Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sarf va chikimlar yig‘indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo‘limi xodimlari maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo‘limining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |