Marketing tadqiqotlari


Muammoga ta’sir ko‘rsatuvchi muhit omillari (environmental context of



Download 3,61 Mb.
bet67/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Muammoga ta’sir ko‘rsatuvchi muhit omillari (environmental context of the problem)–Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (oldingi va kelajak axborotlari, firmaning resurslari va chegaralari, qaror qabul qiluvchining maqsadi, xaridorlar hatti – harakati, huquq va iqtisodiy muhit, firma personalining marketing va texnologik ko‘nikmalari) haqida gap ketadi.

Qarorlar qabul qilinishi ma’lum maqsadga erishish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv muammosini ifodalash ikki turdagi maqsadlarni aniq tasavvur etish bilan bog‘liq: tashkilot maqsadi va qaror qabul qilayotgan rahbarning shaxsiy manfaati. Ushbu ikkita maqsadni birlashtirish muhim, ammo juda og‘ir kechadi. Uning sababi jamoa va shaxs manfaatlari o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlardir.

Maqsadlar (objectives) - qaror qabul qilayotgan tashkilot yoki shaxsning qarorlaridan samarali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda foydalanish ko‘zda tutiladi.

Marketing tadqiqotlarining maqsadi ham samarali boshqaruv qarorini qabul qilishga kerakli axborot bazasini yaratishdan iborat. Ammo, bu jarayonda korxona va menejerlarning maqsadlarini muvofiqlashtirishda marketologning ham mahorati va tajribasi muhim rol o‘ynaydi.

Marketing muammosining asosida iste’molchilarning xatti- xarakati, ularning iqtisodiy salohiyati, ehtiyoji va talablari tashqi muhit omillaridagi o‘rni beqiyosdir.

Xaridorlar hatti – harakati (buyer behavior)– tashqi muhitning asosiy omili hisoblanib, iste’molchilarning individual xislatlarini ifodalaydi.

Marketing muammolarini manbasini aniqlashtirishda korxonaning u yoki bu xarakatiga iste’molchining munosabatini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Xaridorlar hatti – harakatini o‘rganish marketing muammosining mohiyatini ochishga olib kelish mumkin.

Iste’molchilarning hatti – harakatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tarkibiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:



  • Xaridorlar miqdori va geografik joylashuvi;

  • Demografik va psixologik tavsiflar;

  • Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tavsiflari;

  • Reklama va sotuvga xaridorlar munosabati;

  • Narxga bo‘lgan munosabat;

  • Magazinlarga o‘rganish holati;

  • Iste’molchilarning tanlash erkinligi.

Har bir davlatda o‘zining qonunlari, me’yoriy xujjatlari, davlat siyosati barcha tashkilot va aholi hayotiga ta’sir ko‘rsatadi va muvofiqlashtirib turadi. Qonunlar ichida savdo markalari royalti, savdo kelishuvi, soliq va tariflar bilan munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi huquq normalari muhim o‘rin egallaydi. Davlatda qabul qilingan qonunlar marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rstaadi hamda marketing tadqiqotlari muammolarini ifodalashda asosiy omil hisoblanadi.

Qonun muhiti (legal environment) – tashkilotning faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi siyosat va me’yorlar.

Qonun muhitidan tashqari tashqi muhitning tarkibiga kiruvchi asosiy komponent tariqasida iqtisodiy muhitning ahamiyati katta.

Iqtisodiy muhit (economic environment) – daromad, narx, to‘plangan zahira, kredit shartlari, umumiy iqtisodiy holat bilan ifodalanadi.

Iqtisodiy muhit omillari xaridorlarning sotib olish salohiyati, umumiy (yalpi) daromad, tovarlar assortimenti, narxlar va boshqa iqtisodiy tomonlarni inobatga oladi. Masalan, iste’molchi va korxonaning kredit olish imkoniyati iqtisodiyotning umumiy holatiga uzviy ravishda bog‘liqdir. Davlat iqtisodiy barqarorligini o‘sishi, aholiga kredit berish imkoniyati oshishiga zamin yaratadi.

Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Tibbiyot sohasida kasalni olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday ro‘l o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.

Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlash (problem definition) marketing tadqiqotlari muammosining umumiy va uning alohida qismlari bo‘yicha aniqlashdan iborat. Muammoni aniqlash vazifasini bajarish uchun qaror qabul qilayotgan shaxslar, tarmoq va boshqa ekspertlar bilan suhbat o‘tkazish, ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil etish, ma’lum sifatli tadqiqotlar o‘tkazish marketing tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega. Bu vazifani bajarish uchun, marketolog tomonidan tashqi muhit omillarini tahlil qilgan holda, muammoni paydo bo‘lish holatlari yoritiladi. Boshqacha qilib aytganda, marketolog tomonidan har bir omilning ta’sirini ko‘ra bilishi orqali boshqaruv qarorini qanday qabul qilinishi yondashuvi ishlab chiqiladi. Buning uchun qaror qabul qiluvchi boshqa shaxslar bilan vazifalarni muhokama qilinishi, tarmoq ekspertlaridan interv’yu olinishi hamda ikkilamchi ma’lumotlarni taxlil qilishi zarurdir.

Oldin eslatib o‘tkanimizdek, marketolog boshqaruv qarorini qabul qilish va qanday maqsad ko‘zlayotganini aniq bilishi kerak bo‘lsa, menejerlar tomonidan marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning to‘g‘ri yo‘nalishlarini belgilab berilishini tasavvur qilishi lozim. Marketing tadqiqotlarining natijalari va ularning samaradorligi yeorxonalarda menejer, marketolog va boshqa mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyatiga bog‘liqdir.

Marketing tadqiqoti muammosi va maqsadlarini aniqlash yalpi tadqiqotda eng muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. Qo‘pgina hollarda tadqiqot maqsadi uni vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni hal etish maqsadga erishish imkonini beradi, deb qaralishi lozim.

Muammoni aniq belgilash, bu tadqiqotni to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoning mantiqan to‘g‘ri, sodda va maqsad sari yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor bermoq lozim.

Aks holda, noto‘g‘ri ifodalangan muammo tadqiqotni maqsad sari yыnaltirilmaslikka, vazifalarni aniq belgilay olmaslikka, yuqori ortiqcha harajatga olib keladi.

Ushbu muammolar turkumi aniq belgilangan, lekin ularni hal etish tayinli ketma-ketlikni va kelgusi intilishlar uchun zaruriy ma’lumotlarni to‘plash zaruratini yaratadi. Jumladan, ilk tashkil etilgan sayoxat yo‘nalishlari davridayoq sayoщatchilar to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq ma’lumot olish, ularni tilak va istaklarini o‘rganish zarur bo‘ladi.




Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish