Markaziy Osiyoda qadimgi yozuvlar, yozuv madaniyati va arxiv ishining vujudga kelishi. Yunon-Baqtriya, Parfiya va Kushonlar davrida davlat ish yuritish an’analari va arxivlar
Arab yozuvida ko’p foydalaniladigan xat turlari ko’fa, na’staliq,suls va shikasta shakllaridir. Gumbaz ostida bezak yozuvlarining g‘oyaviy asosi devorlar yuzasidagi “al-mulk lillah” jumlasiga qo‘shimcha dek hisoblanadi.
Arab yozuvining kitobiy husnixat turlari ham bir qancha. Kitoblar nasx, ta’lik, nasta’liq, suls kabi mashhur xatlar bilan bitilgan. Ularning boshlov lavhalarida ko‘pincha ko‘fa yozuvining badiiy turlaridan hamda shikasta usulidan foydalanilgan.
Markaziy Osiyoda arab yozuvining VIII asrdayoq faol o‘zlashtirilishi va mahalliy tillarga modifikatsiya qilingan alifbolarning tezda shakllanishi bejiz hodisa emas edi. Buning ostida ajdodlarimizning salkam uch ming yillik yozuv an’analari va madaniyati yotar edi. Epigrafik obidalarda o‘lkamiz hattotlari qo‘li bilan o‘yilgan, koshin parchalaridan yig‘ilgan naqshin bitiklar arab xatining turli grafik usullari va husnixat shakllarida bajarilgan.
1958-1959-yillarda Surx-Ko‘talda oldingi topilgan yodgorlikning ikki nusxasi topildi. Avvalgidan farqli ravishda nusxalarning xulosa qismi va so‘zlari alohida yozilgan. Dastlab bu nusxalar E.Benvenist tomonidan o‘rganilgan. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan barcha toshtaxta yozuvlar paleografiyasi bo‘yicha R.Gyobl maxsus izlanishlar olib borgan. Izlanishlar natijasi unchalik ishonchli emas edi. R.Gyobl va X.Xumbaxning noto‘g‘ri tarjimasi bo‘yicha Gershevich tanqidiy maqola e’lon qildi.
Katta Surxko‘tal yozuvining uchta nusxasidan tashqari, Surxko‘tal ibodatxonasidan “Tugatilmagan yozuv”, “Devoriy yozuv”, “Palameda yozuvi” bo‘laklari (unda faqat so‘nggi uch qator yozuvlar saqlanib qolgan) ham topilgan.
Markaziy Osiyoning qadimiy yozuvlari oramiy alifbosini davom ettirganlari sababli o‘sha ajdod alifbodagi kabi 22 harfli belgilar tizimidan iborat bo‘lgan: alif, beyt, gimal, dalet, ha, vav, zayn, xet, tet, yoy, kof, lom, mim, nun, se, a’yn, pe, tsadde, qof, resh, shin, tau – bular oramiy harflarining an’anaviy “nomlari”. Asli bularning o‘zi kan’oniy (finikiy) yozuvining davomida paydo bo‘lgan. Holbuki, hali hanuz ushbu sal kam 3500 yillik qadimiy alifbo tizimlarining nomlari zamonaviy alifbo tizimlarining tartibida, ba’zi siljishlarni e’tiborga olmasak, saqlanib kelmoqda: alif, be, te, se, yu, jim, dol, zol, va h.k.; alfa, beta, gamma, delta.......; ey, bi, si, di....., a, b, v, g, d..... va b.. O‘lkamizga arab yozuvining rasman kirib kelishi (milodiy VIII asr o‘rtalarida bevosita, halifa Xishom II davri) ajdodlarimizning qadimiy yozuv madaniyatini ta’qiqlash orqali amalga oshirilgan. Bir tomondan, bu hodisa mintaqamiz xalqlarini yangi jahon sivilizatsiya maydonlariga olib chiqqani bilan belgili bo‘lsa, ikkinchi tomondan, asrlar osha avaylab kelingan yuksak madaniy an’analarning chuqur transformatsiyasiga yo‘l ochib berdi.
Eski Niso arxivi Parfiya davlatining ijtimoiy-xo‘jalik hayoti, ma’muriy-soliq tizimini chuqur anglashga imkon beradi.
Hujjatlardan Parfiya davlatining shimoli-sharqiy qismidagi mahalliy boshqaruv mexanizmlari haqida qimmatli dalillarni topish mumkin. Boshlang‘ich ma’muriy birlik diz – mustahkam qishloq (qal’a) bo‘lib, uning boshlig‘i dispat deb atalgan. Dizpatlar satrapga bo‘ysingan.Soliqlar asosan natura bilan to‘langan. Soliqlarni yig‘ish va ularni saqlashda bir qator amaldorlar ishtirok etgan. Masalan;, vino omboriga uzumlarni keltirishda “vino keltiruvchi”, “muhr bosuvchi”, “mirzo”, “hisobchi” kabi amaldorlar unvonlari tilga olinadi. miloddan avvalgi 247-yilga to‘g‘ri keladigan bo‘lib, undagi sanalar zardushtiylik taqvimiga mos keladi. Hujjatlarda oy va kunlar terminlari ham uchraydi. Shuni aytish mumkinki, zardushtiylik taqvimining tarixiy ildizlari mustaqil va qadimiy asoslarga ega.
Mil.av. I ming yillik o‘rtalarida Baqtriya Ahmoniylar saltanatining eng oxirgi sharqiy satrapi hisoblangan. Mil av. 329-327-yillarda Baqtriyani Aleksandr Makedonskiy bosib oladi. Uning saltanati parchalangandan so‘ng bu yerlar Salavkiylar mulkiga aylanib qoladi.
Salavkaning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarni darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat bu yerda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo viloyatlari mulklaridan mahrum bo‘lishidan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy noiblik (satraplik)larni ta’sis etgan edi.
Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishlari boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada ortdi.
Ko‘plab viloyatlarni birlashtirgan Salavkiylar davlatining ichki siyosiy boshqaruv masalalari ancha murakkab edi.
Tangalardagi yozuvlarga asoslanib aytish mumkinki, Kanishka davrida yunon alifbosi baqtriya tiliga moslashtirilgan.Tangalarning yuzasiga yunon tilidagi yozuvlar o‘rniga baqtriya tilidagi yozuvlar yozdirilgan. Yunon alifbosi asosida baqtriya yozuvining shakllanishi Kanishka davridan avvalroq Vima Kadfiz davrida paydo bo‘lgan deyish hanuzgacha o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. X.Yunker, E.Xersfeld va R.Kyuriel asarlarida baqtriya yozuvi yunon kursiv yozuvlaridan kelib chiqqan deb e’tirof qilingan edi. Baqtriya yozuvi paleografiyasiga R.Kyuriel, A.Marik, X.Xumbax, R.Gyobl, I.Gershevich va V.A.Livshislarning asarlarida maxsus bo‘limlar ajratilgan. Baqtriya yozuvining ikki turi – monumental va kursiv turlari ajratib ko‘rsatiladi.
Avestaning 12 ming mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan va “Doro ibn Doro” saroyi xazinasida (ya’ni xos arxiv yoki kutubxonada) saqlangan nusxasi haqida bormoqda. Shunday qilib, Avesta kitobi yo‘q qilingach, uni mobadlar xotirasida (yod olingan holda) avloddan avlodga o‘tib kelgan shaklida qayta yozib olishga qaratilgan harakatlar ko‘p marta takrorlangan. Dastlabki urinish Parfiya podshosi Valaxsh (Vologez) davrida (miloddan avv. I asr oxiri – milodiy I asr boshlari), keyinchalik zardushtiylik Eronga kirib borib davlat dini maqomiga ko‘tarilgan III asrdan boshlab to milodiy VI asr o‘rtalarigacha Avestani to‘liq tiklashga harakatlar takror-takror amalga oshirilgan. Nihoyat, milodiy 532-579-yillarda podsholik qilgan Xusrav I Anushirvan davrida bu ish payoniga yetib, Avesta 21 kitob (nasklar) shaklida tiklangan. Bu orada O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki ravishda Avesta matnlari avloddan-avlodga uzatishda davom etishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |