Hisobotni yozish
O‘quvchilar. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, hisobot o‘ziga xos o‘quvchilar turi – tadqiqot natijalaridan o‘z ishida foydalanadigan marketing bo‘yicha
menejerlar uchun tayyorlanadi. Hisobot mualliflari o‘quvchilarning maxsus tayyorgarligi va ularning loyihaga qiziqishini, shuningdek, ular ushbu hisobotni o‘qiydigan va undan foydalanadigan vaziyatni hisobga olishlari lozim.
Hisobotda maxsus atamalar va jargon so‘zlarni suiiste’mol qilmaslik kerak. Ekspertlardan birining aytishicha: "Sizning hisobotlarni o‘qiydigan shaxslar – band bo‘lgan odamlar; ularning kam sonli qismigina bir vaqtning o‘zida ham tadqiqot haqida hisobot o‘qishi, ham lug‘at varaqlashi va kofe ichishi mumkin" [5]. Agar ayrim maxsus atamalarsiz ish bitmaydigan bo‘lsa, ularning mazmuni ilovalarda bayon qilib o‘tilishi lozim. Gap marketing tadqiqotlariga taalluqli bo‘lganida odamlar ular tushunmaydigan yechim bilan rozi bo‘lgandan ko‘ra hal qilinmagan muammo bilan yashashga rozi bo‘ladi.
Ko‘pincha tadqiqotchi loyihaga qiziqish va maxsus tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgan bir nechta guruhning ehtiyojlarini qondirishi lozim. Bunday nizoli so‘rovlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hisobotga turli o‘quvchilar uchun turli bo‘limlar kiritish yoki alohida maxsus hisobotlar tayyoranishi mumkin.
O‘qish osonligi. Hisobot o‘qish uchun oson, chunonchi, mantiqan strukturalangan va tushunarli tarzda yozilgan bo‘lishi lozim. Hisobot materiali, ayniqsa, uning asosiy qismi mantiqan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim. Sarlavhalar asosiy mavzulr uchun, kichik sarlavhalar esa – kichik mavzular uchun foydalanilishi lozim.
Materialni mantiqiy tashkil qilish bog‘langan hisobotga olib keladi. Tushunarlilikni yaxshi tuzilgan, qisqa va mohiyatga tegishli gaplardan foydalangan holda oshirish mumkin. So‘zlar tadqiqotchining fikrini aniq yetkazishi, murakkab so‘zlar, jargonlar va qolip so‘zlardan qochish lozim. Hisobot tushunarliligi uning loyiha bilan tanish bo‘lmagan bir necha kishi tanqidiy ruhda o‘qib chiqishi bilan tekshirish mumkin. Yakuniy hisobot qo‘lga kiritilgunga qadar hisobotning bir necha variantini yoziga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori.
Prezentabellik, professional tashqi ko‘rinish. Hisobotni rasmiylashtirishga katta e’tibor qaratish lozim. U sifatli qog‘ozda bosib chiqarilgan va muqovalangan bo‘lishi
lozim. Shriftlar to‘g‘ri tanlanishi kerak, matnni o‘qish qulay bo‘lishi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq bo‘ladi.
Ob’ektivlik – hisobotning zaruriy shartidir. Metodologiya, natijalar va xulosalar aniq bayon qilinishi lozim. Buyurtmachining kutayotgan natijalariga mos bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qaror qabul qiladigan shaxslar ularning fikri yoki harakatlari noqulay tarzda aks ettirilgan hisobotni zavq-shavq bilan qabul qilishi ehtimoli past. Tadqiqotchi natijalarni ob’ektiv aks ettirish va himoya qilish uchun jasoratga ega bo‘lish lozim. «Aslida qanday bo‘lsa, shunday gapir» degan qoidaga rioya qilish zarur.
Matnni jadvallar va grafiklar bilan kuchaytirish. Matndagi asosiy axborotni jadvallar, grafiklar, rasmlar, xaritalar va boshqa vizual vositalar bilan kuchaytirish lozim bo‘lib, bu hisobotni tushunish oson bo‘lishiga xizmat qiladi va va uning ta’sir darajasini oshiradi.
Qisqalik. Hisobot qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Barcha keraksiz narsalarni qoldirib ketish lozim. Agar hisobotda axborot juda ko‘p bo‘lsa, muhim jihatlar ko‘rinmay qolishi mumkin. Biroq qisqalikka hisobiga bayon qilish to‘liqliga hhisobiga erishmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |