11.2-jadval Internetdan foydalanuvchilarning dunyo mintaqalari bo‘yicha
taqsimlanishi (manba: Nua Internet Surveys)
Mintaqa
|
Foydalanuvchilar soni, mln. kishidan ortiq
|
Shimoliy Amerika
|
320 (88.1 %)
|
Yevropa
|
660 (80.2)
|
Tinch Okeani va Avstraliya mintaqasi
|
28 (69.6 %)
|
Lotin Amerikasi
|
404 (62.4 %)
|
Osiyo
|
1 938 (49.7)
|
Afrika
|
388 (31.2%)
|
O‘rta Sharq
|
147 (58.7 %)
|
Umumiy soni
|
3 885
|
Internetdan foydalanuvchilarning ayrim Yevropa mamlakatlari bo‘yicha taqsimlanishi (manba: Nua Internet Surveys)
Internet kompaniyalar va ularning mijozlari o‘rtasida individual aloqalarni shakllantirish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar taqdim etadi. Bu imkoniyatlar muvaffaqiyatli biznes yuritish bo‘yicha zamonaiy tendensiyalar bilan uzviy aloqada bo‘lib, ular orasida asosiy raqobatli afzalliklardan biri mijozlarning kompaniyaga moyilligini shakllantirish va ularning qoniqqanlik darajasini oshirish uchun ular bilan o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Mahsulot sotishning belgilangan darajada bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash uchun kompaniya o‘z faoliyatida ikkita asosiy yo‘nalishni: yangi xaridorlarni jalb qilish va mavjud xaridorlar bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashni hisobga olishi zarur. Iqtisodiy foyda nuqtai nazaridan yangi xaridor topgandan ko‘ra doimiy xaridorlar bilan o‘zaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash arzon tushadi.
Ommaga keng ma’lum bo‘lgan bir nechta dalilni keltirib o‘tamiz:
Pareto tamoyiliga ko‘ra kompaniya daromadlarining 80%ini mijozlarning 20%i keltiradi;
tovar birligini sotish uchun savdo vakiliga yangi xaridorlarni jalb qilish uchun ularga o‘nlab marta murojaat qilish talab qilingan bir paytda doimiy mijozlarga o‘rtacha 2-3 marta murojaat qilish kifoya;
doimiy mijoz bilan bitim tuzish xuddi shu bitimni yangi xaridor bilan tuzishga nisbatan 5-10 baravar arzonga tushadi;
doimiy xaridorlar sonining 5 %ga o‘sishi umumiy sotuv hajmining 25 % o‘sishiga olib keladi.
Kompaniyalarni mijozlar bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qiluvchi sabablar boshqa tendensiyalar ham bo‘lishi mumkin. Internetda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar shunga olib keldiki, endi xaridor bozorning istalgan qismiga eng kam tranzaksiya xarajatlari bilan murojaat qila oladi. Mavjud mijozlarni ushlab qolish bunday sharoitlarda birlamchi vazifaga aylanadi.
Mijoz va firma o‘rtasidagi aloqa telefon va faksdan tortib telekonferensiya va elektron pochtagacha turli usullar bilan amalga oshirilishi sababli mijoz bu kanallar
bo‘yicha olinuvchi barcha axborotlar kompaniya tomonidan birgalikda ko‘rib chiqilishini kutadi. Bunday sharoitlarda mijoz va u bilan aloqa haqidagi barcha axborotlarni hisobga olgan holdagina uni ushlab qolish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, reklama va sotuvni rag‘batlantirish kabi iste’molchi talabining an’anaviy rag‘batlari samaradorligining pasayish yo‘nalishi ham kuzatiladi. Natijada kuchli raqobat sharoitlarida kompaniyalar mijozlarni jalb qilish va ushlab qolish uchun yangi imkoniyatlar izlab topishga majbur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |