Маркетинг фаолиятини таҳлил қилиш ва истиқболлаш


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qo



Download 260,55 Kb.
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi260,55 Kb.
#455404
1   2
Bog'liq
2mavzu

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi.

  • Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi.
  • — Iltimos, meni qo‘yib yubor — deb yalinibdi Qalam. — Meni nima qilmoqchisan? Yog‘ochdan yasalgan bo‘lsam, meni yeb bo‘lmaydi.
  • — Tishlarim qichishayapti, shuning uchun seni g‘ajimoqchiman, — debdi Sichqoncha va qalamni qattiq tishlab olibdi.
  • — O‘g‘riyapti, — deb baqiribdi Qalam. Men chizishni juda yaxshi ko‘raman. Maylimi so‘nggi bor rasm chizsam? — debdi Qalam.
  • Sichqon rozi bo‘libdi. Qalam zo‘rg‘a nafasini rostlab oppoq varaqqa kattagina aylana chizibdi.
  • — Bu nima? Pishloqmi? — deb so‘rabdi Sichqoncha.
  • — Bo‘lishi mumkin, — debdi bosiqlik bilan Qalam va chizishda davom etibdi.
  • Avval yuzini keyin esa quloqlari va katta-katta ko‘zlarini chizibdi.
  • — Axir, bu mushuk-ku! Yo‘q bo‘ldi, chizma, iltimos, — deb Sichqon yugurgancha iniga qochib ketibdi.
  • — Ha, bu haqiqiy mushuk, — deb baqairibdi Qalam.
  • Shundan buyon Sichqoncha inidan tashqariga chiqmaydigan bo‘libdi. Valijonning qalami esa hali sog‘-omon, faqat ozgina kichraygan, xolos.
  • Maqtanchoq
  • 20.03.2020BAHROM 7 729 ko‘rishlar
  • Bir mevali daraxt mevasiz daraxt bilan yonma-yon o‘sar ekan. Kunlardan bir kuni mevali daraxt debdi:
  • – Insonlarga mening ko‘p foydam tegadi, chunki ularga shirin mevalar beraman. Ammo sendan hech qanday foyda yo‘q, meva qilmaysan. Sening o‘rningda bo‘lganimda, uyatdan xijolat chekib, qurib qolardim.
  • Mevasiz daraxt qo‘shnisining gaplaridan ranjibdi. Ammo xafaligini bildirmay so‘zga og‘iz juftlabdi:
  • – Sen yanglishyapsan, odamlarga mening ham foydam bor. Bo‘lmasa, ular meni parvarish qilisharmidi?!
  • Mevali daraxt uni masxara qilishda davom etibdi:
  • – Qanday foyda?! Odamlarga foydang tegmagani yetmagandek, turgan-bitganing zarar. Sen bilan shart boylashishim mumkin. Odamlar rahmdil bo‘lganliklari va senga achinganlari uchun parvarish qilishadi. Aslida sening ishing tekinxo‘rlikdan iborat.
  • Mevasiz daraxt xotirjam javob beribdi:
  • – Agar yaxshilab o‘ylasang, senga va odamlarga ko‘p foydam bor. Ammo sen yaxshilikning qadriga yetmaysan. Uch-to‘rtta mevang bilan mag‘rurlanasan. Bir kuni hosil berishdan to‘xtasang, odamlar o‘sha kuniyoq seni arralab, o‘tin qiladilar.
  • Mevali daraxt kulib debdi: – O‘h-ho‘! Tiling ham uzun ekanmi? Bir dona meva bermaysan-u yana yaxshilik qilaman, deb da’vo qilasan.
  • Mevasiz daraxt uzoq o‘yga cho‘mib, keyin so‘zlay boshlabdi:
  • – Juda yaxshi. O‘zi haqida, qilgan yaxshiliklari haqida gapirish yaxshimas. Ammo, sen yaxshiliklarimning bir chekkasini gapirishga majbur qilyapsan. Agar durustroq o‘ylasang, odamlar uylarining eshik, deraza, tomini, hatto bolalarining beshigini ham mening yog‘ochimdan yasaydilar. Yog‘och karavotlar, qoshiqlar va boshqa idishlar ham qiladilar. Mevalarni bozorga tashiydigan arava, hatto tagingni yumshatib turish uchun ishlatiladigan belkurakning dastasi ham mendan yasalgan. Taging yumshagach yaxshi nafas olasan. Yodingda bo‘lsa, bir kuni, unda juda kichkina eding, bir eshak seni yemoqchi bo‘ldi. Qo‘lingdan hech narsa kelmasdi. O‘shanda xo‘jayinimiz seni himoya qilish uchun mening bir nechta shoxlarimni kesib, mevali shoxlaringni ko‘tarib turish uchun tirgovich qilib qo‘ydi. Hozir ko‘p meva qilgansan. Agar men bo‘lmaganimda, shoxlaring egilib, sinib tushardi. Senga suyanchiq bo‘lib, shoxlaringni va mevalaringni ko‘tarib turgan mening shoxlarim emasmi? Ey, do‘stim! Mening boshqa foydalarim ham bor, ammo hammasini gapirishdan uyalaman. Senga maqtanishdan ko‘ra shirin mevalar qilish haqida o‘ylash yarashadi. Hadeb maqtanaversang, mevalaring achchiq va bemaza bo‘lib qoladi, – deb so‘zlarini tugatibdi mevasiz daraxt.
  • Shundan so‘ng mevali daraxt o‘zining maqtanchoqligidan uyalib, jim bo‘lib qolgan ekan.

Download 260,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish