“Marketing” fanidan “Marketing” fanidan - Mavzu:Bozor Segmentatsiyasi.
- Kurs, guruh: 2-kurs IIT-51.
- Bajardi: Rafiqov Sherzod.
Reja:
I. KIRISH
II. BOZOR SEGMENTATSIYASI VA XARIDORLAR TURLARI.
2.1 . Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning xususiyatlari.
2.2 . Bozor segmentatsiyasi turlari.
2.3 . Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari.
III. . Bozorni segmentlash vazifalari va turlari.
3.1 . Bozorni segmentalash.
3.2 . Segmentalash turlari.
I. KIRISH
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni o‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. Iste’molchining talabi, xohishi, ehtiyoji, turmush tarzi, tovar va xizmatlarni sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma’lumotlar raqobatli xizmatlar bozorida samarali marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Ya’ni bozor segmentatsiyasi iste’molchilarning talabiga muvofiq xizmatlarni taklif etilishini va talabning qat’iyligini ta’minlaydi. Mehmonxona bozorini segmentlash natijasida maqsadli bozori iste’molchilarini aniqlash muammolari mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini belgilaydi. Birinchidan, segmentning o'zi tushunadigan so'zni belgilash - bu xuddi shunga o'xshash ehtiyojlar yoki istaklariga ega bo'lgan xaridorlar guruhi. Bozorlarning segmentlarga bo'linishi korxonalar va tashkilotlarga o'zlarining sa'y-harakatlarini nafaqat kelajakdagi va daromadli bozor segmentlariga ajratishga imkon beradi.
Bozorning segmentlanishi sanoat va iste'mol bozorlarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Iste'mol bozori segmentatsiyasini ko'rib chiqing. Bozor iqtisodiyoti nazariyasida menejment va marketing o’rtasida uzviy bog'liqliq mavjud. Marketing menejmentning asosiy funktsiyalaridan hisoblanadi. Korxonani boshqarish tizimi korxonada marketing xizmati tizimini samarali yaratish bilan chambarchas bog'liqdir. Uzoqni ko’zlovchi tadbirkorlar va menejerlar marketingning biznesdan ajralmasligini va raqobatlar mavjud bo’lgan sharoitda uning o’rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunishadi
Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va o’sishi sharoitida menejerlar korxonalarni bozor talablariga mos harakat qilishiga, iste'molchilar talabini hisobga olishi, raqobat kurashi uslublarini o’zlashtirishi, tovarni sotish va siljitishda marketing instrumentlarini qo’llashi, tijorat faoliyatida marketing strategiyasiga tayanishi kerak. Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida menejment va marketing asoslarining o’ziga xos tomonlarini chuqur o’rganishni taqozo etadi. Chunki, menejment va marketingning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o’z vaqtida his qilish va kamaytirishga, uning har xil muqobil turlarini, variantlarining eng maqbulini tanlashga, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlar bilan to’yintirish, doimiy talab mavjud bo’lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish, narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |