Marketing darslik


 Taktik rejalashtirishning roli va o„rni



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

 
6.2. Taktik rejalashtirishning roli va o„rni 
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo„lib, unga 
qo„yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar 
strategik rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda 
marketingni taktik rejalashtirishda o„rta muddatli strategik chora-tadbirlar 
amalga oshiriladi. Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo„lib 
qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har 
bir tovar guruhi bo„yicha ta‟minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, 
xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar 
bilan ta‟minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona 
imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 
Taktik 
rejalarda 
o„tgan 
yildagi 
ko„rsatkichlardan, 
jumladan 
korxonaning tovar aylanmasi ko„rsatkichidan o„sish, ustunlikka ega bo„lish 
mo„ljallansa, bu o„sishga imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni 
rag„batlantirish, 
reklama 
va 
boshqalar) 
ham keltiriladi. Bozorda 
sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti, iste‟molchilarning zarurati, 
raqobatchilar va tovar taqsimoti yo„llari ko„rsatib beriladi. 
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, 
imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni hamisha
diqqat markazida saqlashi va xavf-xatarning salbiy ta‟sirini oldini olish 
choralarini izlashi kerak. 


86 
Tovarni sotish imkoniyatlarida, avvalo korxonaning bozordagi tovari 
ulushi, raqobatchilar o„rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona 
tovarining sotilish hajmi oshayotgan bo„lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy 
holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar aylanmasi oshadi) 
yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani 
hisobiga bo„lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning bozordagi ulushi 
o„zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush 
oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va 
aksincha. 
Korxona rahbariyati, menejeri mijozlar munosabatiga, ularning 
o„zgaruvchan ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yo„qotmaslikka 
yo„naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tatbiq etish yo„llarini 
belgilashi kerak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki 
takliflari orqali fikrlari yoki maxsus to„ldiriladigan so„rovnomalar 
yordamida to„planadi. 
Bozor talabi asosidagi joriy ko„rsatkichlar mo„ljallangan reja 
ko„rsatkichlaridan keskin farq qila boshlasa, mo„ljallangan rejaga 
tuzatishlar kiritiladi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish