Marketing va menejment


Iste’mol - ehtiyojlami qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi jarayoni. Ehtiyoj



Download 64,96 Kb.
bet2/10
Sana07.11.2022
Hajmi64,96 Kb.
#861649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
madina

Iste’mol - ehtiyojlami qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan
zarurat.
Moddiy ehtiyoj - moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar vositasida
qondiriluvchi zarurat.
Ma’naviy ehtiyoj - insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan
nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni - ehtiyojlaming turlari kengayib, miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi.
Iqtisodiy resurslar - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va
imkoniyatlar majmui.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar
cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish
maqsadida hayotiy ne’matlari (va xizmatlari) ishlab chiqarish,
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish
qonun-qoidalarini o‘rganish.
Iqtisodiy qonun - iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy
hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi barqaror takrorlanib turadigan muhim
ichki sabab-oqibat aloqalari, ulaming o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy kategoriya - barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy
jarayonlar va real hodisalaming ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat - ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun qoidalari va aniq hadislari.
Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin
bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalari fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tibomizni qaratamiz.
Hadisi sharifda aytilishicha, savobli ishlar orasida ilm -m a’rifat tarqatish muhim o'rin tutadi. Bunga bilim manbayi hisoblangan kitoblarni yozib chop etish ham kiradi. Mustaqillik sharofati bilan ko‘plab milliy darsliklar va o ‘quv qo'llanmalari chop etildiki, bular yosh mutaxassislarni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asoslangan holda va hozirgi zamon talablari darajasida tayyorlashga xizmat qiladi. Mana shunday ijobiy siljishlar iqtisodiyot fanlariga ham xosdir. Mana shu fanlarning karvonboshisi hisoblangan «Iqtisodiyot nazariyasi»ga bag‘ishlangan darslik va q o ‘llanmalarning chop etilishi ham e ’tiborga loyiq voqea bo'ldi. Biroq oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan ommaviy darsliklarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Keyingi paytda bir qator o'quv qo'llanmalar chop etildiki, bular iqtisodiy ta ’limga xizmat qilib kelmoqda. Lekin yangi darslikJarni ham yaratish lozim. Shuni nazarda tutib mazkur darslikni chop etishga jazm etildi. «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o'qitish tajribasidan shu narsa ayonki, bu fan 3 xil darajada o'qitiladi. Birinchisi, boshlang'ich kurs bo'lib, bu akademik litsey va kollejlarda, ikkinchisi asosiy kurs bo'lib, bu oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlashda o'qitiladi. Uchinchisi kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan kurs bo'lib, bu magistrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur darslik bakalavrlarga mo'ljallangan asosiy kurs tarzida yozildi. Bo'lg'usi niutaxassis kasb-korining qanday bo'lishidan qat’iy nazar u o'z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishi, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi talab qilinadi. Bu ishda «Iqtisodiyot nazariyasi» qo'l kelishiga shubha yo'q. Ko'pgina olimlar va mutaxassislar XXI asr iqtisodiyotida jiddiy o'zgarishlar yuz berib, u yangi qiyofaga kirishini qayd etmoqdalar. Yangilangan iqtisodiyot sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz berayotgan o'zgarishlarni anglab, ularga moslasha borish kerak bo'ladi, buning uchun esa «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan fundamental bilimlarni egallab olishga to'g'ri keladi. Mazkur darslikni tayyorlashda aytilgan zaruratdan kelib chiqqan holda nazariyadagi yangi g'oyalar, bu fanni o'qitishda to'plangan tajriba, amaldagi darslik va qo'llanmalarning yutuqlar va nuqsonlari inobatga olindi. Darslikni tayyorlashda bir qator tamoyillarga tayanildi. - talabalarga bimladigan iqtisodiyotgi oid nazariy bilimlar qabul qilingan standartlar talabi Ли raj isida bo'lishi zarur; - iqtisodiyot fani crishgan yangiliklar bakalavrlarga mo'ljallangan kurs chegarasida o'z aksini topish kerak; - o'qitishning ilmiyligi, nazariy qonun-qoidalar bayonining soddaligi bilan birga bo'lishi zarur; - nazariy bilimlar real iqtisodiy hayot bilan bog'lanishi, iqtisodiyotga taalluqli ma’lumotlar bilan boyitilishi talab qilinadi. Aytilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda darslikning tarkibiy tuzilishi belgilandi, unda boshqa darsliklarda ko'zda tutilmagan mavzular ham o'rin oldi, ayrim mavzular nomi boshqacharoq bayon etildi, nazariy tushunchalarni aniq ta’riflashga harakat qilindi. Har bir bobda ixcham xulosalar va tayanch tushunchalar, shuningdek, turli rasmlar, chizmalar va jadvallar keltirildi. Darslikda talabalar mustaqil ishlab qo'shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib birqator nazariy masalalar kengroq yoritildi, ulardan ayrimlari alohida boblarda bayon etiladi. Bilim standartlari doirasida bir necha darsliklar amal qilishi mumkin, bular tarkibiy tuzilishi va bayon etish usuli jihatidan farqlanadi, albatta. Shundan kelib chiqib bu kitob muqobil darslik sifatida qayta chop etildi, toki buni boshqa darslik va qo'llanmalarga qiyoslagan holda ulardan birini talabalar tanlab olishlari mumkin. Mazkur darslik talabalar iqtisodiy bilimi va m a’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz. Darslikning qayta nashri yuzasidan bildiriladigan tanqidiy fikr-mulohazalar, albatta, inobatga olinadi.



Download 64,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish