Servis kitobchasi bo’yicha avtomobillarga TXK. Xozirgi vaqtda O’zR da ishlab chiqarilayotgan DEU yengil avtomobillari, ekspluatatsiya qilinayotgan Mersedes Bents avtobuslari va yuk avtomobillari, hamda xorijiy yurtlarda ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan avtomobillarga firmaviy-servis kitobchasi bo’yicha xizmat ko’rsatiladi.
Servis kitobchasida avtomobillar uchun kafillik shartlari va TXK uchun yo’riqnomalar keltiriladi. Xozirda ishlab chiqarilayotgan DEU yengil avtomobillarining servis kitobchasida quyidagilar o’z aksini topgan:
- yangi transport vositasi uchun kafolatlik davri(12 oy yoki 20000 km);
- nima kafolatlanishi (buzuq agregat va detallarni tekinga almashtirib berish);
- nima kafolatlanmasligi (ta’mirlash yoki almashtriuv zavodning ayibi bilan bo’lmasa, hamma avtomobillarda tozalagichlar, o’t oldirish kontaktlari, kondensatorlar, svechalar, tasmalar, saqlagichlar, ilashish muftasi disklari, tormoz kolodkalari va h.k.);
- shinalar bo’yicha kafolat (shina ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi);
- avtomoshina egasining javobgarligi (o’z vaqtida kafolatli xizmat ko’rsatishga avtomobilni yetkazish va servis kitobchasida belgilangan ekspluatatsiya shartlariga rioya qilish).
Yuqorida keltirilganlardan tashqari avtomobilni xarid qilishdan avval sotuv oldi xizmatini o’tish va belgilangan davrlardan so’ng o’z vaqtida TXK, hamda unda bajariladigan barcha ishlar majmuasi keltiriladi.
Quyida DEU firmasi tomonidan har bir turdagi avtomobillar uchun belgilangan tekinga xizmat ko’rsatish davrlari keltirilgan:
- hamma yengil avtomobillar uchun - 1000-2000 km,
- yuk avtomobillari uchun (1t) - 1000 km,
- yuk avtomobillari (8t,11t) - 500 km,
- avtobuslar(katta xajmdagi) - 500 km.
Uz DEU avto KO tomonidan avtomobillarga firmaviy xizmat ko’rsatish davrlari belgilangan bo’lib (10,20,30,40,...ming km), har bir belgilangan davr ichida avtomobillarning qaysi qismiga xizmat ko’rsatish va almashtiriladigan mahsulotlarning nomi keltirilgan. Undan tashqari avtomobillarda ishlatiladigan yonilg’i va moy mahsulotlarining tavsiya etilgan nomlari keltirilgandir.
tx va jt tizimini tashkil etish usullari va uning tasnifi. Avtomobillarga TXK va JT tizimining asosiy negizi, ularning texnik ekspluatatsiya, ekspluatatsiyaon sharoiti, ishonchliligi va sifat darajasi, tashkiliy texnik chegaralovlar hisoblanadi.
TX o’z ichiga 8-10 tudagi ishlarni oladi (moylash, qotirish, sozlash, nazorat etish va h.k.) va 150-280 dan ortiq agregat va mexanizm detallariga ogohlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Respublikamizda harakatdagi qismlarga TXKvaJT Nizomiga ko’ra, SNG davlatlarida chiqarilgan ko’pgina avtomobillarga TXK ishlari quyidagi me’yoriy davriylikda o’tkaziladi.
-
Avtomobillar turi
|
TXK - 1
|
TXK - 2
|
Yengil avtomobillar
Avtobuslar
Yuk avtomobillari
|
4000 km
3500 km
3000 km
|
16000 km
14000 km
12000 km
|
Xarakatdagi qismga TXK va JT NIZOMI asosiy xujjat hisoblanib, unga asosan barcha ishlar rejalashtiriladi va tashkil etiladi hamda, qo’shimcha me’yoriy texnologik xujjatlar ishlab chiqiladi. Nizom- harakatdagi qismga TXK va JT asoslaridan iborat bo’lib, u tizim va texnik siyosatni aniqlaydi. Bunda TXK va JT ning turlari, boshlang’ich me’yoriy ko’rsatgichlar, ekspluatatsiya sharoitlari va korrektirovka turlari, TXK va JT ni tashkil etish usullari va bajariladigan operatsiyalarning nomlari keltirilgan,
Avtomobillarga TXK ko’p texnologik operatsiyalardan iborat bo’lib, o’zining maqsadi, xarakteri, bajarilish sharoiti, ishlatiladigan jihozlar, moslamalar va bajaruvchining kvalifikatsiyasi bo’yicha jamlanib, KX, TX-1, TX-2, MX turlariga bo’linadi.
KXK da umumiy tekshiruv, tozalash, yuvish, quritish va yoqilg’i, moy, maxsus suyuqliklarni me’yoriga keltirish ishlari bajariladi.
TX-1, TX-2 va MX da asosan tozalash, tekshiruv diagnostika, qotirish, sozlash, elektrotexnik, shina, akkumulyator, moylash va agregat, mexanizmlardagi moylarni me’yoriga keltirish va almashtirish ishlari bajariladi.
Ta’mirlash ishlari o’zining xarakteri va yo’nalishi bo’yicha qayta tiklash (QT) va joriy ta’mirlash (JT) kabi turlarga bo’linadi.
QT ishlay bilish qobiliyatini yo’qotgan avtomobil va uning ag-regatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Avtomobil yoki uning agregatini qayta tiklashda bo’laklarga ajratish, tiklash va detallarni almashtirib qayta yig’ish, sozlash va sinash ishlari bajariladi. Agregat KT ga, uning o’zak va asosiy detallari ta’mirlab bo’lgan taqdirda jo’natiladi.
JT, avtomobil va uning agregatlarida paydo bo’lgan buzuqliklarni bartaraf etish va qayta tiklashgacha bo’lgan me’yoriy davrni yurishini ta’minlash uchun bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |