Markaziy osiyo xalqining ma’naviyatining tarixiy manbalari va uning milliy g’oyadagi o’rni Alimov Quwanishbay



Download 17,43 Kb.
bet2/4
Sana12.01.2022
Hajmi17,43 Kb.
#338203
1   2   3   4
Bog'liq
Alimov Quwanishbay

Alimov Quwanishbay

Nukus State Pedagogical Institute

Lecturer at the Department of National Ideology,

Fundamentals of Spirituality and Legal Education

Annotation: This article discusses the role of the national idea in the historical sources of the people of Central Asia.

Keywords: National spirituality, resources, spiritual values, the idea of national independence, period, people, nation, society

Milliy ma’naviyat avvalo tarixiy hodisadir. Milliy ma’naviy rivojlanish millatning butun tarixi davomida yuz beradi, ba’zan u shiddat bilan yuksalib borsa, ba’zan esa ma’lum darajada tanazzulga yuz tutishi mumkin. Millatning aksariyati ma’naviy tanazzulga yuz tutgan fojeali sharoitlardan ham milliy ma’naviyat yo’qolmaydi, buning uchun ajdodlar yaratgan barcha ma’naviy merosni mavh qilish, insonlar xotirasini tamomila o’chirib tashlash va hatto irsin xotirani ham barbod qilish kerak bo’ladi.

Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o’ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil etib o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ushbu murakkab va ko’p ming yillik ma’naviy rivojlanishimiz jarayonlaridan asosiy bo’g’inlarni ajratib olish lozim. Bu siz milliy ma’naviyatimiz rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritib bo’lmaydi. Milliy ma’naviyatimizning bir necha ming yillik tarixini uch yirik davrga ajratish mumkin:

1.Islomgacha bo’lgan davr.

2.Islom davri.

3.Yangi jaxon madaniyatida milliy ma’naviyatimiz rivoji.

Ushbu davrlar o’z ichiga olgan muddatlariga ko’ra aslo teng emas. Birinchi davr o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab olsa, ikkinchi davr 11-12 asrni, uchinchi davr esa 1-1,5 asrni oladi.

Islomgacha bo’lgan milliy ma’naviyatimiz va uning rivojlanishi haqidagi manbalarni to’rt guruhga bo’lish mumkin:

1.Avesto va turkiy toshbitiklar

2.Qadimgi Shumer, Ashshur, Bobil, Misr, Yunon, Xind, Xitoy manbalari va Eron shohlarining toshbitiklari.

3.Arxeologik yodgorliklar ya’ni Samarqanddagi Siyovush qal’asi, qadimgi Xorazm, Buxoro eski shaharlari xarobalaridan topilgan ashyolar va inshootlar.

4.Xalq og’zaki va yozma adabiyoti namunalari, urf-odat va marosimlar, o’yinlar va bayramlar.

Eng qadimgi ma’naviyat inson asosan tosh qurollardan foydalangan ilk ibtidoiy jamoa davri bo’lib – bu davr insonning rivojida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda inson ongida juda muhim bo’lgan tabiatga mehr, er, suv, olovni e’zozlash, mehnatni ulug’lash kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishi kuzatiladi. Ajdodlarimiz haqidagi eng qadimiy ma’lumotlar afsonalar, dostonlar va toshbitiklar shaklida hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda.

Islom davri ma’naviyati asosan mintaqaga islom dinining kirib kelishi bilan boshlanadi. O’rta Osiyodagi birinchi va ikkinchi uyg’onish davrlari aynan ushbu davrga to’g’ri keladi. Garchand islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo’lsada, uning rivojlanishida O’rta Osiyodan etishib chiqqan mutaffakkirlarning ahamiyati beqiyos. Aynan islom davrida O’rta Osiyo xalqlari o’zlarining ma’naviy kamolotining eng yuksak cho’qqilariga erishganlar.

Ma’naviyat rivojining uchinchi davri asosan milliy ozodlik kurashi natijasida shakllangan jadidchilik harakatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bevosita aloqador. Ma’lumki jadidchilik harakatining aksariyat tarafdorlari Chor Rossiyasi, keyinchalik qizil imperiya tomonidan yo’q qilindi. Jadidlarning aksariyati ayniqsa ittifoq davrida kuchli ta’qib ostiga olindi, ular haqidagi ayrim ma’lumotlar umuman yo’q qilib yuborilgan.

Milliy g`oya xalqning ko`nglidagi orzu-umidlarni, maqsad va intilishlarni nazariy tarzda ifoda etadi. Milliy g`oya mavzusi va baland-parvoz mavhum orzular emas. U har bir inson, jamiyat oldida turgan maqsadlardir.

Millatning tub manfaatlari, uning o`z o`tmishiga bеrgan bahosi va kеlajakka ishonchi milliy g`oyada o`z aksini topadi. Yuksak ma'naviyatga, pokiza axloqqa, dеmokratiya tamoyillariga tayangan milliy g`oyalar jamiyatni rivojlanishga еtaklaydi.

O`zbеkiston xalqining milliy istiqlol g`oyasi, tеran zaminga, tarixiy ildizlarga ega bo`lsa ham, tizim sifatida mustaqillik sharoitida shakllandi va rivojlanmoqda. Binobarin, milliy g`oya mustaqillikni mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili va mеzonidir.

Milliy istiqlol g`oyasi yangi davr qadriyatlarini, erkin jamiyat axloqini yaratishga nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. Ma'lumki, axloqiy fazilatlar xalqning o`z-o`zini idora qilish, jamiyatning yuksalishini ta'minlash, barkamol shaxsni voyaga еtkazish omili sifatida shikllangan va avloddan-avlodga o`tib kеlmoqda.

Vatanga va millatga, o`z madaniyati va mеntalitеtiga, o`ziga va atrofdagilarga munosabatlar axloq doirasiga kiradi. Vatanparvarlik va xalqparvarlik - eng yuksak ma'naviy-axloqiy qadriyatlardandir. Milliy g`oyada Vatan ravnaqiga, uning gullab-yashnashi, ozod va obod bo`lishiga ustuvorlik bеrilgan. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hissi madaniy mеrosimizda salmoqli o`rin egallaydi. Qay bir buyuk mutafakkir va shoirni olmaylik, uning ijodida Ona-yurt, jonajon o`lka, qadrdon go`sha faxr bilan kuylangan. Alishеr Navoiyning quyidagi satrlari Vatanga bo`lgan bеqiyos muhabbatning yorqin ifodasidir:


Download 17,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish