Mavzu yuzasidan savollar:
1. Nutq apparati a’zolariga nimalar kiradi
2. Nutq jarayonida qaysi organlar, analizatorlar qatnashadi?
4. Nutq apparatining tuzilishini so’zlab bering.
5. Nutq organlarida qanday nuqsonlar kuzatiladi?
20.mavzu: Ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
(2soat, nazariy)
Reja:
1 .Psixik rivojlanishda orqada qolgan bolalar haqida tushuncha.
2. Psixik rivojlanishdan orqada qolish sabablari
3 Psixik rivojlanishi orqada qolish turlari
Тayanch iboralar:
Ruhiy rivojlanish sustlashishining konstitutsional, somotogen, psixogen, serebral turlari, infantilism, psixomotor qo’zg’aluvchanlik, Infantilizm, serebral-endokrin infantilism –depressiya nevroz,serebrastenik holatlar, affektiv o’zgarishlar, epileptik buzilishlar
psixopatik o’zgarishlar,apatika dinamik buzilishlar
Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak tomir kasalliklari sabab bo’lishi mumkin. Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez-tez kasallanib turish natijasida bola yaxshi o’smay qolishi ham ruhiy rivojlanishdan orqada qolishga, kechikishga sabab bo’ladi, sust rivojlanishning somatik shakli deb shunga aytiladi.
Ruhiy rivojlanishning psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto’g’ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari psixik rivojlanishga ta’sir o’tkazadi.
Ruhiy rivijlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatdan ikkiga bo’linadi.
1.Yengil nuqsnli bolalar – bular maxsus sharoitda 1-3 yil ta’lim-tarbiya olgandan keyin o’qishni ommaviy maktabda davom ettirishlari mumkin.
2.Ruhiy rivojlanishdan sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – ular maktabni bitirgunga qadar maxsus sharoitda o’qishlari kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog’lom tengdoshlariday o’zlashtira olmaydi
Ruhiy rivojlanishning suslashganligi quyidagi turlarga bo’linadi
1) кonstitutsional; 2) somatogen; 3) psixogen; 4) serebral.
Konstitutsional shaki belgilari: bolaning gavda tuzilishi sog’lom tengdoshlariga nisbatan 1-2 yosh kichik ko’rinadi. U ozini bog’cha yoshidagi bolalarga o’xshab tutadi va ta’lim olish uchun hali yetilmagan bo’ladi. Bunday bolalar o’quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, o’qishga qiziqishi yo’q, ish qobiliyati past bo’ladi.
Somotogen shaklida- bolada surunkali infeksiyalar, allergik holat, tug’ma porok va shu kabi kasalliklar tez-tez uchrab turadi. Ayrim bolalarda somotogen infantilism kuzatiladi, ya’ni bola o’sib-unmagan, go’dak taxlit bo’lib qolaveradi. Bunda bola psixikasida nevrozga o’xshah holatlardan o’z kuchiga ishonmaslik, qo’rqqoqlik, injiqlik, erkalik, qiziqishning pastligi va boshqalar kuzatiladi.
Psixogen shaklida bola erta yoshligidan noqulay, noto’g’ri sharoitda tarbiyalanadi va shu tarbiyaning salbiy tomonlari bolaning psixik rivojlanishining orqada qoloshiga sabab bo’ladi
Serebral shakl- miya shikastlari , meningit, meningoensefalit, gidrosefaliya va boshqa kasalliklar natijasi bo’lib hisoblanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi 2 guruhga bo’linadi
1.Affektiv o’zgarishlar – kayfiyatning sababsiz aynib turishi, tajavvuzkorlikka moyillik bilan xarakterlanadi
2. Psixogen – bosh miyaning kasalligiga aloqador o’zgarishlar kuzatiladi. Utaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra bunday bolalarning 50 % da nerv sistemasida organic nuqsonlar bo’ladi Bu narsa ularning hissiy, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligiga, asosan organic infantilism tarzida namoyon bo’ladi. Bola tarbiyasi bilan mutloqo shug’ullanmaslik, uni butunlay o’z holiga tashlab qo’yish bolalarda burch va mas’uliyat hissi shakllanmasligiga sabab bo’ladi. Aql-idrokning rivojlanishi, qiziqishlari, bilish faoliyati, his-tuyg’u va iroda yetishmasligi ham bunga qo’shiladi. Bolani haddan ziyod ko’p erkalatish, yetarli mustaqil faoliyatga o’rgatmaslik, mas’uliyat hissini shakllantirmaslik, bolani erka qilib o’stirish, haddan tashqari ko’ngliga qarash natijasida ham bola ruhiy rivojlanishdan bir qadar orqada qolishi mumkin.Yoki aksincha bolaga qo’pol munosabatda bo’lish, jismoniy jazolash, o’ta qattiqqo’llik qilish ham bolani mudom asabiylashtirib, ruhiy orqada qolishiga sabab bo’ladi.
Ruhiy rivojlanishning psixogen shaklida kayfiyati o’zgarib, ko’tarinki kayfiyatda yuradigan bolalarda o’zlaridan yosh bolalarga xos xislatlar saqlanib qolgan bo’ladi. Ko’proq kayfiyati past , ma’yus yuradigan bolalar vazifani mustaqil hal qila olmaydi, tashabbus qila olmaydi, qo’rqish holatlari ko’p kuzatiladi.
Infantilizm
1.Serebral-endokrin infantilism – Bunda asosan ichki sekretsiya bezlari buzilgan bo’ladi. Natijada bolalarda his-tuyg’ular yaxshi rivojlanmay , nevropatiya holatlari yuzaga keladi. Bolaning uyqusi, ishtahasi yaxshi bo’lmaydi. Depressiyaga moyillik paydo bo’ladi.
2. Tabiatan nevrozga yaqin holatlar- bular qorong’ulikdan, yakka qolishdan qo’rqish, o’zi va atrofdagilar sog’ligidan xavfsirash, giperkinezlar, duduqlanish, enurez kabi hodisalar bilan ifodalanadi.
3. Psixomotor qo’zg’aluvchanlik – asosan o’g’il bolalarda uchqaydi. Serharakatlilik, diqqatning tarqoaligi, tez chalg’ish bunga xarakterlidir.
4. Serebrastenik holatlar – tez-tez uchrab turadi. Markaziy nerv sistemasi tez chatchaydi, neyrodinamik o’zgarishlar kuzatiladi. Natijada aqliy qobiliyat susayib, xotira pasayadi, diqqat tarqoa bo’lib qoladi, qiz bolalarda yig’loqilik, o’g’il bolalarda giperaktivlik kuzatiladi bola arzimagan narsaga tez charchaydigan bo’lib qoladi.
5. Affektiv o’zgarishlar – kayfiyatning sababsiz aynib turishi, tajavvuzkorlikka moyillik bilan xarakterlanadi
6. Epileptik buzilishlar har xil ko’rinishfdagi tutqanoq tutib turishi bilan namoyon bo’ladi.
7. Psixopatik o’zgarishlar – aqliy faoliyatga rag’bat pastligi, o’qishga salbiy munosabatda bo’lish, o’g’irlik qilish, yolg’on gapirish kabi salbiy xislatlar bilan namoyon bo’ladi.
8. Apatika dinamik buzilishlar – tashabbuskorlik pasayishi, aqliy faoliyat sustligi, haddan tashqari bo’shanglik bilan xarakterlanadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |