Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkoriik aloqalari


O'zbekiston va Yaponita hamkorligi



Download 27,74 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2017
Hajmi27,74 Kb.
#62
1   2   3   4   5   6
O'zbekiston va Yaponita hamkorligi.O'zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati - Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaponiya 1991— yildayoq O'zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992— yilda o'zaro diplomatik aloqalar o'rnatildi.1994— yil 16-19-may kunlari O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'ldi. Safar paytida «O'zbekiston bilan Yaponiyao'rtasidamunosabatlarning asosiy prinsiplari haqida» qo'shma bayonot, tashqi ishlar bo'yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O'zbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik konsernida bo'ldi va uning rahbariyati bilan O'zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yo'lga qo'yildi. Yaponiya O'zbekistonga 100 mln. AQSH dollari hajmida beg'araz yordam berdi.

O'zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui», «Mitsubisi», «Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan O'zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o'nlab firma va kompaniyalar Ko'kdumaloq, Sho'rtan neft-gaz konini o'zlash-tirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodini ta'mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta'mirlashda o'z sarmoyalari bilan qatnashdi.

O'zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e'tibor be-rayotganligi sababli 1999— yil aprel, 2001— yil may oylarida Yaponiyaning "Keydzay Doyukay" korporativ rahbarlar uyushmasining Prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. "Keydzay Doyukay" uyushmasi tashabbusi bilan Yaponiya O'zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda.

Yaponiya hukumatining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida O'zbekistonda telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta'lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 560 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg'i-energetika va to'qimachilik sohalari uchun O'zbekistonga 720 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berdi.

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002— yil 28-31-iyul kunlari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'ldi. Yaponiya bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo'lib o'tdi. Tashrif natijasida O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasida:

• do'stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to'g'risida Qo'shma Bayonot;

• iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O'zbekistondagi islohotlarni qo'Hab-quwatlash to'g'risida Qo'shma Bayonot»;

e ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O'zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriigining «Mitsubisi», «Mitsui», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalari bilan hamkorligi, O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan «Bank of Tokyo-Mitsubisi» o'rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat imzolandi.

Safar natijasida O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik yatigi, strateglk bosqichga ko'tarildi.

1995-2002— yillarda Yapoaiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan kreditlari miqdori 1,6 mird. AQSH dollarini tashkil etui, O'zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.

O'zbekistonda 10 dan ortiq O'zbekiston-Yaponiya qo'shma korxonalari Ьафо etildi va faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Tinch okean havzasi mamlakatlari - Malayziya va Indoneziya bHan davlatlararo aloqalar o'rnatdi. Bu borada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992— yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga ega. Safar kunlarida O'zbekiston va Malayziya o'rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O'zbekiston va Indoneziyao'rtasidadiplomatakaloqalar o'rnatish bo'yicha qo'shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo'yicha qo'shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi.

1995— yil 8-10~aprel kunlari Indoneziya Rcspublikasi Prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Muzokaralar nihoyasida O'zbekiston Prezidenti I.Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O'zbekiston RespubHkasi bilan Indoneziya Respublikasi o'rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to'g'risida qo'shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig'ida samolyotlar qatnovini yo'lga qo'yish to'g'risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.

O'zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo'lga qo'yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.




Aim.uz


Download 27,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish