Agrar munosabatlar islohoti. Ilmiy adabiyotlar va keng doiralarda ko'proq agrar sektor deb ataluvchi qishloq xo'jaligi 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i hisoblanadi. 2000- yilda unga mamlakat yalpi ichki mahsulotlarining 30 foizi, respublika aholisining 63 foizi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ish bilan band boiganlarning 35 foizga yaqini to'g'ri keldi. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishining paxta tozalash, to'qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi kabi bir qator tarmoqlarning iqtisodiy ahvoli va istiqbollari ham hal qiluvchi darajada qishloq xo'jaligi bilan bevosita bog'liq. Qolaversa, agrar sektor mamlakatimizdagi ijtimoiyiqtisodiy barqarorlikning ham muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan agrar munosabatlarni tubdan 0‘zgartirish, ya'ni isloh qilish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishi deb tan olingan. Islohotlarning birinchi bosqichida asosiy boyligimiz bo'lgan yerga munosabatni o'zgartirish yetakchi yo'nalish hisoblandi. Chunki 0 ‘zbekiston xalqining farovonligi, turmush darajasi va kelajagi ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarini ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimiga qay darajada mosligiga bog'liq. Rejali iqtisodiyot tizimi hukmronlik qilgan davrda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini boshqarish tizimi haddan tashqari markazlashib ketgan va xo'jalik yuritish usullari zamon talablariga mutlaqo javob bera olmay qolgan edi. Qishloq xo'jaligida amalda ikkita—davlat va nodavlat sektorlari mavjud bo‘lib, ularning birinchisiga sovxozlar va ikkinchisiga kolxozlar (jamoa xo'jaligi deb ataluvchi korxonalar) kirar edi. Lekin aslini olganda, nodavlat sektorni boshqarishda ham davlatning ishtiroki talaygina edi, desak xato bo'lmaydi. 1991 -yilda barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 37 foizi davlat sektoriga va qolgan qismi nodavlat sektoriga to‘g‘ri kelar edi. Eng achinarli ahvol shundan iborat ediki, xalqning asosiy boyligi bo'lgan yerning bir qismi davlat mulki va ikkinchi qismi kolxozkooperativ mulki hisoblanar va pirovard natijada yerdan bevosita foydalanuvchi dehqonlar uning haqiqiy egasi emas edi. Shu sababli qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurish va ularni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarur edi. Buning uchun, birinchi navbatda, qishloq xo'jaligida tarkib topgan sovxozlar va kolxozlarni mulkchilikning boshqa (xususiy) shakllariga asoslangan xo'jaliklarga aylantirish dasturi amalga oshirildi. Ishlab chiqilgan tamoyillarga binoan islohotlarning dastlabki davrida davlat xo'jaliklarini jamoa (shirkat), kooperativ, aksiyadorlik jamiyatlari va xususiy mulkchilikning boshqa shakllariga o'tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Islohotlarning keyingi bosqichida respublika hukumatining tegishli qarori asosida qishloq xo‘jalik korxonalarini shirkat va fermer xo'jaliklariga aylantirish ishlari avj oldirildi. 2001-yilning birinchi choragida shirkatlar soni 1800 tadan, fermer xo‘jaliklarining soni 47 mingdan oshdi. Shu vaqtga kelib 1,8 mln. dehqon xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkaziIdi. Dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlari o'rtacha bir xo‘jalikka 0,16 ga. ni tashkil etgan bo‘lsa, fermer xo'jaliklariga ajratilgan yer o'rtacha bir xo‘jalikka 20,2 gektarga to‘g‘ri keldi. Agrar sektorda xo'jalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik munosabatlaridagi o‘zgarishlar pirovard natijada bu yerda ijobiy siljishlarga olib keldi. Eng muhimi, don mahsulotlari yetkazish 2 barobardan oshdi, shu jumladan, bug‘doy 6 barobar ko'paydi va natijada respublikaning don mustaqilligiga erishildi. 0 ‘tgan yillar tajribasi 0 ‘zbekiston Respublikasining „Yer kodeksi“ga binoan, uzoq muddatli shaxsiy ijaraga asoslangan fermerxo‘jaliklari qishloqda xo‘jalik yuritishning istiqbolii shakli ekanini tasdiqladi. Shu munosabat 0 ‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining „2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida“gi Farmoniga muvofiq 2004—2006-yillar mobaynida 1022 ta zarar bilan ishlovchi, past rentabelli shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yerni chinakam egasiga topshirish orqali uning yerga bo'lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish va pirovard natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu degani kamroq sarf-xarajatlar hisobiga ko'proq mahsulotlaryetkazishdir. Rivojlangan mamlakatlarda ishga yaroqli aholining 4—5 foizigina qishloq xo‘jaligida mehnat qilsa, bizda hanuzgacha bu ko‘rsatkich 40 foizdan yuqorini tashkil qiladi. Bundan chiqadigan xulosa shundan iboratki, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarish samaradorligini keskin oshirish yaqin kelajakda davlat iqtisodiy siyosatining muhim va ustuvor yo'nalishi bo‘lib qolaveradi. Biz bu yerda „yaqin kelajak" iborasini ishlatdik. Shuning uchun 0‘quvchida. Bu ishlami kelajakka qoldirmay, tezroq hal qilish mumkin emasmi?“ degan savol tug'ilishi tabiiy. Masalaning mohiyati shundaki, iqtisodiyot uchun ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan qishloq xo'jaligida davlatning tutgan o‘rni ham katta. Jumladan, davlat qishloq xo'jalik mahsulotlariga buyurtmalar beradi, shu bilan birqatorda uni moddiytexnik resurslar, ya'ni o‘g‘itlar, kimyoviy moddalar, urug', mashina va uskunalar bilan ta'minlash va suv xo'jaligini moliyalashtirishda yordam beradi. Agrar sektorni qo'llab-quwatlash maqsadida davlat unga kreditlar berish va soliq undirishda turli imtiyozlar yaratadi. Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda qishloq xo'jaligi davlatning aralashuvi va yordamisiz bozor munosabatlariga mos tarzda rivojlana olmaydi. Demak, bozor munosabatlarini to‘la-to‘kis joriy etish, tovar ishlab chiqamvchilarning o‘z tovarlarini ixtiyoriy ravishda erkin sotishi va olingan foydani mustaqil tasarruf etishlariga erishish qishloq xo'jaligida birdaniga va tezda hal qilinishi murakkab bo'lgan vazifadir. Shuning uchun ham biz yuqorida „yaqin kelajak“ iborasini ishlatdik. Agrar munosabatlarni yangilash va ularni bozor munosabatlariga moslashtirish pirovard natijada mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘z mulkiga xo'jayinlik hissini mustahkamlashi lozim. Buning uchun xo'jalik yuritishga oid qonunlaming so‘zsiz bajarilishiga erishish, ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish, islohotlar yo'lidagi ijtimoiy-iqtisodiy to‘siqlarni bartaraf etish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda boshqaruvning barcha bo‘g‘inlaridagi rahbar xodimlarning iqtisodiy savodxonligini oshirish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |