoyatda murakkabdir. Shu sababli er yuzasining plan va kartasini tuzish uchun, dastlab, er yuzasidagi o’lchash ishlarining natijalari shartli qabul qilingan oddiy geometrik yuzaga tushurilgan deb faraz qilinadi. Geodeziyada bunday geometrik yuzaga tushurilgan sathiy yuzaning har bir nuqtasidan Yer markaziga to’g’ri chiziqlar tushurish mumkin. Bu chiziqlar yo’nalishi shavun yo’nalishiga to’g’ri keladi. Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza o’tkazish mumkin.
Agar tinch turgan okean suvi sathini barcha materiklar ostidan davom ettirsak, erning sathiy yuzalaridan biri hosil bo’ladi.
Bu yuzaga Geoid (grekcha bo’lib yerning ko’rinishi demakdir) sathi deb nom berilgan. Geoid sathini yerning asosiy sathiy yuzasi deb qabul qilingan.
Yerning shakli deganda, uning quruqlik qismidagi pastliklar, balandliklar, tog’liklar e’tiborga olinmaydi, chunki Er yuzasini ko’p qismini (71%)
okean va dengizlar, ozroq qismini (29%) quruqlik tashkil qiladi. Bundan tashqari quruqlikning okean sathidan, o’rtacha balandligi atigi 875 m; bu esa Erning umumiy kattaligiga nisbatan nihoyatda kichikdir.
Yerning shakli deganda, uning tabiiy ya’ni topografik yuzasi emas, balki nazariy yuzasi tushuniladi.
Geodeziya yerning shakli va kattaligini o’rganishda, yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o’rnini aniqlashda, yer yuzining karta, plan va profillarini barpo qilishda hamda injenerlik inshoatlarini barpo qilishda bajariladigan o’lchashlar nazariyasi va amaliyoti xaqidagi fandir.
Yer yuzida bajariladigan geodezik o’lchashlar xilma-xil bo’lib, unda asosan yer yuzining quyidagi elermerntlari:

  1. Yer yuzidagi chiziqlar uzunligi,




  1. Chiziqlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar,




  1. Yer yuzidagi nuqtalarning boshlangich nuqta deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan balandligi o’lchanadi. Bu o’lchashlarda xilma-xil geodezik asboblar ishlatiladi.

Geodezik o’lchashlardan foydalanib erning shakli va kattaligi aniqlaniladi.
«Geodeziya» grerkcha suz bulib, geo-Yer, daizo-bo’lish dermakdir. Geodezik o’lchashlar nafaqat yer yuzida, balki yer bag’rida, derngiz satxida va fazoda ham olib boriladi.
Yerning shakli va kattaligini aniqlash, geodezik tayaanch shaxobchalarini barpo qilish «Oliy Geodeziya»ning vazifasidir.
Yer sun'iy yo’ldoshlari va kosmik kermalar uchirilishi natijasida Geodeziya erning shakli va kattaligini aniqlashda yangi soxaga, ya'ni «kosmik Geodeziya» derb yuritiladigan soxasi vujudga kerdi.
Geodeziyaning masofalarni o’lchashda radioelerktronika mertodlari bilan shug’ullanadigan tarmogi «RadioGeodeziya» deb yuritiladi.
Geodeziyaning shaxta, tunnel, metro va boshqa yer osti inshooatlarini qurishda er bag’rida o’lchash ishlarini bajarish bilan shug’ullanadigan soxasi
«maksheryderiya» derb yuritiladi. «Marksheryderiya» Geodeziyaning tog’ fani va texnikasida qo’llanilishidir.
Mamlakatimiz teritoriyasida turli injenerlik qidiruv ishlari olib borilishi va xilma-xil injenerlik inshootlari qurilishi natijasida Geodeziyaning yana bir tarmogi
«injenerlik» Geodeziyasi vujudga kerldi.

Asosiy geodezik ishlar natijasi yer po’stlog’ining harakati, materiklarning siljib okean va dengizlar satxining bir-biridan farqi kabi masalalarni o’rganishga imkon beradi.


Geodeziyaning asosiy amaliy vazifalaridan biri yer yuzining topografik karta, plan va profillarni tuzishdir.
Topografik karta, plan va profillarni tuzish uchun bajariladigan geodezik ishlar yig’indisi plan olish deyiladi.

    1. Download 0,97 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish