2. Bozor imkoniyatlarini urganish.
Bozor o’zgarmas emas va doimo uni urganishi, savdo imkoniyatlari masalasi bo’yicha ma’lumotlarni taxlil etishni talab kiladi. Bozorni urganish maksadni belgilash va izlanish rejasini to’zishdan belgilanadi. Undan keyin bir necha yil davomida maxsulot sotish natijalari taxlil qilinib, xato va noaniqliklar aniqlanadi, marketing bo’yicha mutaxassislar fikri o’rganiladi. Axborot turli manbaalar: matbuot, reklama, telefon orqali, surov anketalari tarkatish va yigish vositasida yigiladi. Anketa surovi intervyu olish yoki telefon orqali surov utkazish bilan tuldirilishi mumkin. Bozorda mavjud vaziyatni bilgan xolda korxonada ishlab chiqarish va ta’minlov - savdo faoliyatini rivojlantirish bo’yicha tavisiyalar ishlab chiqish mumkin.
Korxonalar davriy ravishda (yiliga bir necha marta) bozordagi o’z xolatini anklash lozim. Bozor potensial sigimi deganda ma’lum vaqt davomida amalga oshirish mumkin bo’lgan savdo xajmi tushuniladi. O’zok istikbol uchun rejalar 15-2g yilni, urta mudatli 5 yil, kiska muddatli 1-2 yilga muljallangan bo’ladi.
Bozor yangi maxsulot chiqarishda bozor sigimini aniqlash muxim ahamiyatiiyatga ega. Bozor sigimi va konyuqturasini urganish bilan korxonadan tashqari yoki uning tapshirigi bilan boshqa xo’jalik xisobida ishlovchi tashkilot (QITI, marketing izlanuvlari bo’yicha shirkat) shug’ullanishi mumkin. Xo’jalik xisobi asosida ishlovchi pulli axborot-maslaxat beruvchi bunday tashkilotlar barmogini tashkil etish maksadida muvofiqdir. Bu tashkilotlar urtasida rakobat munosabatlari bo’lishi xam muximdir.
Bozorni urganish bo’yicha tadkikotlar olib borish ko’p mablag talab etadi, shu sababli mavjud axborot manbaalaridan iloji boricha keng foydalanish lozim. Tadkikot davomida barqaror qonun va qonuniyatlarni aniqlash muximdir. Bozor sigimini urganish bo’yicha marqting izlanishlarini olib borishda rakobatchilar faoliyatini, reklama, savdo siyosatini, tovarlar assortimentini, texnik xizmati, bo’limlartashkiliy tuzilishini taxlil etishni unutmaslik kerak. Bozor bu orzu emas, balki kat’iy, ba’zan shavkatsiz, xayolni tan olmaydigan, uylanib kadam bosish lozim bo’lgan xaqiqatdir.
Bozor korxonalarni demopollashtirish, kat’iy rakobat kurashi, korxonaning butun xo’jalik mexanizmini qayta tashkil etishni, ilg’or texnologiyani joriy qilish, loyixa-konstruktor mutaxassislarning malakasi yuqori bo’lishiga, marketing bo’yicha tajribaga ega bo’lish va boshqalarni ko’zda tutadi. Juda ilg’or g’oya va tajriba konstruktorlik loyixalari mavjud bo’lsa xam, zamonaviy taxnologiyasiz jaxon bozori talablariga javob beruvi maxsulot ishlab chiqarib bulaydi. Yangi texnologiya sotib olish uchun valyuta ishlab topish kerak. Umumiy xolda bozorni egallash strategiyasi kuidagicha bo’ladi:
Qator tadbirlarni amalga oshirish xisobiga dastlabki jamgarish (maksadni aniqlash, tashkiliy tarkibni takomillashtirish, qadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab chiqarish intizomini kuchaytirish, mexnat va moddiy xarajatlarni kiskartirish va x.k.).
Yangi texnologiyalarni, imkoni bo’lsa kushma korxona to’zish yo’li bilan sotib olish.
Iqtidorli menejer va konstruktorlarni jalb etish yo’li bilan yangi, yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarish.
Xalqaro talabga javob beruvchi maxsulot ishlab chiqarish va uni jaxon xamda ichki bozorga olib chiqish.
Korxonani ulgurji savdo bilan shug’ullana oluvchi yuqori samarali xo’jalikka aylantirish.
Bozorni egallash strategiyasi asosiy maksadga erishishni oliy sifatli maxsulot yetishtirish, korxonada ishlovchilar turmush farovonligini oshirish, belgilangan ijtimoiy dasturlarni bajarishini ta’minlashdan iborat. Belgilangan tadbirlar muvaffaqiyatli bajarilishi mexnat jamoasining xar bir a’zosi ishning oxirgi natijasidagi manfaatdor bo’lishiga bog’liqdir. Jamoa moddiy manfaatdorligi ijtimoiy faolligi va javobgarlik xissini oshirishi zarur. Bunga erishish uchun egalariga yiliga 1g-15% foyda keltiruvchi aksiyalar chiqarish kerak.
Bozor imkoniyatlrini aniqlash va baxolash odatda ko’plab yangi g’oyalarni vujudga keltiradi. Asosiy vazifa-ularning eng yaxshi, korxona maksadlariga to’g’ri keluvchilarini ajratishdan iborat. Masalan, korxona bozor imkoniyatlariga baxo berish natijasida, eng kizikarlisi - «bolalar velosipedi» bozori ekanligini aniqladi. Raxbariyat bolalar velosipedini ishlab chiqariluvchi maxsulotlar ruyxatiga kiritish korxona maksadiga xam, resurslariga xam to’g’ri keladi deb xisoblashi mumkin. Bunday turdagi tovar mavjud marketing doirasiga to’g’ri keladi. Lekin korxona bolalar velosipedi bozori vakillari bilan yaxshi ishlay olishi, iste’molchilar bilan yaxshi aloqa o’rnata olish, rakobatchi korxonalar ishlab chiqargan velosipeddan xaridorgir velosiped ishlab chiqara olishiga ishonishi kerak. Bunday imkoniyatning xar birini bozor xajmi va xususiti nuqtai nazaridan urganish zarur. Bu jarayon to’rtta bosqichdan iborat: talabni ulchash va prognoz qilish, bozorni segmentlarga ajratish, bozorning maksadli segmentlarini ajratish, tovarning bozordagi urnini aniqlash. Korxona bozor kulamini baxolash maksadida unda sotiluvchi bolalar velosipedini aniqlab xar bir model sotilish xajmiga baxo beradilar. Korxona bozorni egallamoqchi bo’lsa bolalar velosipedi bozorining istikboldagi xajmini bilish xam muximdir.
Bozorni segmentlarga ajratish - bu iste’molchilarni extiyojlar, xususiyatlari, xulqidagi farklariga asosan guruxlarga bo’lishdir. Narxiga qaramay eng yaxshi velosipedlarni stib oluvchi xaridorlar bir vegmentni tashkil etadi. Birinchi xolda narxga e’tibor beruvchilar boshqa segmentni tashkil etadi. Bozorning xar bir segmentini, ularga xos xususiyatlarini urganish asosida tasvirlash ularning xar birini marketing imkoniyatlari nuqtai nazaridan korxona uchun kizikarli ekanligini baxolash zarur. Korxona bir bozorning bir yoki bir necha segmentiga chiqishga qaror qilishi mumkin. Xaridorlar negabir tovarni xarid qilishini yaxshiroq tushunishi uchun tovarlarning asosiy xususiyatlarini solishtirishi kerak. Solishtirish natijalarini tovarlarni pozisiyalash sxemasi tarzida keltirish mumkin.
Shunday qilib bozor strategiyasini ishlab chiqish tovar ishlab chiqarish uchun muximdir. Ko’pchilik AKSH kompaniyalarini tadkik qilish bo’yicha ma’lumotlar u yoki bu tovarga talab shakllanishi va uni iste’molchiga yetkazib berish amsalasi ishlab chiqarsh va texnologiyasidan muximrok ekanligini namoyon kiladi. ularning fikriga kura, yangi tovarni ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasi masalalarini xal etish ularni bozorda sota olish masalalariga nisbatan ancha oson.
Iqtisodiy amaliyotda marketing nazaryasidan ijodiy foydalanish korxona xo’jalik muxanizmini am xarajat tizimlar tomoniga ogishtirish, ishlab chiqarishn boshqarishni iste’molchilar va jamiyat xayotiy manfaatlariga bog’lashni ta’minlab berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |