Abu Rayhon Beruniyning o‘z davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri yerning sharsimon shaklida ekanligini ko‘rsatish uchun yer shari moduli globusni ixtiro etganligidir. U quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, yer esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini o‘z ta’limotida bayon etgan.
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tabiatdagi ahamiyati borasidagi ma’lumotlar keltiriladi. ‘Tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonunlar asosida boshqariladi” degan muhim ilmiy xulosa chiqariladi.
U “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” nomli asarlarida o`simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasiga oid qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi.
Mutaffakirlarimiz atrof muhit, inson, hayvonot va o‘simlik dunyosi haqida keng bilimga ega bo`lib, uni targ`ib etganlar. 0‘rta Osiyolik mashhur allomalar bolalarga yoshligidan boshlab atrof-muhitni ifloslantirmaslik, olovni ehtiyot qilish, hayvonlarni o`ldirmaslik, nihollarni sindirmaslik, qush uyalarini buzmaslikni o'rgatish lozimligini uqtirganlar.
Atrof muhit bilan uyg'un holda yashab, tabiat qonuniyatlaridan amaliyotda unumli foydalanilganlar. Masalan, xalqimiz har vaqt boshini janub tomonga qo‘yib yotsa, yerning magnit maydoniga moslashib, bosh miya dam oladi. Kishi boshini sharq tomonga qo'yib yotsa, yer aylanishi bilan inson tanasidagi qon aylanish moslashib, yurak dam oladi. Faqat o`liklarning boshi shimol tomonga qaratib qo‘yiladi va ko'miladi. Tabiat go’zalliklaridan bahra olish, uni sevish atrof muhit muhofazasini tashkil etish borasidagi muhim omillardan biri sanaladi. 0‘rta Osiyo mutaffakirlarining o‘z asarlarida tabiat go‘zalliklarini madh etishga e’tiborini qaratgan hamda insonlarni tabiat go'zalliklarini qadrlashga undagan.
0‘quvchilarga jonli va jonsiz tabiat haqida bilimlar berilar ekan, albatta tirik organizmlarning yashash sharoiti, ularning o‘zi yashab turgan muhit bilan o‘zaro murakkab munosabati asosiy vujudga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadilar.
0‘rta asrlarda Markaziy Osiyo da yashab ijod etgan olimlardan Muhamnmad
Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrga tabiat bu undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Maktabda o'quvchilarning ekologik tarbiyasi ta'limning birinchi kunidanoq amalga oshiriladi. O'quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot tabiatni saqlash haqidagi tasavvurlar va tushunchalarni aniqlash, yig‘ish va tizimga solish, tabiatdagi narsalar va hodisalarning o‘zaro bog'liqligini ular tushunadigan darajada ko‘rsatish ularning insonlar tarafidan saqlanishi zaruriyatini tushuntirishdan boshlanadi. To'rtirtchi sinfda o‘quvchilarning tabiat, uning o'zaro aloqalari haqida olgan bilimlari bir tizimga solinadi va chuqurlashtiriladi.
Mutafakkirlarimiz tabiat va ekologiya haqidagi ilmiy fikrlaridan boshlang'ich maktab tabiatshunoslik dasturidagi ‘Tabiatda havo va suv, foydali qazilmalar, o'simliklar va hayvonot olami, ekologiya, O'zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”i, - quyosh sistemasidagi sayyora, Vatanimiz bo'ylab sayohat mavzularida foydalanishi mumkin. Bunda qadimgi davrlardagi o'lkamiz tabiati, daryolari, suv havzalari, relyefi, o'simlik va hayvonot olami haqida qiyosiy ma’lumotlar beriladi, ayniqsa, “Qizil kitob” ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar mavzularini o'tishda o'sha davrdagi o'simlik va hayvonlar turlari hozirgi davrdagi o'simlik va hayvonot dunyosi bilan solishtirilib ko'riladi. Buyuk allomalar keltirgan qimmatli ma’lumotlardan darsdan tashqari mashg'ulotlarda, hamda mustaqil ta’lim o'rganish jarayonlarida foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.
Tabiatshunoslikni alohida o‘quv predmeti sifatida o'qitish 4- sinfda ham davom etadi. 0‘quv materiali «Atrofimizdagi tabiat», «Geografik xarita», «Yer — Quyosh sistemasidagi sayyora», «0‘zbekiston — globus va dunyo xaritasida», «Tabiatning xilma- xilligi», «0‘zbekiston tabiatini asraymiz», «Foydali qazilmalar», mavzularini o`rganish jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanadilar.
«Yer — Quyosh sistemasidagi sayyora» mavzusi orqali o‘quvchilar globus — yerning kichraytirilgan shakli ekanligi, OY Yeming yo'ldoshi, Yerning harakati, kun bilan tun, issiqlik va yorug‘likning Yerda taqsimlanishi, yeming sun’iy yo'ldoshlari va raketalar haqidagi dastlabki bilimlaiga ega bo'lishadi. Amaliy ishlam bajarish jarayonida yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash nechta okean, qit’a mavjudligi, bizning davlatimiz — 0‘zbekistor Yer sharining qayerida joylashgan, nima uchun oy yerninj yo‘ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan yerdan farq qilishi quyosh va uning yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunninj hamda yil fasllarining hosil bo‘lishi kabi savollarga javob topishlarida raqamli texnologiyalardan foydalaniladi.
Adabiyotlar.
1. M.I. Nuriddinova "Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi" Toshkent 2005 y
2. X.M. Pulatova "Tabiatshunoslikni maxsus o'qitish metidikasi" Toshkent 2000 y
Do'stlaringiz bilan baham: |