Nazorat va mulohaza uchun savollar.
1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?
3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?
4. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
5. Makro va mikro marketing nima?
6. Marketing qanday tizimni ifodalaydi?
a) ishlab chiqarish
b) sotish
v) ishlab chiqarish - sotish
g) ayirboshlash
d) ishlab chiqarish – iste’mol
Marketing mikromuhitini omillariga nimalar kiradi?
a) demografik omillar
b) firma, mijozlar, muloqotdagi auditoriya, raqobatchilar, marketing vositachilari, ta’minotchilar
v) muloqotdagi auditori, ta’minotchilar
g) siyosiy omillar
d) ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, korxona
Makromuhitning asosiy omillariga nimalar kiradi?
a) iqtisodiy sharoitlar
b) demografik ma’lumotlar
v) siyosiy omillar
g) iste’molchilar
d) iqtisodiyot, ta’minotchilar, demografik omillar, siyosiy omillar, iste’molchilar, raqobatchilar, hukumat, texnologiya
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o’z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
Marketing dasturini strategik yo’nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini bog’ligiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin.
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar.
Qamrab olayoigan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funktsiyalarni savollarini yechishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Ob’ektiga bog’ligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo’yicha va ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul qilish;
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish;
ishlab chiqarishni ustivor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. SHunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini jami ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko’p variantli hisob-kitobini o’tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Maqsadli dastur yondoshishi – marketing dasturining
Do'stlaringiz bilan baham: |