Markaziy bankning pul-kredit siyosati
Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash maqsadida mamlaklakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni e’tiborga olib o'zining pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotda pul massasi yoki foiz stavkalarining zarur darajadagi me’yorini ta’minlash, iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabini qondirish yoki milliy valyuta kursini xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlash kabi qator omillar nuqtai nazaridan turlicha ko'rinishda amalga oshiriladi. Shu jihatdan Markaziy bankning restriksion (qattiq) va ekspansion (yumshoq) pul-kredit siyosati turlarini keltirish mumkin.
Restriksion pul-kredit siyosatida iqtisodiyotda pul massasi va kredit operatsiyalar hajmini kamaytirish va foiz stavkalarini oshirish bilan bog'liq tadbirlar amalga oshiriladi. Buning natijasida milliy iqtisodiyotda kredit, depozit va soliq stavkalari oshishi, ayrim tadbirlarga davlat byudjeti xarajatlari qisqarishi yuz beradi, inflyatsiya darajasi jilovlanadi, mamlakat to'lov balansini soglomlashtirishga bo'lgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Ekspansion pul-kredit siyosatida odatda kreditlash hajmini oshirish, iqtisodiyotda pul massasining oshishi ustidan nazoratni susaytirish, soliq va bank foiz stavkalarini pasaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati restriksion yoki ekspansion bo'ladimi u keng qamrovli yoki selektiv xarakterga ega bolishi mumkin. Keng qamrovlida Markaziy bankning pul-kredit siyosati mamlakatdagi barcha kredit muassasalari va ularning barcha operatsiyalariga joriy etiladi, selektivda esa, pul-kredit siyosati alohida olingan tijorat banklar faoliyatida yoki ayrim operatsiyalar uchun tatbiq etilishi mumkin.
Demak, Markaziy bankning pul-kredit siyosati usullari xilma-xil bolib, ularni joriy etishda mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy holat muhim orin tutadi. Masalan, mamlakatda iqtisodiyotning pasayishi va ishsizlik darajasi yuqori bo'lgan sharoitda Markaziy bank arzon pullar siyosatini qollashi mumkin. Bunday siyosatning maqsadi kredit foiz stavkalarini pasaytirish orqali iqtisodiyotga pul taklifi va investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan, bu albatta mamlakatda iqtisodiy o'sish va bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiyotda pul taklifini oshishi kredit foiz stavkalarini pasayishiga olib keladi, bunday sharoitda Markaziy bank ko‘pchilik hollarda davlatning qimmatli qog'ozlarini sotib olishi, majburiy zaxira normasi va qayta moliyalash stavkasi (hisob stavkasi) darajasini pasaytirishi lozim.
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan hollarda Markaziy bank qimmat pullar siyosatini qollaydi, buning asosiy maqsadi umumiy xarajatlar va umumiy taklifni qisqartirishga qaratiladi. Bunda Markaziy bank tijorat banklarning ortiqcha pul mablag'larini sterilizatsiya qilish maqsadida davlatning qimmatli qog'ozlarini sotadi, majburiy zaxira va hisob stavkalari normasini oshiradi.
Pul-kredit siyosatining qator usullari mavjud bolib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- tijorat banklariga nisbatan o‘matilgan majburiy zaxira siyosati;
- tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi);
- ochiq bozordagi siyosati;
- valyuta va depozit siyosati.
Iqtisodiy adabiyotlarda va xalqaro bank amaliyotida Markaziy banklarning pul-kredit siyosati monetar siyosat, monetar instrumentlar tarzida ham yuritiladi. Biroq, Markaziy bankning pul-krediti siyosati qanday tarzda yuritilishiga qaramasdan, ularning maqsadi bitta masalaga, ya’ni mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyoti va xo'jalik yuritish tajribasidan ma'lum ki, milliy valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi va aksincha. Ya’ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi.
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul-kredit siyosati usullarini amaliyotga joriy etadi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pulkredit siyosati “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetar siyosatining asosiy yo'nalishlari sifatida ishlab chiqiladi.
Xususan, ushbu siyosat:
- iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko'rsatkichlarini;
- muomalada bo'lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;
- pul massasi yillik o'sish sur’atining aniq maqsadli ko'rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o'zgarishini;
- valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo'nalishlarini;
- pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ко‘rsatkichlarini o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |