Markaziy osiyo davlatlarining xo`jaligi va uning rivojlanish xususiyatlari reja



Download 16,51 Kb.
Sana28.08.2021
Hajmi16,51 Kb.
#157654
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlarining xo`jaligi va u (2)


Aim.uz

Markaziy osiyo davlatlarining xo`jaligi va uning rivojlanish xususiyatlari

REJA:

1.Sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududida xo`jalikning mazmini va mohiyati

2.Istiqlolning dastlapki davrida hudutda xo`jalikning holati.

3.Markaziy Osiyoda xo`jalikning tarmoqlari va ularning iqtisodiyotda tutgan o`rni.

4.Mintaqada xo`jalikning rivojlanish xususiyatlari

Tayanch tushunchalar: Xo`jalik moddiy boyliklar, nomoddiy boyliklar, MOD , MDH, Iqtisoslashuv , Tabiiy sharoit, Iqtisodiy va ijtimoiy sharoit, Geodemografik vaziyat, Aksionerlik uyushmasi, Investitsiya , Investorlar, Fan – texnika taraqqiyoti, Texnalogiya, Tabiiy resurs, Gedroenergetik resurs, Xo`jalik tarkibi, Xo`jalik tarmoqlari , Tabiiy va iqtisodiy geografik o`rni.

Xalq xo`jaligi mamlakatning eng murakkab iqtisodiy sitemasi bo`lib, moddiy ishlab chiqarisahning barcha tarmoqlari va no ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari majmuidan iboratdir. (Asanov. G.R. 1990- yil)

Markaziy Osiyo davlatlarining xo`jaligi istiqlol davrigacha sobiq iqtisodning ixtisoslashtirilgan yagona xalq xo`jaligi tizimi tarkibida bo`lib, mafkura asosida boshqarilayotgan markazning ko`rsatmalariga binoan shakllandi, joylashtirildi va iqtisoslashtirildi. Shuning uchun ham regionda xo`jalikning nomutanosib tarkibi va hududiy joylashuvida notekisliklar, ishlab chiqarishda turli tumanlik hamda uzulishlar vujudga keldi. Markaziy Osiyo hududning tabiiy iqtisodiy va ijtimoiy sharotilari talab va extiyojlari markazda unchalik etiborga olinmadi. Chunki, aniq ko`rsatmalar rejalar yuqoridan berilar edi. Markaziy Osiyo sobiq ittifoq davrida arzon mehnat resurslari, xom ashyo va yarim xom ashyo yetkazib beruvchi mintaqa hisoblanadi. Regiondagi Respublikalarda iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan tog`- kon sanoat tarmoqlari paxta va boshqa qishloq xo`jalik xom –ashyosini dastlabki qayta ishlab beruvchi sanoat tarmoqlari shakllandi, rivojlantirildi va o`ziga xos joylashtirildi. Bu bilan ular sobiq ittifoqning energetika, metallurgiya, kimyo qurilish materiallari, yengil va oziq – ovqat sanoat tarmoqlariga xom – ashyo yetkazib beruvchi asosiy iqtisodiy zonaga aylantirilgan edi. Yillar davomida hududdagi Respublikalar ishlab – chiqarish hajmi bo`yicha sobiq iittifoqning paxta, pilla, qorako`l terilari, quritilgan va ho`l mevalar, poliz ekinlari va hamda rangli va qimmatbaho metallar (mis, qo`rg`oshin, volfram, uran, simob, surma, oltin va h.o) kabi qishloq xo`jlaigi va sanoat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi rayon bo`lib keldi. Shuningdek neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi , paxtachilik ishlab chiqarish majmuasida xizmat qiladigan mashina va asboblar yetkazib berishda ham Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi katta bo`ladi.

Sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududidagi xo`jlik tarmoqlarining ishlab chiqarishda qatnasuv va uning bohsqa hududlaridagi tarmoqlari bilan bog`langan holda olib borilganligi sababli Respublikalarda tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirishda ularga tobiylik sezilar edi. Birgina misol O`zbekistonda samolyot yasatish uchun 1500 dan ortiq kerakli uskunalarni paxta terish mashinasini barpo etish uchun yuzdan ortiq kerakli qismlarni sobiq ittifoqning turli hududlardagi korxonalardan olib kelishga majbur bo`lardi. Bu holatlar Markaziy Osiyo Respublikalarida xo`jalik tarmoqlarining sharoit va ehtiyojdan kelib chiqqan holda barpo etishga to`sqinlik qilib keldi. Bularning barchasi sobiq markazining ko`p yillar davomida olib brogan siyosati edi. Uning oqibatlari istiqlol tufayli Mustaqillikka erishgan Respublikalar iqtisodiyotoni qayta tiklash va rivojlantirishning dastlapki o`tis davrida o`z ta`sirini o`tkazib kelmoqda. Musatqillik yillarigacha hududdagi davlatlar sobiq ittifoqning 5% sanoat va 16% qishloq xo`jalik maxsulotlarini yetkazib bergan Markaziy Osiyo mustaqil davlatlar hamkorligidagi davlatlar orasida koproq xom ashyo va yarim xom ashyo maxsulotlari ishlab chiqarishga iqtisoslasjganligi bilan farqlanib turadi. Uzoq yillar davomida regiondagi xop`jalik tarmoqlarining sobiq ittifoqdagi sihlab chiqarish tarmoqlari bilan bog`langanligi hozirgi kunda ham o`z ta`sirini ko`rsatib kelmoqda. Ishlab chiqrish bilan bog`liq ishlarni amlaga oshirish uchun MDHdagi davlatlar bilan shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish kerak. Bular tezkorlik bilan hal bo`ladigan vazifalar emasligini davr taqazo etmoqda. Mustaqil davlatlar hozirgi kunga kelib o`z siyosati, iqtisodiyoti va davlat qurilishini tuzishda o`ziga xos yo`nalish va tamoyillarni belgilab olishgan. Jumladan O`zbekiston Respublikasi 5 ta tamoyil va o`ziga xos yo`nalishlarga asoslanib iqtisodiyotni shakllantirish, rivojlantirish hamda joylashtirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirayotir. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich otishga, xo`jalik yuritishda davlat nazoratining ustuvor yo`nalishlarini belgilashga qo`shni va xorijiy davlarlar bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning tenglik asosida yaxshilshga etibor qaratilmoqda. Hududdagi barcha davlatlarda mulkni xususiylashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xo`jalikning o`z maqsadida vazifasidan kelib chiqqan holda shakllantirish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarishni to`g`ri tashkil qilsih va rivojlantirish uchun regiondagi davlatlar MDH va xorijdagi mamalkatlar bilan hamkorlik qilishga kirishdilar. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga, aksionerlik uyushlamalariga a`zo bo`ldilar.

Kredit, investitsiya olmoqdalar, chet el iinvestorlarini jalb qilmoqdalar. Yangi texnik va texnalogiyalarni xo`jalik tarmoqlariga olib kirishmoqdalar. Xo`jalik yuritishda fan va texnika yutuqlariga kadrlar tayyorlashga etiborini kuchaytirmoqda.

Markaziy Osiyo hududida xo`jalik tarmoqlarini shaklantirish va rivojlantirish uchun tabiiy, iqtisodiy, va ijtimoiy sharoitlar mavjud. Regionda ayniqsa, mehnat resurslari zaxirasi yetarli. Gidro energetic, yer, mineral va boshqa resurslar bor.

Xom ashyo va yarim xom ashyo maxsulotlar yetkazib berishga iqtisoslanishning o`rniga maxsusltlarni qayta ishlash va tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqdalar.

Markaziy Osiyo xo`jaligining asosiy tarkibi sanoat va qishloq xo`jalik hamda ularning tarmoqlaridan iborat. Bu xo`jalik tarkiblari va ularning Respublikalar iqtisodiyotidagi hissasi turli tuman bo`lib, ularning shakllanishi, rivojlanishi va joylashishi Respublikalarning tabiiy , iqtisodiy, ijtimoiy tabiiy, geografik sharoitlar bilan bog`liq.

Bu sharoitlar har bir Respublikada o`ziga xosdir. Shuning, uchun ham Respublika iqtisodiyotida xo`jalik tarmoqlarining o`rni, milliy ishlab chiqarishdagi salmog`i turlichadir.

Regiondagi davlatlarning geografik o`rni, tabiiy, tarixiy, ijtimoiuy, iqtisodiy sharoiti geodemografik vaziyati ularning iqtisodiyotini xo`jalik tarmoqlarining rivojlanishini, ishlab chiqarishni hududiy joylanishini, shuningdek region iqtisodiyotida ularning o`rnini belgilaydi. Jumladan hozoirgi kunda ham MDH davlatlarida ham yetishtiriladigan paxtaning 95% sholi, meva, sabzavod, pilla qorakol terining 45% Markaziy Osiyo davlatlariga to`g`ri keladi. Bulardan tashqari ko`plab rangli metallar, surma, mis, katta miqdorda neft, gaz qazib chiqariladi. Qozog`istonda 1995 -yilda 20,5 mln t neft (Rossiyadan so`ng ikkinchi o`rinda MDH davlatlari orasida) O`zbekiston va Turkmanistonda 47,5 va 32,3 mlrd .m3 gaz qazib chiqarilgan . (MDHda Rossiyadan keyingi 2-3 o`rinda). Shuningdek, ko`mir qazib chiqarishda Qozog`iston Respublikasi MDH da 3- o`rinda, oltin qazib chiqarish bo`yicha O`zbekiston MDH davlatlari orasida 2 dunyoda 8- o`rinda turadi.

Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo`jalik maxsulotlari yetishtirishda ham MDH va xorijiy davlatlar orasida o`ziga xos ko`rsatkichlarga ega. Bu borada Qozog`iston va O`zbelkiston Respublikalarinig hissalari salmoqli.

Regiondagi davlatlar orasida Qozog`iston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Milliy daromadi aholi jon boshiga hisoblanganda ancha yuqori. Mintaqada xo`jalikning rivojlanish xususiyatlari Respublikalar tanlab olgan tamoyil va yo`nalishlariga bog`liq. Ishlab chiqarishning ko`rsatkichlari tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, va geodemografik vaziyatlar bilan bir qatorda davlatning tanlagan tadbir – choralari ham muhim ta`sir ko`rsatadi. 1990-1995- yillar oralig`ida neft, gaz qazib chiqarish, qishloq xo`jalik maxsulotlarini yetishtirish ko`rsatkichlari shuni ko`rsatadiki, Qozog`istonda neft, gaz qazib chiqarish, don, kartoshka, go`sht va sut yetishtirish miqdorlari kamayib borgan.



O`zbekistonda esa aksincha. Turkmaniston, Qirg`iziston, Tojikistonda ham ko`rsatkichlar ko`lami kamaygan. Sut yetishtirish bo`yiocha Turkmanistonda bir o`z ortgan xolos. Markaziy Osiyo Respublikalarida xo`jalikni rivojlantirishda ularning tabiiy geografik sharoitidan tashqari iqtisodiy geografik o`rni muhim ahamiyatga ega. Jumladan Qozog`iston Respublikasining Rosiya Federatsiyasining rivojlangan Volga bo`yi, Ural, G`arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Iqtisodiy rayonlariga qo`shniligi va yaqinligi dengiz bilan tutashligi, transit, temir, avtomobil, havo yo`llarining bo`lishligi, yer va mineral resurslarga boyligi , tinch va rivojlangan mamlakatlarga chegaradosahligi va boshqalar, uning iqtisodiy jihatdan rivojlanganligini belgilaydi.

Shuning, uchun ham Markaziy Osiyodagi davlatlar Yevropa, Fors qo`ltig`I atrofidagi davlatlarga Hind va Tong Okeani , qQqorg`oq bo`ylariga chiqishga katta e`tibor berishayotir. Bularning hammasi Markaziy Osiyodagi davlatlarda xo`jalikni rivojlantirishga imkon yaratadi.
Download 16,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish