Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


 An’anaviy moddiy madaniyat



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

3.4. An’anaviy moddiy madaniyat
Uy-joylar
. 0 ‘zbeklaming an'anaviy turar-joylari qadimdan o ‘ziga 
xos bo‘lib, ular yashagan mintaqaning tabiiy-geografik sharoiti bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Turar-joylar Ьаф о etishda qurilish konstruksiyasi va 
uslubi, loyihasi hamda bezaklari bilan ajralib turgan, mustaqil va 
o ‘ziga xos Farg‘ona, Buxoro, Xiva hamda Shahrisabz me'morchilik 
y o ‘nalishlari m ashhur bo‘lib kelgan. Uy-joy qurilishida o ‘zbeklarda 
ba'zi bir o ‘ziga xoslik saqlansa-da, umumiy yagona me'morchilik tipi 
keng tarqalgan bo‘lib, qadimiy uylar odatda, ko‘cha va qo‘shni tomoni 
derazasiz devor bilan o‘ralgan hovlilardan iborat bo‘lgan. Barcha 
turar-joy va xo‘jalik xonalarining oynalari ichkari tomonga qaratilgan. 
Hovli ikki qismga: bolalar va ayollar uchun ichkari hamda nomahram 
erkaklar va begonalar uchun m ehmonxona shaklidagi hashamatli 
xonalardan iborat tashqari hovliga boHingan.
Hunarmandlaming uylarida do lkon va shogirdlar yashaydigan 
xonalar ham tashqarida joylashgan. Eng ko‘p tarqalgan variantlardan 
biri dahliz va katta xonadan iborat bo ‘lgan uylarni ko‘rsatish mumkin. 
Bunday uy-joylar odatda, oldi ham ayvonli va ayvonsiz qilib qurilgan. 
0 ‘rtacha oilalarda esa m ehmonxona sifatida uyning bir hujrasi 
ajratilgan. Aholi o‘rtasida an'anaviy paxsa uylar qurish bilan birga 
naqshinkor ganchli binolar qurish ham mavjud bo ‘lgan.
0 ‘zbeklarda doimiy uy-joylar qurilishida mahalliy tuproqdan 
tayyorlangan loy asosiy qurilish materiali hisoblanib, ayrim o ‘ziga 
to ‘q xonadonlarda pishgan g‘ishtdan ham uylar qurilgan. Buxoro va 
Xivada hovli eshiklariga jez yoki temirdan yasalgan bolg‘a yoki 
xalqasimon boldoq osilgan. Eski tipdagi uylaming xonalari va 
oynalari ayvonga chiqqan, darchalar yer sathi bilan teng bo‘lgan. 
Eshiklar ichkariga, darchalar esa tashqariga ochilgan. Deraza yoki 
eshikning yuqori qismiga yorugMik tushadigan piramon (tobazon) 
q o‘yilgan, unga yog'och yoki ganchdan yasalgan panjara o ‘matilgan.


U yga kiradigan jo y d a eshik oldida to ‘g ‘ri burchakli peshtoq (poygak) 
b o ‘lib, unga poyafzal yechilgan. Eshik oldidagi burchakda suv 
tashlanadigan m axsus jo y (obrez, adan, toshnov) joylashgan bo‘lib, 
unga B uxoro va Sam arqandda m arm ar tosh, X ivada esa maxsus sopol 
buyum o 4m atilgan.
O datda, uylam ing tarhi oila a’zolarining soniga qarab bir nechta 
xona, dahliz va ayvon, shuningdek, xo‘jalik binolari hisoblangan 
om borxona, hojatxona va m olxonada iborat b o 4lgan. Shaharlar yoki 
aholi zich joylashgan qishloqlarda m ehm onxona odatda, ikkinchi 
qavat - bolaxonada joylashgan. 
Ayniqsa, Toshkent, 
Buxoro, 
Sam arqand va U rgut shaharlarida ju d a shinam m ehm onxonalar 
qurilgan. Shu kabi m ehm onxonalardan to ‘y hasham lar va motam 
m arosim larida ham keng foydalanilgan. B undan tashqari, qish paytlari 
m ehm onxonalarda 
m ahalla 
erkaklari 
to ‘planib, 
gap-gashtaklar 
o 4tkazgan. Hozirgi kunga kelib zam onaviy uylam ing qurilishi ancha 
takom illashgan b o ‘lib, ularda m illiy an'analar zamonaviy k o ‘rinishlar 
bilan o ‘zaro u y g ‘unlashgan. Bugungi uylar m uayyan reja asosida turli 
qulayliklar bilan qurilm oqda.
Shahar va yirik qishloqlar yana bir qancha m ahallaga b o ‘lingan. 
Ba’zi joylar (Toshkent va F arg‘ona vodiysi shaharlari)da m ahalla, 
ayrim hududlar (Sam arqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi va boshqa 
shaharlar)da guzar deb atalgan. Barcha hududlarda aholining uy- 
joylari m ahalla (guzar), k o ‘cha va orqa tom oni bilan qo‘shni (guzar)ga 
qaratib qurilgan. Shu tariqa, har bir m ahalla (guzar) bir-biridan uy 
devorlari bilan ajralib turgan. Ilgari har m ahallaning o ‘z darvozasi 
bo‘lib, ko ‘chalari darvoza ichkarisidan qulflab qo 4yilgan.
30-80 ta xonadon odatda, bir m ahallaga uyushgan va har bir 
mahalla o ‘z m aktabiga ega bo‘lgan. Shaharlam ing kengayishi bilan 
m ahallalam ing soni ham ortib borgan. X IX asrda Toshkentda 47 ta, 
Andijonda 43 ta, Buxoroda 220 ta, Qarshida 20 ta, Shahrisabzda 52 ta 
m ahalla (guzar), Xivada esa 20 ta yirik iloq b o ‘lgan.
K o‘p shaharlar m avzelar va shahar atrofidagi qishloqlar bilan bir- 
biriga ulanib ketgan edi. M avze va qishloq odam lari ham m uayyan bir 
m ashg'ulot bilan shug‘ullangan. Shaharlarga yaqin qishloqlam ing 
aholisi ko ‘proq hunarm andchilik bilan m ashg‘ul bo4 Isa, sug4orma 
dehqonchilikka 
asoslangan 
hududlardagi 
qishloqlarda 
esa 
bog‘dorchilik va dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Qir-adirlar va to g ‘ 
etaklarida joylashgan 
qishloqlarda 
lalmi 
dehqonchilik 
hamda
68


chorvachilik xo‘jalikning muhim tarm og‘i hisoblangan. Shu sababli 
mahalla, 
guzar 
va 
qishloqlar 
aholisi 
ko‘proq 
nima 
bilan 
shug‘ullanishiga 
qarab 
nomlangan. 
Egarchilar, 
ko‘nchilar, 
mardikorlar, aravakashlar, kulollar va etikdo‘zlar mahallalari, sholikor 
qishloq, g ‘allakor qishloq, temirchi-taqachi qishlog‘i va hokazo. 
Shuningdek, yirik qishloqlar ham shaharlardagidek mahalla va 
guzarlarga b o ‘lingan. Har-bir fuqaro masjidga qatnaganligi uchun 
ushbu mahalla yoki qishloqlar aholisi “ masjit-qavm” deb atalgan.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish