Marketing va uning konsepsiyalari mohiyati. Marketing


Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi



Download 54,68 Kb.
bet7/9
Sana16.03.2022
Hajmi54,68 Kb.
#493941
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O.Margoziyev

2.Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi. Iste’molchilarni o‘rganish, ular xohish, ehtiyojlarini, zaruratini, sotib olish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida yangi tovarlar, o‘rinbosar tovarlar, innovatsion tovarlar ishlab chiqarish bu konsepsiyaning asosiy maqsadidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning kuchayishi firma va kompaniyalarni shu konsepsiyaga asoslanishlarini taqozo etadi. Bu konsepsiya juda ko‘p hollarda yaxshi natijalar keltirsada, ba’zi hollarda kutilgan natijaga erishmaslik hollari ham uchrashi mumkin. Yangi tovarning afzalligi, narxi, uning naflilik darajasi, ilgarigi tovardan farq qiluvchi xususiyatlari iste’molchini qoniqtirishi zarur.
Iste’molchilar yuqori ekspluatatsiya xossalariga ega bo‘lgan yuqori sifatli tovarlarga moyilligini ta’kidlaydi, demak, tashkilot o‘z energiyasini tovarni doimiy mukammal quvvatlashtirishga qaratishi zarur bo‘ladi. Shu bilan “marketing shabko‘rligi”dan qochish uchun ushbu mahsulot iste’molchilarga shu holicha kerak emas, o‘z muammolarini qandaydir mahsulot yordamida hal qilish uchun kerakligini hamisha yodda tutish shart. Mukammallashtirilgan mahsulot iste’molchilar uchun avvalgilariga nisbatan katta iste’mol qiymatini (iste’molchining tovar sotib olish xarajatiga nisabatan foydasi) berishi kerak.
Bozorning rivojlanishining navbatdagi bosqichida (50-60-yillar), ya’ni talab va taklif nisbatan teng bo‘lganda, xaridorlar talab qiladigan tovarlar bozorda doimo sotila boshlaydi, korxonani boshqarishda savdoga doir yondashuv amalga oshadi. Bu davrda marketing savdo ustidan g‘olib keladi.
Sotuvchining vazifasiga raqobatchilarni emas, aynan xaridorlarni tovarlarni sotib olish uchun qator rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish kiradi. Buning uchun sotuvchi o‘z mahsulotlarini reklama qilish, uning savdosini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha xarajatlar qilishi kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda agar savdo va rag‘batlantirish sohasida sezilarli harakatlar amalga oshirilmasa, xaridorlar korxonaning mahsulotlarini yetarli miqdorda sotib olmaydilar, degan tasdiqqa asoslanadigan tijorat kuchlarini intensifikatsiyalash (jadallashtirish) boshqaruv konsepsiyasi (savdo konsepsiyasi) yo‘nalishi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ko‘plab firmalar mahsulotlarini o‘tkazishda qiyinchilikka uchragach, ushbu konsepsiyaga moslasha boshlaydilar, ularda qayta ishlab chiqarish belgilari paydo bo‘ladi. Shuning uchun bunday marketing agressiv (tajavvuzkor) marketing nomini olgan. Savdoda muammolarga uchragan kompaniyalarning maqsadi – jamiyat ehtiyojmand bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, avval ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bo‘lib qoladi.
Tijorat ishlarini intensivlashtirish yoki sotuv konsepsiyasining asosiy maqsadi - firma ishlab chiqargan mahsulotlarni samarali sotishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlardan iborat.
Marketingning sotuvni rag‘batlantirish, reklama, targ‘ibot, turli aksiyalar e’lon qilish orqali iste’molchilarni o‘ziga jalb etish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni samarali sotish - konsepsiyaning falsafasidir. Har bir xaridor firmaning mijoziga aylanishi uchun marketologlar ulardan so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tovar haqidagi fikrlarini, tovar bahosini, ularni qoniqtirishi yoki narxning yuqoriligi haqida fikrlarini inobatga olgan holda firma keyingi faoliyatini rejalashtiradilar. Ko‘p hollarda bozorni o‘rganmay mahsulot ishlab chiqargan firma bozorda to‘yinish hosil bo‘lgan tovarni ishlab chiqargani uchun sotishda qiynalib, mazkur konsepsiyani qo‘llashi kerak.
F. Kotler bu konsepsiya samarasini quyidagicha asoslaydi:
Xaridorlar o‘z manfaatlarini himoyalanishini biladilar.
Xariddan qoniqmagan xaridorlar tezda bu hissiyotni unutadilar.
Bunday xaridorlar o‘z fikrlarini boshqa xaridorlar bilan bo‘lishmaydi.
Xariddan qoniqmagan xaridor jamoat tashkilotlariga, masalan, iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi qo‘mitaga shikoyat bilan murojaat qilmaydi, chunki chegirma bilan tovarni sotib oladi va h.k.
Chegirmalar va aksiyalar davrida juda ko‘p potensial xaridorlar firma mahsuloti xaridoriga aylanadilar.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya firma tomonidan iste’molchilar xohishi – talabi inobatga olinmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga yo‘naltirilganligi uchun uning hayotiylik davri uzoq emas.

Download 54,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish