Marketing tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqoti metodologiyasi asoslarini shakllantirish ketma-ketligi va iyerarxiyasi



Download 3,61 Mb.
bet15/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

1.10-rasm. Marketing tadqiqoti metodologiyasi asoslarini shakllantirish ketma-ketligi va iyerarxiyasi

Marketing tadqiqoti metodologiyasi statistik, ekonometrik, sotsiometrik, kvalimetrik, bixevioristik va marketing usullari, shuningdek, informatika usullarining murakkab bir yig‘indisini ifodalaydi. Shunday qilib, marketing tadqiqotida kompleksli yondashuvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Bozor axboroti olish maqsadida statistik va marketing kuzatuvi metodologiyasi, jumladan, tanlab olish, hisob-kitob va savdo ro‘yxatlari, so‘rovnomalar, ekspert baholaridan foydalaniladi.

Statistik tahlil va bashoratda bozor hodisalari hajmi va darajasining bahosi, ularning dinamikasi va strukturasi, variatsiyalar keltiriladi, tendensiya va qonuniyatlar aniqlanadi. Unda mutloq, o‘rtacha va nisbiy kattaliklar, guruhlash, indeksli, trend va regressiyali omillar modellari, variatsion, dispersion, korrelyatsion va davriy tahlil usullari qo‘llanadi.

Ekonometrik usullar bozor jarayonlarini modellashtirish, o‘xshatish va bashorat qilishda qo‘llanishi mumkin. Marketingda ehtimollar nazariyasi va qaror qabul qilish nazariyasiga asoslangan modellar, ommaviy xizmat ko‘rsatish usullari (navbatlar nazariyasiga asoslanadi), tovar oqimlari va xaridorlar, oqimlari modellari yetarli darajada keng qo‘llanadi.

Marketing tadqiqotlarida ko‘p o‘lchamli (jumladan, klasterli) tahlil, qaror qabul qilish nazariyasi (risk nazariyasi), aloqalar nazariyasi (belgilangan ko‘rsatkichlar doirasidan chetga chiqadigan jarayonlar xaqida axborot) usullari katta foyda beradi. Xususan, ekonometrikada muqobil qarorlar qatori ichidan bozor vaziyati uchun eng qulayini tanlash matematik usulini ifodalaydigan chiziqli dasturlash usullari foydalaniladi. Shuningdek, iqtisodiy-matematik usullar logistikada, ya’ni tovarlarni harakatlantirish va omborlarga joylashtirishni boshqarish tizimida ham foydalaniladi.

Tarmoq rejalashtirish usullari marketing operatsiyalari ketma-ketligi va o‘zaro aloqalarini tartibga solish, innovatsiyalar rejalarini ishlab chiqish, sinov marketingi o‘tkazish va h.klar uchun mo‘ljallangan. Marketing vaziyatlari tahlilida, raqobat xulq-atvori modellarini shakllantirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyalarini, ishlab chiqishda ishbilarmonlik o‘yinlari usuli katta foyda keltirishi mumkin.

Sotsiometriya va bixeviorizmni bilish iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganishda, shuningdek, anketa so‘rovlari o‘tkazishda foydali hisoblanadi. Kompleksli sifat va raqobatbardoshlik baholari kvalimetrik tahlil, sifat hodisalarini mikdoriy baholash usullaridan foydalanishga yo‘naltiradi.

Marketing tahlilida foydalaniladigan usullarning mazkur guruhi tarkibiga korxona moliyaviy-iqtisodiy salohiyatining tijorat tahlili usullarini (tijorat hisob- kitoblari, skoring tahlili va h.k.) kiradi.

Shunday qilib, marketing tadqiqoti bozorni u yoki bu darajada o‘rganadigan fanlarning o‘ziga xos to‘plamini, butun bir majmuani ifodalaydi.

Statistika – miqdoriy o‘lchanadigan, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarini aniqlash, porporsiyalarni topish va tebranuvchanlikni baholashga imkon beradigan, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadigan fan.

Ekonometriya – belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyani, murakkab, ko‘p omilli jarayon va hodisalarni tasniflaydigan, matematik ifodalar ko‘rsatkichlarini o‘lchash, iqtisodiy-matematik tahlil usullarini qo‘llashdir.

Sotsiometriya – miqdoriy baholar yordamida belgilangan insonlar guruhlari faoliyati va strukturasining tavsifidir.

Kvalimetriya – tovarlar sifatini miqdoriy baholash metodologiyasidir.

Bixeviorizm – odamlarning ta’bi, xohish-istaklari xaqidagi fan, u iste’molchilarning tovarga munosabati shakllanishi va o‘zgarish jarayonlarini, tovar va uning xususiyatlari yangilanish va eskirish jarayonlariga talabning javobini tushunib olishda yordam beradi.

Belgilangan axborot hajmiga tayanadigan marketing tadqiqoti axborot oqimlarini boshqarish xaqidagi fan hisoblangan informatika talablariga bo‘ysunadi. Marketing sxema va modellari va marketing boshqaruvi keng qo‘llaniladi.

Shunday qilib, marketing tadqiqotlari metodologiyasi tadqiqotga oid barcha unsur va usullarni jamlagan holda, faoliyati yuritadi va ushbu metodologiya kompleksini korxonalar va tarmoqlarda qo‘llanilsa bozordagi ulushi yuqori darajaga erishishga muvofaq bo‘ladi.


Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish