Marketing faoliyatini turli iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy vositalar yordamida boshqarish mumkin. Bu vositalardan biri sifatida asosiy savol – marketingda nima o‘rganiladi savoliga javob beradigan marketing tahlilini hisoblash mumkin. Tahlil predmeti korxonaning tezkor va strategik marketing faoliyati, ya’ni ma’lum vaqt davomida, shuningdek, doimiy rivojlanishda ko‘rib chiqiladigan hodisa va jarayonlar hisoblanadi.
Bozor sohasida tahlil faoliyati ikkita pog‘onadan iborat: birinchisi – dalillarni qayd etish, bozor va firmaning holati va rivojlanishini baholash, ikkinchisi – nisbatan murakkabroq – sabab-oqibat aloqalarini tushuntirish va modellashtirish, bozor munosabatlari va bozorning yanada rivojlanishini ilmiy bashorat qilish hisoblanadi. Shu bosidan marketing tahlilining har xil turlari ko‘rib chiqiladi (7.3 – rasm).
Marketing tadqiqotlari tahlilida bajarilishi shart bo‘lgan talab mavjud: uning xulosalari aniq va bir ma’noli bo‘lishi, albatta amaliy tavsiflar bilan berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |