Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidan:
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi bo‘ysunuviga;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan holda ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha moliya organlari tuman va shahar bo‘linmalaridagi sho‘balar — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.
LexUZ sharhi
2-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Kompleksining rahbari (Z.T. Mirzayev), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat vazirligi o‘z boshqaruviga topshirilayotgan yuqoridagi jamg‘armalar va inspeksiyaning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlasin.
LexUZ sharhi
2-bandning beshinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish jamg‘armasi tugatilsin va uning funksiyalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi zimmasiga yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida:
Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, shuningdek Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi;
Budjetdan tashqari Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.
5. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 336 nafardan iborat yangi tashkiliy tuzilmasi 1-, 2-, 2a-ilovalarga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, viloyat markazlari — shahar hokimliklari moliya bo‘limlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining hamda moliya organlari tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qo‘yilgan cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 8-ilovaga* muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
* 1 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan birgalikda budjet mablag‘laridan, eng avvalo ijtimoiy soha muassasalarida samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish, davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar darajasida mustaqilligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Moliya vazirligi markaziy apparatining, G‘aznachilik, hududiy moliya organlari va Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hududiy boshqarmalarining bo‘shayotgan xodimlarini ish bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-mart,
PQ-2847-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |