Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari
Bugungi kunga kelib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalari faoliyatida marketing tadqiqotlarini joriy qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ishlab chiqarish rivojining yangi hamda zamonaviy shaklga keltirishga, iste’molchilarning xulq-atvori, didi, raqobatchilar va bozor kon’yunkturasini o‘rganishga qaratilgan amaliy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Korxonalarda marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.
Marketing faoliyati ko‘lami jihatidan juda keng va murakkab jarayon. Ushbu jarayonning juda ko‘p yo‘nalishlari mavjud. Uning asosiy yo‘nalishlaridan biri ichki marketingdir. Bu bitta mamlakat ichida amalga oshiriladigan marketing bo‘lib hisoblanadi. Uning ham ikkita turi mavjud: mahalliy va butun mamlakat miqyosida. Bunda marketing tadqiqotlari shu doirada olib boriladi.
Ikkinchi yo‘nalish bu xalqaro marketing bo‘lib hisoblanadi. Bunda kompaniya ishlab chiqarilgan mahsulotini (xizmatini) eksport qilish orqali amalga oshiradi. Bunda tovarni sotish marketingi bilan bevosita tovarni sotib olgan mamlakat sotuvchilari shug‘ullanadi.
Uchinchi yo‘nalish integratsiyalashgan marketing bo‘lib hisoblanadi. Bunda bir mamlakat firmasi (korxonasi, kompaniyasi) boshqa mamlakatlarda o‘zlarining filiallarini, savdo uylarini ochib boshqa mamlakatlarda o‘zlari sotishni amalga oshiradi. Bunga ko‘pincha transmilliy kompaniyalarni misol keltirish mumkin.
To‘rtinchi yo‘nalish global marketing bo‘lib hisoblanadi. Bunda nafaqat kompaniyaning mahsuloti (xizmati) ishtirok etadi, balki ish kuchi va kapital ham birgalikda olib boriladi. Bunda ushbu boyliklarning butun dunyo bo‘ylab sotilishi amalga oshiriladi. Mos ravishda, marketing ham faqat tovar (xizmat) bilan cheklanib qolmasdan ish kuchi va kapital harakati bilan ham shug‘ullanadi.
Ushbu yo‘nalishlarning hammasi pirovardida marketing tadqiqotlari ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Bunda marketingning asosiy quroli axborot bo‘lib hisoblanadi. Marketing mos ravishda shu axborotlarga asosan iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tovar (xizmat)lar orqali ularning oldi-sotdi munosabatlarini o‘rnatadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, zamonaviy kompaniyalar tovarlarini bitta hudud yoki bitta mamlakat doirasida emas, balki xalqaro miqyosda, imkoni bo‘lsa global masshtabda sotishga harakat qilish kerak. Buning uchun esa, mrketologlar bozorni muttasil o‘rganib borishi lozim.
Shuningdek, marketing tadqiqotlari asosiy yo‘nalishlarining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, bularni tadqiq qilganda ushbu jarayonning hamma yo‘nalishlari bo‘yicha samaradorligini inobatga olishni taqozo qiladi. Bu yo‘nalishlar sotuvchining ham, oluvchining ham manfaatlariga zid bo‘lmasligini taqozo qiladi. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari turli – tuman bo‘lib, 100 dan ortiq turini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu yo‘nalishlari quyidagi jadvalda keltirilgan (5.3-jadval).
Marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda barcha yo‘nalishlar kabi, ularni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish lozim bo‘ladi. Bularga reklama, sotish
jarayoni, sotuvchining mas’uliyati, xaridorlining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, tovarning hususiyatlari, tovarning sotilish jarayoni va unda bozorning ahvolini inobatga olish kabilarni kiritish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tadqiqotlari keng doiradagi sub’ekt va ob’ektlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va shu bilan birga boshqa soha xodimlari xam marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va undan samarali foydalanishlari lozim. Shu o‘rinda ushbu yo‘nalishlardan foydalanish sohasida marketing elementlaridan keng foydalanishni ko‘zda tutish lozim. Masalan, marketing vositalarini olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |