Markaziy Osiyoning sanoati
Reja:
1. Markaziy Osiyo sanoatining xo`jalikda tutgan o`rni
2. Regionda sanoat tarmoqlarining shakllanishi , joylashuvi va rivojlanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar
3. Markaziy Osiyoda sanoat tarmoqlari
4. Markaziy Osiyoda yoqilg`I energetika sanoat majmuasi
5. Markaziy Osiyoda yoqilg`I energetika sanoati majmuasining istiqbollari
Markaziy Osiyo MDH davlatlari orasida asosan xom ashyo va yarim xom ashyo maxsulotlari, qisman sanoat maxsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirilganligi bilan ajralib turadi.Sobiq Ittifoq davrida, Qozog`iston, O`zbekiston, Turkmaniston Respublikalarida tog – kon, yoqilg`i-energetika, rangli metallaurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoat tarmoqlari shakllandi. 1980 yil Tojikistonda va Qirg`izistonda energetika, oziq – ovqat va yengil sanoat , avtomobilsozlik, rangli metallurgiya sanoat tarmoqlari shakllana bordi. Albatta sanoat tarmoqlarini shakllanishi va joylanishuvida Respublikalardagi xom – ashyolar , mineral va suv resurslari muhim rol o`ynaydi. Shuningdek, ko`p sanoat tarmoqlari urush yillari Qozog`iston va O`zbekiston hududiga ko`chirib kelindi. Ularning bo`limlariRespublikalar , viloyatlarda hamda Qozog`iston, Tojikiston hududlarida tashkil etildi.
Urushdan keyingi tiklanish davrida ko`chirib olib kelingan sanoat korxonalarining ba`zi birlari shu hududda qoldirildi, ayrimlarini yana oldingi joylariga olib borib tiklanildi.
Markaziy Osiyo sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg`I –energetika, metalurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, yengil va oziq- ovqat sanoatlari ham rivojlanib bormoqda.
Markaziy Osiyo Respublikalari orasida Qozog`iston davlati sanoat ishlab chiqarish bo`yicha ajralib turadi. buning uchun yetarli miqdorda tarmoqlar mavjud.
Hududda yoqilg`I sanoati uchun ko`mir , neft va tabiiy gaz zahirasi mavjud. Eng yirik havza Qarag`anda konidir. Bu yerda toshko`mir va kokslanuvchi ko`mir qazib olindi. Ekibastuz havzasidan ochiq usulda qo`ng`ir ko`mir qazib olinadi. Uning tannarxi juda arzon, asosan issiqlik elektrostansiyalarida xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Qozog`iston Respublikasida neft konlari Emba havzasida, Mang`ishloq va Shimoliy Ustyutda mavjud. Kaspiy dengizi shel`fida, Mug`ojar tog`lari bilan Qozog`iston past tog`larining oralig`ida nerft zaxiralari mavjud. Neft bor joyda gaz konlari ham bor.
Markaziy Osiyo hududida sanoat tarmoqlarini, shuningdek qishloq xo`jaligining shakllantirish va rivojlantirishda yoqilg`i- energetika sanoatining ahamiyati nihoyatda katta. Har bir Respublika shu sanoat majmuasini shakllantirish, hududlar bo`ylab to`g`ri joylashrtirish va rivojlantiishga harakat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari yiliga 200mlrd. kv.t soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ba`zi bir Respublikalarda elektroenergiyani asosiy qismi issiqlik va ba`zi birlarida gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarilgan energiyaga to`g`ri keladi. Jumladan Qozog`iston elektroenergiyasining asosiy qismi issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bu hol O`zbekistonga ham tegishlidir. Issiqlik elektrostansiyalarining ichida eng yirigi – Ermak GRESi bo`lib, uning quvvati -2,4 mln.kv dir. Yirik elektrostansiyalar Almata, Qarag`anda, Petropavlovsk, Taroz, Shimkent, Pavlodar shaxarlarida qurilgan, gidroelektrostansiyalar: Ust`-Kamenogorsk va Buxtarma GESlaridir.
Turkmaniston Respublikasida ham neft va gaz zaxiralari yetarli. Gaz zaxiralari hajmiga ko`ra Turkmaniston MDHda Rossiyadan keyingi ikinchi o`rinda turadi. Shuning uchun ham mamlakatning asosiy sanoat tarmog`I, neftni qazib olish va qayta ishlash bilan bog`liq. Bu davlatda ham issiqlik elektrostansiyalarida, energiya ishlab chiqaradi. Elektr energiyaga bo`lgan ehtiyojini O`zbekiston va Tojikistondan oladi. Turkmaniston Rossiya, Ukraina , Eronga va Turkiyaga gaz va neft eksport qiladi.Mustaqilik yillarida Yaponiyaga gaz sotishni rejalashtirgan.
Tojikiston Respublikasida ham mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan ko`mir, neft va gaz konlari mavjud. Ammo, gidroenergetik potensiali yuqori. MDH davlatlari orasida gidroenergiya quvvati bo`yicha Rossiya Federatsiyasidan so`ng ikkinchi o`rinda turadi. Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES asosiy energiya manbai hisoblanadi. Rogun, Pomir GESlari qurish mo`ljallangan. Farg`ona vodeysidagi hududlar Farhod GESi va O`zbekistonda Shirin GRESi hamda Angren GRESlarining energiyasidan bahramand bo`lishadi.
Qirg`izistonda ham qo`ng`ir va toshko`mir konlari mavjud. Neft va gaz zahirasi mahalliy ahamiyatga ega. Lekin gidroenergetik resursga boy. Gidroenergiya potensiali bo`yicha Markaziy Osiyoda Tojhikiston Respublikasidan so`ng 2- o`rinda turadi. Norin daryosida To`xtagul GRESi ishga tushurildi. Yoqilg`I va energiyaning ma`lum qismini O`zbekiston va Qozog`iston Respublikalaridan oladi.
O`zbekiston Respublikasi hududida gaz zaxiralari neft va qo`ng`irik o`mir hamda mahallliy ahamiyahga ega bo`lgan toshko`mir konlari bor. O`zbekistonning Farg`ona vodysida neft va gaz, Ohangaron vodiysida qo`ng`irik o`mir, Buxoro va Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridagi quyi Amudaryo, iqtisodiy rayonida gaz va neft zaxiralarini yirik konlari mavjud. Asosiy elektroenergiya manbai issiqlik elektroenergiya stansiyasidir.
Bular: Toshkent, Angren, Shirin, Navoiy, Taxiatosh GRESlari , Chorvoq, G`azalkent , va boshqa GRESlaridir. Yiliga 55mlrd. kvt. soatdan ko`proq energiya ishlab chiqariladi. Respublika energiyasi eksport qilinadi, shuningdek gaz ham.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida neft qazib olish bo`yicha Qozog`iston, Respublikasi birinchi, O`zbekiston ikkinchi va Turkmaniston uchinchi o`rinda turadi. Agarda 1990 yilda bu Respublikalarda qazib olingan neft 25,8 ; 2,8 va 5,7 mln.t tashkil etgan bo`lsa , 1995 yilda 20,5 ; 7,8 va 4,7 mln.t ga yetdi. 90- yillardan keyingi davrda Qozog`iston Respublikasi va Turkmanistonda qazib olish ko`rsatkichi pasaygan. O`zbekistonda ortdi va 2000 yilda uning miqdori 8,0mln.t dana ortdi. Shunday ko`rsatkichni gaz olishda ham ko`rish mumkin. 1990 yilda Qozog`iston , O`zbekiston Respublikalarda va Turkmanistonda 6,6; 38,0 va 81,8 mlrd.m3 gaz olingan bo`lsa, 1995 ilda 5,9; 47,5 va 32,3 mlrd.m3 gaz qazib olingan.
Markaziy Osiyo Respublikalarida yoqilg`I – energetika majmuasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shulardan biri Markaziy Osiyoda yagona energetika sistemasini vujudga keltirish, neft va gaz boyliklarini o`zlashtirish va ularni jahon bozoriga olib kirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |