"Marketing – tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslarning ham, guruhlarning ham ehtiyoj va talablarini qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir”. Marketing bo‘yicha taniqli mutaxassis F. Kotler marketing faoliyatini ayirboshlash orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat, deb tushuntiradi. Ingliz mutaxassisi Dj. Steyner fikricha, marketing strategik rejalashtirish va boshqaruv jarayonidagi asosiy vazifa bo‘lib, uning maqsadi - iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish va korxonalar daromadini ta’minlash hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha yo‘nalishlari, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy va sotuv sohasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish.
Marketing rivojlanishining jarayoni unga bo‘lgan yondashuv va fikrlarning tobora ko‘payib borishiga sabab bo‘ldi. 1972-yilda F.Kotler mikro va makromarketing tushunchalarini asoslab berdi.
Mikro marketing - ma’lum bir kompaniya tomonidan bajariladigan ishlarni nazarda tutadi. Makro marketing — butun jamiyatning yashash tarzini nazarda tutadi. 1976-yilga kelib, Shelbi Xant “marketingayirboshlash jarayoni haqidagi ilmlar majmuasidir”, deb xulosa qildi.
Ko‘rib turibmizki, marketing faoliyatining naqadar keng qamrovli ekanligi sababli turli olimlar tomonidan bir-birini inkor etmagan holda turli tariflar berilishiga olib keldi. AQSh va G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida marketing masalalari bo‘yicha milliy institutlar, turli assotsiatsiya, maktab va tadqiqot markazlarining tashkil etilishi bu sohaning rivojlanishiga olib keldi. Marketing g‘oyalarining rivojlanishini Yevropa Marketing Qo‘mitasi va Angliya Xalqaro Marketing Assotsiatsiyalari targ‘ibot qildilar.
1-bosqichda Marketing amaliy iqtisodiyot sohasi sifatida ko‘rilib, sotuvni samarali tashkil qilish, sotuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarni tahlil qilish, firma faoliyati rentabelligini oshirishga qaratilgan.
2-bosqichda Marketingning turli konsepsiyalari shakllandi. Bu davrda marketingning asosiy funksiyalari bozorni o‘rganish, reklama, sotuvni rag‘batlantirish, sotuvni rejalashtirish kabilarga katta e’tibor qaratiladi.
3-bosqichda Marketing bozor konsepsiyasini boshqarish sifatida ko‘rilib, marketingning nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirishga zarurat tug‘ildi.
4-bosqichda Marketing rivojining evolyutsiyasi marketingni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish usullarini mukammallashtirsh, narx, kommunikatsiya, sotuv siyosatini amalga oshirish orqali qarorlar qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.
5-bosqichda Marketing – menejment nazariyasi rivojlana boshladi. Bu nazariya zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda bozor tarmoqlarining xususiyatlari, o‘zaro bir biriga ta’siri kabi masalalarga katta e’tibor berildi. Raqobatli bozor sharoitida tovar sifati uning xarakteristikasi, xizmat sifatiga asosiy e’tibor qaratildi. Ekologik marketing konsepsiyasi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |