Marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning ahamiyati
O‘zbekiston bozorida ishtirok etayotgan yirik korxonalarning marketing bo‘limlari hamda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga ixtisoslashgan tashkilotlar amaliyotdagi mavjud ma’lumotlarni to‘plash ularni qayta ishlash va boshqaruv yoki marketing qarorini qabul qilishga chegaralangan vosita va uslublardan, ma’lum holatda statistika apparatidan foydalanilmagan holda amalga oshirilib kelinmoqda. Bunday holat oqilona qaror qabul qilish muddatini cho‘zish va raqobat bozorida muvoffaqiyatsizlikka olib keladi. Ma’lumki
statistika tahlili ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va qonuniyatlarni ochib berishga, ularning o‘zaro nazaridan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tahlillarni statistik uslublar yordamida muvaffaqiyatli amalga oshirish o‘zgaruvchanlar o‘rtasidagi aloqalar
to‘g‘risidagi gipoteza (tahlili)ni isbotlab berish ushbu aloqalarga baho berish, iste’molchiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulot yoki xizmatning ma’lum taraflarini o‘rganish, iste’molchilarni segmentlarga taqsimlash, bozor kon’yunkturasini o‘rganishni istiqbolini belgilash imkoniyatini hosil qiladi.
Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga ega bo‘lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki axborot ko‘lami va miqdorining nihoyat ko‘pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Statistik va matematik modellar balki vositasida esa axborotni qayta
ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam hatoga yo‘l qo‘yiladi hamda jarayon tezlashadi.
Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan statistik tahlilni o‘rganishga fan sifatida yondoshmoq lozim. Bu fanning
ob’ekti marketing jarayonlarini tadqiq qilishdan iboratdir. Ushbu o‘rganilayotgan ob’ektni murakkab iqtisodiy jarayonlar majmuasidan iborat deb baholab, ularning barcha qismlari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikligidan kelib chiqib, ularni o‘rganishda barcha jihatlarini tartibga
solgan holda yaxlit xulosaga kelishni taqozo qiladi. Mazkur jarayonda amalga oshiriladigan amallar marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning sistemali (tizimli) yondashish metodologiyasini tashkil qiladi.
Marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning metodologik asoslarini o‘rganish uchun, unda qo‘llaniladigan falsafiy kategoriyalarning qisqacha mazmuniga shu fan nuqtai nazaridan qarashni taqozo qiladi. Chunki falsafiy kategoriyalar jamiyat va tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarish va jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Marketing tadqiqotlari ham jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘ladigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bularni raqamlarda ifodalab, statistik va tahliliy usullardan foydalangan holda tahlil qilish masalasi o‘ta dolzarb va muhim bo‘lib hisoblanadi. Endi marketing tadqiqotlarida statistik tahlil metodologiyasi tasnifi va tavsifiga e’tiborni qaratamiz. Ushbu kategoriyalarning yo‘nalishlarini quyidagi jadvaldagi singari ifodalash mumkin (5.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |