MARKETING TADQIQOTLARI ORQALI KORXONA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO`LLARI.
TMI., M-90 Talabasi:
Ilmiy rahbar:
Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakillantirish va shu orqali korxona eksport salohiyatini oshirish yo`llarini keng miqiyosida tadqiq etish masalalari juda ko`p bora ilmiy izlanishlarning ham nazariy, ham amaliy ishlarni olib borishni taqozo etmoqda. Albatta bu vosita korxona eksport salohiyatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilish zaruriyatini tug`diradi. Korxona eksport salohiyati zamonaviy bozor munosabatlariga bog`liq. Shunday ekan, bunda marketing tadqiqotlari, korxona yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida korxona faoliyatining innovatsion strategic tadqiqot o`tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish yo`llari ishlab chiqiladi. Ma’lumki, mazmuniga ko`ra “strategiya” – korxonaning o`z faoliyatida qaror qabul qilish maqsadida amal qiladigan qoidalar, yo`l-yo`riqlar majmuidir. Bu qoidalardan iborat:
korxona faoliyatining hozirgi va kelgusidagi rivojlanishini baholashda qo`llaniladigan qoidalar;
korxona va tashqi muhit o`rtasidagi munosabatlarning yuzaga kelishidagi qoidalar, ya’ni: mahsulotning yoki texnologiyaning qanday u taqdim qiladi, qayerga, kimga va qanday narxda o`z mahsulotini sotadi, qanday yo`l bilan raqobatchilardan ustunlikka erishadi va h.k.
korxonaning ichki munosabatlarini tashkil qilishdagi qoidalar;
korxonaning kundalik faoliyatida qo`llaniladigan qoidalar.
Respublikamiz korxonalari, ayniqsa , sanoat tarmog`lari korxonalari bugungi kunda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bular ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy, resurslar yetishmasligi, tovarlar sifatining pastligi kabilarda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ichki bozorda raqobatchilarning paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, sobiq ittifoq davrida mavjud bo`lgan iqtisodiy aloqalarning uzilishi tarmoq korxonalarning ayrimlarini ayrimlarini tanglik holatiga tushirib qo`ydi. Bunday vaqtda korxona faoliyatini yaxshilash, bozordagi ulushini saqlab qolish va uni mustahkamlash masalalarini yo`lga qo`yish juda muhimdir. Bizning fikrimizcha, korxonaning krizis holatiga tushib qolishiga asosiy sabab-birinchidan, korxonaning strategik rivojlanish kontsepsiyasi yo`qligi bo`lsa, ikkinchidan, operativ qarorlar qabul qilish uchun bozorning holati, tashqi muhit to`g`risida axborotlarning yo`qligi, deb hisoblaymiz. Tanglik holatida bo`lgan korxonada axborotlarning yetishmasligi quyidagi uch omil asosida yuzaga keladi:
bozordagi talab va taklif qisman hisobga olinganda yoki umuman hisobga olinmaganda;
bozorning sifat va miqdoriy ko`rsatkichlari o`zgarishi to`g`risida ma’lumotlar bo`lmaganda;
korxonaning tovarlarni sotish bilan shug`illanuvchi bo`limi yaxshi rivojlanmagan, shu sababli maqsadga qaratilgan sotish siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega emas.
Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tishni talab qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalarning qariyb 50 foizida marketing bo`limlari tashkil qilinmagan, mavjudlarida ham marketingning vazifalaridan kompleks foydalanish, bozor konyunkturasini tadqiq qilish natijasida axborotlar to`plash talab darajasida emas. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi davrda korxonaning eksport salohiyati rivojlanishi iste’molchining istak va xohishini o`z vaqtida ilg`ab olish hamda uni tezda qondirishga qaratilgan taqdirdagina amalga oshadi. Buning uchun korxonaning faoliyatini strategik rejalashtirish, uning yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Korxona maqsadlarini uning mohiyatiga ko`ra bir nechta turlarga bo`lishimiz mumkin, masalan: bozordagi maqsadlar – ta’sir ko`rsatish, sotish, bozorning ma’lum ulushini egallash; moliyaviy maqsadlar – foyda, rentabillik; mahsulot va jamiyat bilan bog`liq bo`lgan maqsadlar – sifat, ijtimoiy javobgarlik, korxona faoliyati kafolatini ta’minlash va boshqalar. Korxonaning eksport salohiyati bo`yicha maqsadni belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xususiyati, tashqi bozordagi imkoniyatlari, ishonchli sotish kanallarining mavjudligi ham ta’sir ko`rsatadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, harqanday maqsadga erishish korxonaning haqiqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilansa, rahbariyat va ishchi-xodimlar o`rtasida to`liq anglab yetilsagina, uni amalga oshirish oson kechadi. Demak, sanoat mahsulotlari marketing o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.
Bular quyidagilar:
sotish va xarid qilishning katta hajmda ekanligi;
mahsulotlarning texnika jihatdan ancha murakkabligi;
xaridorlarning katta tavakkal qilishlari;
sotib olish davrining bir muncha uzunligi;
sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonining bir qadar murakkabligi;
oldi-sotdi ishlarning uyushgan bozorlarda amalga oshirilishi va h.k.
Sanoat marketing xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri sanoat tovarlarining texnik jihatdan ancha murakkabligidir. Darhaqiqat mashinasozlik tarmog`ida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, iste’mol tovarlariga nisbatan texnik jihatdan murakkabligi bilan ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu hol sanoat marketing xodimlaridan o`z sohalari bo`yicha maxsus bilimli, texnika, ilm-fan yutuqlaridan doimo xabardor bo`lishlarini, o`z malakalarini oshirib borishni talab qiladi. Shu yo`nalish bo`yicha olib brogan marketing tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatadiki, respublikamizda “sanoat dizayni”ga bo`lgan e’tibor, uning rivojlanish holati va assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar eksport salohiyati orasida ma’lum bog`liklik mavjud ekan. O`tkazilgan marketing tadqiqoti natijasida shu narsa aniq bo`ldiki, “sanoat dizayn” tushunchasi maxsus dizaynerlar va korxona rahbarlari tomonidan turlicha talqin qilinar ekan. Masalan, dizaynerlar fikricha “sanoat dizayni” – bu: - estetik va ergonomic talablarga mos keluvchi tovarlarni loyihalashtirish; - ommaviy ishlab chiqariluvchi tovarlar dizayni.
Kelgusida sanoat dizaynining rivojlanishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillar sifatidagi fikrlar bildiriladi: “sanoat dizayn”nib o`yicha oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yish va ta’lim sifatini oshirish; -sanoat korxonalari rahbarlarining sanoat dizayniga bo`lgan e’tiborni yanada kuchaytirish. Yuqoridigilarga qo`shimcha qilib shuni ta’kidlash joizki, bizning fikrimizcha, mashinasozlik tarmog`ida sanoat dizaynini kelgusida rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadaga muvofiq bo`ladi:
-mashinasozlik tarmog`ida sanoat dizaynini rivojlantirish bo`yicha yagona davlat dasturi ishlab chiqish;
-davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va kapital qo`yilamalarni ko`paytirish;
-sanoat dizayni sohasida huquqiy tizimni yaratish;
-dizaynerlar ishlanmalarini standartlashtirishni yo`lga qo`yish. – “sanoat dizayni”ga bag`ishlangan xalqaro va respublika miqiyosida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish.
Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tish orqali innovatsion iqtisodiyotni shakillantirishga hamda korxona eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |