Aim.uz
Marketing tadqiqotchilariga qo‘yiladigan talablar
Marketing vazifalarini yechishda asosiy o‘rinni iqtisodiy, siyosiy tabiiy va ilmiy-texnik muhitlar egallaydi.
Marketing tadqiqoti asosan besh bosqichga ajratiladi:
- Muammolarni aniqlash va tadqiqot masalalarini rejalashtirish.
- Ma’lumotlar manbalarini saralab borish.
- Ma’lumotlarni yig‘ish.
- Yig‘ilgan ma’lumotlarni taqdim qilish.
Birinchi bosqichda marketolog hamda tadqiqotchi tadqiqot masalalari kelishib va muammolarni aniqlab olishlari kerak. Agarda tadqiqotchi bozor haqida avtotransportda sharbat tashish ma’lumotlarini to‘plash bilan chegaralansa, ishning natijasi qoniqarsiz bo‘lishi mumkin. Chunki bozorni ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiq qilish kerak. Agarda tadqiqotlardan foyda kutilsa, ular relevantli, ya’ni yechilishi lozim bo‘lgan muammoga uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, ma’lumotlar yig‘ish juda qimmatga tushadi. Shuning uchun noaniq yoki noto‘g‘ri muammoni qo‘yish yaramaydi. Masalan, yuk tashish holatlarida marketolog va tadqiqotchi tomonidan yo‘lovchi sonining yetishmasligi muammosi bo‘yicha ikkita savolni qo‘yish haqida kelishildi: qanday qilib yo‘lovchi o‘ziga transport to‘lovlarini tanlaydi va qanday qilib avtotransportga yo‘lovchilarni qiziqtirish mumkin. Shundan keyin boshqaruvchi tadqiqot masalalarini rejalashtirishi kerak. Bu maqsadlar izlanishlar bo‘lishi mumkin, ya’ni muammoga yaqinlik kirituvchi qandaydir oldindan ko‘rsatilgan ma’lumotlar yig‘masini ko‘rsatadi. Ular tasviriy bo‘lishi mumkin, ya’ni aniq bir hodisaning tasvirini o‘z oldiga qo‘yadi.
Ma’lumotlar manbasini saralash, marketing tadqiqoti jarayonidagi ikki bosqichdan kerakli ma’lumotlarni aniqlash, foydali ma’lumotlar yig‘ish rejasini ishlab chiqish hamda bu rejani marketing bo‘yicha menejerga taqdim qilishdan iborat. Rejada to‘plangan ma’lumotlar manbalari tasvirlanadi va aniq tadqiqot yo‘nalishlarining mohiyati tushuntiriladi, aloqa usullari, sinov rejalari va yangi ma’lumotlar yig‘ish uchun asboblar aniqlanadi.
Menejerga kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish uchun tadqiqotchi birlamchi ma’lumotlarni yoki ikkalovini ham yig‘ishi mumkin. Ikkilamchi ma’lumotlar birinchi o‘rinda boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan ma’lumotlardir. Birlamchi ma’lumotlar berilgan aniq maqsad uchun yig‘iladigan birinchi ma’lumotdir.
Ikkinchi darajali ma’lumotlar yig‘ini. Tadqiqot ichki (ishlab chiqarish hisobotlari, o‘tkazilgan tadqiqotlar va boshqalar) va sirtqi (rasmiy manbalar, davlat bosmaxonalari, muhr, kitob, tijorat, tashkilot xizmati) manbalardan olinsa, ikkinchi darajali ma’lumotlardan boshlanadi. Ikkinchi darajali ma’lumotlar arzonligi va munosibligi bilan ajralib turadi va tadqiqotning asosiy nuqtasi bo‘lib hisoblanadi. Binobarin, qisman bularda tadqiqotchiga zarur ma’lumotlar bo‘lmay qolishi yoki to‘ldirilmagan, eskirgan, ishonchsiz, noaniq bo‘lishi ham mumkin. Bu holatda tadqiqotchiga ko‘proq mablag‘ va vaqt sarf qilib, birinchi darajali ma’lumotlarni yig‘ish kerak bo‘ladi.
Iste’molchilarning istak va xohishlarini ko‘rsatish maqsadida o‘tkaziladigan izlanish tadqiqoti rasmiy tadqiqotlar deyiladi. Rasmiy tadqiqot borasida uslublar, intervyu olish va boshqalar qo‘llaniladi.
1-jadval
Ma’lumot yig‘ish usullari sifatli va miqdori % foiz hisobida o‘tgan yilga nisbatan
Davlatlar
|
Pochta orqali so‘rov
|
Telefon
orqali
|
Shaxsiy
so‘rovlar
|
Guruhlararo muloqot
|
Har tomon-
lama so‘rovlar
|
Belgiya
|
7
|
15
|
57
|
10
|
8
|
Angliya
|
8
|
15
|
67
|
10
|
-
|
Germaniya
|
5
|
18
|
56
|
6
|
10
|
Gretsiya
|
-
|
3
|
82
|
10
|
3
|
Daniya
|
16
|
24
|
31
|
6
|
21
|
Statistik tahlillar olish maqsadida ko‘p miqdordagi xaridlardan pochta orqali yoki shaxsiy intervyular borasida ma’lumot olishni mo‘ljallagan tadqiqot miqdor tadqiqot deyiladi.
Qoida bo‘yicha, ko‘proq marketing tadqiqotlari ikkinchi darajali ma’lumotlar bilan chegaralanib qolmay, birinchi darajali ma’lumotlarni o‘z oldiga qo‘yadi.
2-jadval
Birlamchi axbortlarni yig‘ishni rejalashtirish
Tadqiqot usullari
|
Auditoriya bilan
aloqa usuli
|
Tanlovni tuzish
rejasi
|
Tadqiqot
qurollari
|
Nazorat
So‘rov
Eksperiment
|
Pochta
Telefon
Shaxsiy aloqa
|
Tanlov birligi
Tanlov hajmi
Tanlov strukturasi
|
Anketa
Mexanik
Uskunalar
|
Yig‘ilgan ma’lumotlar keraksiz yoki adashtiriladigan bo‘lmasligi uchun alohida reja, oldindan qaror ishlab chiqarishga qaratilgan tadqiqot uslublari, tadqiqot jihozi, tanlov doirasi, tanlov rejasini tuzish va auditoriya bilan bog‘lash turlari tuzish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi darajali ma’lumotlarni yig‘ishni rejalashtirish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar kerak. Tadqiqotchilar birinchi darajali ma’lumotlar yig‘ishda sinchkov bo‘lishlari, dolzarblik, aniqlikni kuzatishlari kerak. Bu iste’molchilarning fikrini kichik tanlov asosida o‘rganadigan rasmiy tadqiqot bo‘lishi mumkin.
Marketing tadqiqotlarining uslublarini kuzatish bu qiziquvchan kishilar, voqealar va holatlarni kuzatish yordamida yig‘ilgan birinchi darajali ma’lumotdir. Bunday ma’lumotlar yig‘ish asosiy turlardan bo‘lib, bunda tadqiqotchilar sharoitni uzluksiz kuzatib boradilar. Masalan: yuk tashiydigan mashinada ishlaydigan tadqiqotchilar avtomagazinlarda, reysli avtobuslarda ishlab, yo‘lovchilarning yuk tashish sifatini tahlil qilish va aholi talabining bajarilishiga baho berishlari mumkin. Marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanadigan firmalar iste’molchilarining xaridlari va ularning har xil marketing tadbirlarga munosabatlarini kuzatadigan bir manba ma’lumotlar tizimi ma’lumotlarini tavsiya qilishlari mumkin, keyin esa olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, ular orasidagi bog‘lanishni topishga harakat qiladilar. Bir manba ma’lumotlar tizimi bo‘lib, xaridorlarning televizion reklamasiga e’tibori bilan ular do‘konidan nima sotib olishlari shtrix kod sanasi uchun o‘rtadagi aloqani ko‘rsatishga yordam beradigan kuzatuv elektron tizimlari xizmat qilish mumkin.
Taqqoslashtirilayotgan odamlar guruhini ajratish va har xil holatdagi vaqti-vaqti bilan tuziladigan guruhni tekshirish yordamida yig‘ilgan birinchi darajali ma’lumotlar tajribani tashkil etadi.
Qarama-qarshi tekshiruv natijalarini olib tashlash yo‘li bilan, maqsad-tekshiruv aloqalarini namoyon qilishni maqsad qilgan natija tadqiqotlari o‘z ichida taqqoslashtirilayotgan guruh subyektlarni saralashni, ular uchun kerakli sharoitni yaratishni, kuzatilayotgan farqlarning ahamiyat darajasini o‘rnatishni talab qiladi.
Iste’molchilar bilimini nigohini va xaridorlar istagi muhimligini aniqlashga qaratilgan birinchi darajali ma’lumotlar «so‘rov» deyiladi. So‘rov kuzatish va tajriba o‘rtasida bo‘lib, tasviriy tadqiqot uchun juda qulaydir, qachonki kuzatish qidiruv tadqiqotlariga mos natijada bo‘lsa, maqsadli tekshiruv aloqalari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |