5-mavzu boyicha nazorat savollari'
“Markaziy Osiyo xalqlari dinlari(buddizm va xristianlik)” mavzusi bo‘yicha nazorat savollari:
Buddizm qachon va qaerda paydo bo‘lgan?
Buddizmning qanday asosiy yodgorliklarini bilasiz? Ular qaerda joylashgan?
Buddizmdagi stupa nima?
Fayoztepa me'moriy majmuasi o‘zida nimalarni mujassam qilgan?
Bodxisatva kim?
Qaysi tadqiqotchilar Markaziy Osiyodagi xristianlik tarixini o‘rganganlar?
Mintaqadagi xristianlik ta'sirini qaysi belgilariga qarab ko‘rish mumkin?
Nima uchun Sharqda nasturiylik ko‘proq tarqaldi?
Xristianlik bo‘yicha qanday numizmatik materiallar topilgan?
10. Markaziy Osiyoning qaysi joylarida xristianlikka oid yodgorliklar mavjud?
11. Qaysi tadqiqotchilar qadimiy va o‘rta asrlarda Turkistondagi xristianlik tarixini o‘rganganlar?
12. Markaziy Osiyoda qanday xristianlik oqimlari mavjud bo‘lgan?
13. Xristianlikning tarqalishida mazdakiylik harakati qanday ta'sir ko‘rsatgan?
14. Qanday mahalliy xristian cherkovlarini bilasiz?
1. Bir afsonada ta’kidlanishicha, buddizmning paydo bo‘lishi dunyoga «Nurlangan Budda» nomi bilan mashhur Siddxartxa Gautama Shakyamuni hayoti bilan bog‘liq. Shakya qabilasidan bo‘lgan knyaz o‘g‘li Gautama mil. av. VI asrda dunyoga keldi.
2. XX asrning boshlaridayoq Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida buddizmga oid ko‘psonli tangalar, haykaltaroshlikka oid mayda tasvirlar va boshqa yodgorliklarni topganlar; ko‘pincha ular qimmatbaho metallar – oltin yoki kumushdan yasalgan bo‘lgan (odamlar va hayvonlarning haykalchalari).
1927 yilda Sharq madaniyatlari muzeyi va Sredazkomstaris ekspeditsiyasi qadimiy Termizni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot o‘tkazib, u yerda qator grek-buddizm yodgorliklari mavjudligini aniqladi. Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepa balandliklarida ikkita yirik buddizm monastiri bo‘lganligi aniqlandi va grek-buddizm me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan o‘nlab joylar qayd etildi.
1933 yil arxeolog Mixail Yevgenevich Masson[3] tomondan xom g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar, toshdan yasalgan muqaddas yodgorliklar borligi aniqlandi.
Taqasimon taglikka Buddaning oyoqlarini chalishtirib o‘tirgan avliyo nirvana holatidagi bo‘rttirib ishlangan tasviri tushirilgan. Yodgorlik O‘zbekiston tarixi muzeyida saqlanmoqda.
3. Stupa ("stupa" sanskritcha uyum uchun) buddaviylikdan oldinroq bo'lsa-da, buddist me'morchiligining muhim shakli hisoblanadi. Odatda bu qabriston yodgorligi - dafn etilgan joy yoki diniy narsalar saqlanadigan joy deb hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, stupa tosh bilan qoplangan tuproqli dafndir.
4. Toshkentlik arxeolog L.I.Albaum Qoratepa sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona-monastiri majmuini ochdi. Qazish ishlari uning tomonidan 1963 yilda boshlangan edi. Fayoztepa bino rejasi to‘g‘ri turtburchakdan iborat alohida turgan stupa shakliga ega. Bino uchta teng qismlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri ichki hovliga ega bo‘lgan. Bir qismi, aslida yashash xonasini o‘z ichiga olgan monastir bo‘lgan. Unda buddist rohiblar yashaganlar. Undan tashqari yordamchi xonalar bo‘lgan. Boshqasi – ovqatlanadigan xona, oshxona, non yopadigan xona. Uchinchisi, ibodatxonaga o‘xshagan markaziy xona. Devorlari xom g‘isht va paxsadan qurilgan bo‘lib, somonli loy bilan suvalgan va oqlangan.
Ibodatxona to‘rtburchakli xovliga ega bo‘lib, uning atrofiga shu xovliga chiquvchi 19 ta bino joylashgan. Hovlini barcha to‘rt devori bo‘ylab supa qilingan bo‘lib, ular muqaddas ohak toshlari asosida qurilgan ustunlarga suyanib turgan ayvon bilan yopilgan. Hovli devorlari naqshlar bilan qoplangan. Xususan, markazida ibodatxona tasvirlangan janubiy-g‘arbiy devorda nimba kiyimidagi Budda chizilgan bo‘lib, uning atrofini kichik Budda haykalchalari o‘rab turibdi. Mehrob devorlari ham yozuvlar bilan qoplangan. Devorlardan birida ikkita tik turgan Budda suratlari tasvirlangan bo‘lib, ularning har ikki tarafiga ikkita ayol ko‘rinishlari tasvirlangan. Qarama-qarshi devorda sovg‘a ulashuvchi erkaklar tasvirlangan, bundan tashqari boshqa mazmundagi suratlar ham mavjud. Chizmalarning o‘ta qimmatbaholigidan tashqari, Buddalarning bu jonli tasvirlari dunyodagi eng qadimgilari hisoblanadi. Ular melodiy I-II asrlarga tegishli.
Ibodatxonada, shuningdek, qariyb hamma tomoni bo‘yalgan va oltin suvi yuritilgan loy, alebastr, toshdan yasalgan haykal mavjud bo‘lgan. Muqaddas bodxi daraxti ostida o‘tirgan Budda va uning ikki yonida turgan ikkita monax haykalidan iborat uchlik haykallar alohida qiziqishni uyg‘otadi. Bularning hammasi korinf ustunlari ko‘tarib turgan arklarga qo‘shilib ketgan. Hammasi yaxlit ohak toshdan yasalgan sahna ustidan oltin suvi yuritilgan. Xo‘jalik xonalaridan birida kulol o‘tirib, o‘z ziyoratchilariga ibodatxonaga sovg‘a qilish uchun idishlar yasar edi. Bu yerda idishlarga hadya matnini siyoxda yozuvchi odamlar ham mavjud edi. Idishlar kulollik o‘chog‘larida pishirilar edi (o‘chok ibodatxonadan 100 metr narida topilgan). Idishlarga asosan buddizmga xos ramzli qoliplar yordamida naqshlar solingan. Bu ramzlar: Buddaning tovoni, «archa» – Bodxi daraxti, «Qonun g‘ildiragi»ning turli xil ko‘rinishlari va hokazolar. Yozuvlar baktriya, sug‘d, kxoroshtiy, braxma, sanskrit (qadimiy hind yozuvlari) va boshqa notanish xatlarda bitilgan. Chamasi, ibodatxonaga turli yurtlardan ziyoratchilar, savdogarlar kelishgan va ular ibodatxonaga idishlarni hadya sifatida o‘zlari bilan olib kelishgan yoki shu yerning o‘zida buyurtma berganlar. Idishlar sindirilib, parchalari yerga sochilgan.
Qazish ishlari natijasida ikkita stupa topilgan. Birinchisi 3x3 m. o‘lchamli bo‘lib, miloddan avvalgi I asrda qurilgan. So‘ngra milodning I asrining oxirida Vixarani qurishda (Kanishka davrida) uni o‘z ichiga olgan yangi, ikkinchi stupa qurilgan, u ancha baquvvat bo‘lib, balandligi 10 metr, uzunligi 25 metr keladi. III asrda Kushon podshohligiga bostirib kirgan Eron sosoniychi qo‘shinlari buddizm ibodatxonalarini, shu jumladan Fayoztepani ham vayron qiladilar. Bosqinchilar hamma oltin buyumlarni olib chiqib ketadilar, haykallarni esa sindirib tashlaydilar.
Fayoztepani Qoratepa bilan solishtirganda quyidagilarni qayd etish mumkin. Fayoztepa ochiq tekislikda aniq reja asosida qurilgan bo‘lsa, Qora tepa balandlikda joylashgan, Termiz shahridan ancha yuqorida bo‘lib, uzoqdan ko‘rinib turgan alohida majmualardan iborat.
Fayoztepa shahardan tashqaridagi kam sonli buddist ruhoniylar jamoasining yashash, ovqatlanish, o‘zaro muloqot qilish va zarur diniy marosimlarni bajarish uchun qurilgan alohida monastir bo‘lgan. Qoratepada yirik ibodat markazi joylashgan. Katta maydonda buddizmga oid alohida majmualar bor. Ular g‘orlar va yer yuzasidagi binolarni o‘z ichiga oladi. Binolar turli balandlikda qurilgan, ba’zida ikki qavatdan iborat. Binolarning har biri atrofi ayvonli ibodatxonadan iborat bo‘lib, pastroqda markaziy maydonchasi ham bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikricha, Qoratepa faqat rohiblar jamoasi uchun emas, balki Termiz va uning atrofida yashayotgan va boshqa shaharlardan kelgan buddist qavmlar uchun ham Budda ibodatxonasi sifatida xizmat qilgan.
Qadimiy Termiz shaharchasida Zurmala minorasi nomi bilan mashhur buddizm stupasining qoldiqlari bor. Bu stupa xom g‘ishtdan qilingan uch qavatli binodan iborat bo‘lib, tepasi qubba bilan yopilgan. Devorlari ohaktoshlar bilan qoplangan bo‘lib, ular keyinchalik buzilib ketgan.
5. Bodxisatvalar o‘zlarida ko‘pgina yaxshiliklarni — sevgi, mehr-muruvvat, donolikni ifoda etganlar. Budda diniga ko‘ra, har qanday inson Bodxisatva bo‘lishi mumkin. Muayyan talablarga rioya etgan kishi natijada Budda bo‘lishi mumkin.
6. Markaziy Osiyoda xristianlikning tarqalish jarayoni ko‘pgina mutaxassislarning tadqiqot mavzui bo‘lgan. Ulardan biri yirik rus sharqshunosi V.V.Bartold bo‘lib, uning tadqiqotlaridan biri Yettisoyda topilgan suryoniy qabrtosh yozuvlariga bag‘ishlangan. V.V.Bartold bu mavzuga bir necha marta Movarounnahrning mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davr tarixiga oid tadqiqotlarida qaytgan. Mazkur mavzu G.I. Bogomolov, Yu.F. Buryakov, L.I.Jukova, A.A. Musakayeva, G.V. Shishkina, 3.I. Usmonova, L.I. Albaum, I.D. Ivanitskiy, T.V. Belyayeva, B.A. Abdulg‘oziyeva, V.D. Goryacheva, S.Ya. Peregudova, K.M. Baypakov, L.V. Underova kabi tadqiqotchilar tomonidan ham o‘rganilgan. Ularning ma’lumotlari ushbu Markaziy Osiyoda xristianlik bo‘yicha tuzilgan ma’ruzalarimizda ham keng foydalanildi.
7. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoning janubiy chegaralariga yaqin yerlarda joylashgan jamoalar bu yerda xristianlikning paydo bo‘lishida asosiy rol o‘ynagan. Ular Vizantiya, Suriya, Falastin va Erondan O‘rta Osiyoga ko‘chib kelib, bu yerda o‘zlari bilan olib kelgan o‘z madaniyati, san’ati va diniy ta’limotini tarqatishgan. Marv xristianlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar eng qadimgi hisoblanadi. Ilmiy adabiyotda shunday fikr mavjudki, xristianlar, Beruniy guvohligi bo‘yicha, Marvda Iso Masih tug‘ilganidan 200 yil o‘tgach paydo bo‘lgan. Beruniy Marvga xristianlikning dindor Baraxiy tomonidan 200 yildan keyin olib kirilgani haqida ma’lumot beradi. Arxeologik ma’lumotlar esa, Marv shahri atrofida xristian ehromining III-IV asrlarda faoliyat ko‘rsatgani haqida dalolat beradi. III asrning ikkinchi yarmida kuchayib borayotgan zardushtiylik kohinlari, ayniqsa, Varaxron II (276-293) ustozi oliy kohin Kartir davrida sosoniylar Eroni chegarasida hamma o‘zga dinlarni yo‘q qilishga harakat qiladi.
8. Birinchi bosqichda bu Sharqdagi yirik shaharlarda yahudiy jamoalarning joylashishi bilan bog‘liq bo‘lgan. U yerga yangi ta’limot targ‘ibotchilari ham intilganlar. Ilk xristian guruhlarini o‘rganish ular ichida hunarmand, savdo doirasiga xos bo‘lganlar aksariyatni tashkil qilganini ko‘rsatadi. Pavel hamda Koronfadagi Akina apostollar ishlariga ko‘ra, chodirlar tayyorlashgan. Mato bilan savdo qiluvchi ayol haqida ham gapiriladi. Iso Masihning onasi Bibi Maryamni xristianlikni tanqid qiluvchilar «ip yigiruvchi» deb atashar edi.
Ularni Shopur I o‘zi asos solgan Yaqin Sharqdagi shaharlarda joylashtirdi. Eronning Shod-Shopur, Vex-Shopur, Antiox-Shopur shaharlaridagi ilk xristian jamolari haqida xabar bergan xristian an’anasi aynan shu voqealarni nazarda tutadi. Xark orolidagi xristian katakombalari ham shu asrga oiddir. Shuning uchun II asrdagi Eron xristian jamolari haqidagi ma’lumotlar gipotezaligicha qolyapti.
Ammo Marvdagi buddizm misoli ko‘rsatadiki, sosoniylarning Sharqdagi diniy siyosati xristianlarga nisbatan ushbu talablarga har doim ham javob beravermagan.
Arab istilosidan so‘ng Sharqdagi siyosiy-madaniy markazlardan biri Marv edi. IX asr boshlarida Horun ar-Rashid ukasi Ma’mun bilan urushgan davrda Marv xalifalik markazi edi. XII asrda Marv Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylandi.
9.-
10. Bu yo‘lning quruqlikdagi trassalari Hindiston va Eron, O‘rta Osiyo davlatlari orqali Baktriya janubidan markaziy hududlarga – Farg‘ona, Sug‘dga, keyin esa - Choch orqali yanada shimolroqdagi hududlarga: Janubiy Qozog‘iston, Sibir va Yettisoyga o‘tgan. Trassalardagi missionerlar faoliyatining izlari O‘rta Osiyo qishloq va shaharlarining moddiy madaniyati va yozma manbalarda saqlanib qolgan.
Jahon dinlari orasida bu yerda xristianlik faol rol o‘ynaydi, uning missionerlari yirik shaharlar, ayrim qishloqlarda, hatto cho‘ldagi cho‘ponlar orasida targ‘ibit ishlarini olib borishgan. Ilk doimiy savdo yo‘llari Parfiya va Sosoniylar Eroni, O‘rta Osiyoning janubiy hududi orqali o‘tgan. Bunda ikki omil hal qiluvchi rol o‘ynagan – savdo yo‘llari yo‘nalishi va cherkov tomonidan taqiqlangan turli sekta va din tarafdorlarining o‘z yerlaridan haydalishi.
O‘rta Osiyo uchun birinchi navbatda unga chegaradosh hududlarda paydo bo‘lgan xristianlar jamoasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan deb taxmin qiladilar. Xristian jamoalari paydo bo‘lgan birinchi shaharlar deb Marv, Samarqand va, balki, Termiz hisoblanadi. Chunki ular hududidan ilk karvon yo‘llari o‘tgan. Marv ma’lumotlariga ko‘ra, II asrdan boshlab shaharning g‘arbiy devorlari ortida cherkov binolari paydo bo‘ladi. Marvda Yepiskop paydo bo‘lgandan so‘ng, ya’ni IV asrdan boshlab ibodatxona shaharga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Chunki shahar atrofida xristian qabristoni joylashgan. Bu esa xristianlrannig soni ko‘pligidan dalolat beradi.
11. Qadimgi va o‘rta asr Turkistonidagi xristianlik haqida dastlabki
ma’lumotlarni sharqshunos akademik V.V.Bartold tayyorladi. U O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida joylashgan hamma davlatlardan o‘rta asrda o‘tgan savdo yo‘llarini batafsil tahlil qiladi. Bu tasodifiy emas. Xalqlarning o‘zaro diniy va madaniy munosabatlari savdo-iqtisodiy munosabatlaridek qadimgi va muhim. Bundan tashqari, unisi ham, bunisi ham bir xil yo‘nalishdan borgan, chunki ular tinchlik, totuvlik maqsadalarida rivojlangan. Bartold savdo yo‘llarini batafsil tahlil qilishiga sabab ulardan diniy targ‘ibot maqsadlarida ham foydalanilganligidirki, buni yozma manbalar tasdiqlaydi.
12. Pravoslav oqimi, Katolik oqimi, Protestantizm oqimi , Kalvinizmm, Presviterianlar, Anglikan cherkovi, Baptizm, Adventistlar harakati.
13. Erondagi Mazdakiylar harakati zardushtiylikning rasmiy din sifatidagi ahamiyatiga putur yetkazgan V-VI asrlarda Xristian jamoasining o‘sganligi kuzatiladi. Ushbu davrda Xurosonning shimoliy hududlarida xristianlikning muvaffaqiyatli targ‘iboti 420 yil atrofida Marvda mitropoliya ochilishi bilan yakunlanadi. Bu yerda monastirlik jamoasi paydo bo‘ladi. Cherkov buyumlarini tayyorlaydigan ustaxonalar ham vujudga keladi. Marv yirik Shimoliy Xuroson mitropoliyasi markazi bo‘lib qoladi. Undan g‘arbga ketadigan karvon yo‘lida Ko‘ktepa hududida ilk xristianlikka oid oltin buyumlar topilgan.
14. Turkmanistondan to Qirg‘iziston xududigacha olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, yuqoridagi davrlarda cherkovlar, ibodatxonalar ko‘payib borgan.
. Ko‘plab cherkov va ibodatxonalar masjidga aylantirildi. Masalan, Attoran yaqinidagi cherkov Bonu Xanzan va Kalon masjidlariga aylantirilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, Narshaxiy Buxoroda xristian cherkovi o‘rnida musulmon masjidi qad rostlamoqda, degan ekan.
Marvda sobor cherkovi o‘rnida masjid qayd rostlaydi
Marko Polo ham XIII asrning ikkinchi choragida Samarkanda qurilgan Avliyo Ioann Krestitel cherkovini tilga olib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |